Mavzu: Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar


Download 26.61 Kb.
bet5/5
Sana17.02.2023
Hajmi26.61 Kb.
#1204651
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar

Zararli hashoratlar. Bukalar. Bukalar yashash joyiga qarab bir necha xil boʻladi. Jumladan oshqozon bukalari, teri osti bukalari va hakozo. Ikki qanotli hashoratlarning bunday lichinkalari parazitlik yoʻli bilan hayot kechiradi.
Otlarning oshqozon boʻkasi – Gastrophilus intestinalis. Voyaga etgan urgʻochi bukalar tuxumlarini ot va eshaklarni oyoqlariga qoʻyadilar. Tuxumlaridan chiqqan lichinkalar kuchli qichish paydo qiladi. Otlar qichigan joylarini tishlari bilan qashlagan vaqtda ogʻiz boʻshligʻiga oʻtib, qizilungach orqali oshqozoniga tushadi. Oshqozonda (9 oy davomida) bir necha marta tullab, oʻsadi. (1 mm.dan 20 mm.gacha). taraqqiyotining keyingi bosqichida oshqozondan ichakka oʻtib, hayvon tezagi bilan tashqi muhitga tushadi.
Tuproq va gunda gʻumbakka aylanadi. Bir oydan keyin gʻumbakdan qanotli hashorat paydo buladi. U bir oyga yaqin yashaydi. Otlarning oshqozon bukalari tomonidan chaqiriladigan kasallik gastrofilyoz deyiladi.
Teri osti bukalari–Hypodermatidae: -qoramol boʻkasi Hypoderma bovis ning uzunligi 14 mm, tanasi qoramtir sargʻish tuklar bilan qoplangan. Urgʻochi bukalar yozda asosan yirik shoxli hayvonlarning oyogʻidagi junlarga bir necha yuzta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar teri ostiga yorib kirib asta–sekin hayvonlarning elka, miya kanaliga oʻtadi.
U joyda 2–3 oy parazitlik qiladi, soʻngra teri ostiga qaytib chiqadi, ikki marta tulab terida shish hosil qiladi, terini teshib nafas oladi. Soʻngra teri ostidan tuproqqa tushib gʻumbakka aylanadi. Gʻumbakdan 3–5 hafta ichida imago chiqadi. Imago atigi bir necha hafta yashaydi. Teri osti bukasi gipadermatoz kasalligini qoʻzgʻatadi, bu kasallikdan hayvonlarning mahsuldorligi, terini sifati pasayib ketadi.
Burun – tomoq bukalari – Oestridae tirik tugʻuvchi hashorat. Urgʻochi bukalar lichinkalarini hayvonlarning burun boʻshligʻi atrofiga sepib ketadi. Lichinkalar burun boʻshligʻiga oʻtib rivojlanadi, undan esa peshona boʻshligʻiga oʻtadi. Gʻumbakka aylanish uchun erga tushadi. Mayda shoxli hayvonlarga qoʻy bukasi–oestrus ovis katta zarar keltiradi. Bukaning kattaligi 10–12 mm, tanasi
Erga tushgan gʻumbakdan 3–4 hafta ichida imagosi chiqadi. Imago 25 kun yashaydi, uning jinsiy yoʻllaridagi tuxumdan 12-20 kun ichida lichinkalar paydo boʻladi. Voyaga etgan buka lichinkalarini qoʻygandan keyin halok boʻladi. Bukalar qoʻylarda nafas olishini qiyinlashtiradi, burun boʻshligʻidan qon aralash yiring keladi, burun boʻshligʻida joylashib olgan soʻnggi bosqichdagi lichinkalar qoʻylarda soxta aylanma (tentak) kasalligini paydo qiladi.
NAZORAT SAVOLLARI:



  1. Qaysi hashoratlarda voyaga etganlari, qaysilarida lichinkalari parazit?

  2. Doimiy parazit hashoratlarni ta’riflang?

  3. Vaqtinchalik parazit hashoratlarni ta’riflang?

Download 26.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling