Mavzu: Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar


Download 26.61 Kb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi26.61 Kb.
#1204651
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar

10-M A SH Gʻ U L O T


Mavzu:Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar


Darsning maqsadi: May qoʻngʻizi va parazit hashoratlarning tuzilishidagi xarakterli xususiyatlar bilan tanishib chiqish.
Kerakli jihozlar: Hasharotlar sinfi vakillarini aks ettiruvchi quruq va xoʻl preparatlari, suvarak, may qoʻngʻizi, sunalar, parazit hashoratlar (bit, burga)ning quruq preparatlari, mikroskop.


V A Z I F A
1. Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlarning rivojlanishini oʻrganish, rasmini chizish
2. Parazit hashoratlardan qoramol teri osti bukasi qoʻy va otlarning boʻshliq soʻna (buka)larning rivojlanishini oʻrganish, rasmini chizish
Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar. Yer yuzida hashoratlar juda keng tarqalgan boʻlib, ular 1,5 mln.ga yaqin turlarni tashkil qiladi. Zararkunanda hashoratlar roʻyxatiga hashoratlarning 700 dan ortiq turi kiritilgan.
Qator hashoratlar odam va qishloq xoʻjalik hayvonlarida doimiy parazitlik qilib ma’lum kasalliklarni chaqirsa, qolganlari kasallik qoʻzgʻatuvchilarini yuqtiradi, tarqatadi.
Ayrim hashoratlarning lichinkalari parazit boʻlib hisoblanadi va ular ma’lum kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Shunga koʻra hashoratlar xalq xoʻjaligiga katta iqtisodiy va ijtimoiy zarar keltiradi. Doimiy parazit hashoratlar qoʻyidagiturkumlargakiradi.
Bitlar - Siphunculata - judamaydauzunligi 1,6-3 mmkeladigan, qanotsiz sargʻish kulrang tusdagi hashoratdir. Bitlar odam va sut emizuvchi hayvonlar hamda parrandalarda parazitlik qiluvchi, qon soʻruvchi ektoparazitlardir. Ularning tanasi uzunchoq, oval shaklida, qorin tomonga qarab yassilangan. Ogʻiz apparati sanchib-soʻruvchi tipda. Koʻzlari yoʻq, boshining yon tomonlarida 3-5 boʻgʻinli antennalari mavjud boʻlib, sezish organi vazifasini bajaradi. Kutikulaning tashqi tomonidagi tuklari va qillari har bir turda alohida tartibda joylashgan. Boshi uzunchoq boʻlib, deyarlik oʻkragiga joylashgan (par, patxoʻrlardan farqi) koʻkragi kalta, unga 3 juft tizza boʻrtigʻi bilan qoʻshilib qisqich hosil qiluvchi tirnoq bilan tugaydgan oyoqlari birikkan, ular yordamida bitlar oʻz xoʻjayinlariga (tanasiga) mahkam yopishib oladi. Qorni oval shaklida boʻlib 9 ta boʻgʻini bor. Itlar ayrim jinsli, urgʻochisi yiriqroq, erkagi kichikroq boʻladi. Urgʻochilarining tanasini orqa qismida choʻqurchasi bor, erkaklarida chuqurchasi dumaloq shaklda boʻladi. Urgʻochi bitlar qoʻygan tuxum sirka deyiladi. Ularning uzunligi 0,5-1,5 mm. gacha boʻladi. Urgʻochi bitlar hayoti davomida 80-100 ta gacha ochiq sariq rangli oval shakldagi tuxum qoʻyadi.
Faunada bitlarning 300 dan ortiq turi mavjud boʻlib, Oʻzbekiston xududida 19 turga oid bitlar turli sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Odamlarda bitlarning 3 turi: kiyim biti, bosh biti, peshona biti parazitlik qiladi. Ular tepki, ya’ni qaytalama kabi teri kasalligi qoʻzgʻatuvchilarini yuqtirib inson salomatligiga zarar keltiradi.

Download 26.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling