Hajmiy og‘irlikning oshishiga bir necha omillar ta’sir etadi. Donning hajmiy og‘irligining oshishi uni to‘la – to‘liqligidan hamda yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichiga hajm o‘lchanadigan idishning katta yoki kichikligi, donning idishda joylashuvi, u yoki bu darajada ta’sir etadi (1 l, 20 l, va hokazolar). Idishda donning joylashuviga don shakli, donning tekislanganligi, don partiyasi tarkibidagi aralashmalar miqdori va xossalari, don qobig‘ining xossalari, donning namligi ta’sir ko‘rsatadi. - Hajmiy og‘irlikning oshishiga bir necha omillar ta’sir etadi. Donning hajmiy og‘irligining oshishi uni to‘la – to‘liqligidan hamda yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichiga hajm o‘lchanadigan idishning katta yoki kichikligi, donning idishda joylashuvi, u yoki bu darajada ta’sir etadi (1 l, 20 l, va hokazolar). Idishda donning joylashuviga don shakli, donning tekislanganligi, don partiyasi tarkibidagi aralashmalar miqdori va xossalari, don qobig‘ining xossalari, donning namligi ta’sir ko‘rsatadi.
- Uzunchoq donga qaraganda, yumaloq shaklga ega bo‘lgan donlar zichroq joylashadi. Donning namligi oshishi natijasida, uning solishtirma og‘irligi pasayganidek, hajmiy og‘irligi ham pasayadi, donning hajmi kattalashib, donlar sochilganda ular orasidagi ishqalanish kuchayadi. Qobiqdor ekinlarda namlik 15 – 16 % gacha oshganda hajmiy og‘irlik ham oshadi, namlik ko‘rsatkichi yuqori ko‘tarilishi bilan esa hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichi pasayib boradi.
-
- Hajmiy og‘irlikka don uyumida uchraydigan aralashmalar turlicha ta’sir qilishi mumkin. Organik aralashmalar don uyumining zichligini kamaytiradi, natijada hajmiy og‘irlik ham kamayadi, mineral aralashmalar esa hajmiy og‘irlikni oshiradi. Shuningdek begona o‘tlarning mayda urug‘lari asosiy ekinning yirik donlari orasiga joylashib hajmiy og‘irlikni oshiradi. U yoki bu turdagi aralashmalar don uyumida qancha ko‘p bo‘lsa, toza don va aralashmali don orsidagi farq shunchalik yuqori bo‘ladi. (26 – rasmga qarang).
- Tekis donga qaraganda notekis don zichroq joylashadi; chunki notekis donlar tarkibidagi mayda donlar yirik donlar orasidagi bo‘shliqni (to‘ldiradi) kamaytiradi.
- Donning solishtirma og‘irligi qancha yuqori bo‘lsa, uning hajmiy og‘irligi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
- Haroratning hajmiy og‘irlikka ta’sirini harorat keskin kamayganda bir don partiyasidan yoki bir namunadan ham sezish mumkin. Xona haroratidagi donga qaraganda, sovuq donning hajmiy og‘irligi katta bo‘ladi.
-
- Zararlangan (masalan, toshbaqa-kana zararlagan, sovuq urgan) don partiyasining hajmiy og‘irligi sezilarli darajada past bo‘ladi. Hajmiy og‘irlik qancha past bo‘lsa, don partiyasida zararlangan, qiymati past donlar shuncha ko‘p degan xulosaga kelish mumkin.
- Yuqorida berilgan ma’lumotlarga qaraganda, hajmiy og‘irlik ko‘pgina omillarga bog‘liq ekan. Demak, hajmiy og‘irlik har doim ham donning to‘liqligi, mag‘iz va tashqi qoplamning nisbati haqida aniq ma’lumot bera oladi deyish nojoizdir. Amaliyotda don to‘liqligi yaxshi ahamiyatga ega bo‘lib, don partiyasida organik aralashmalar ko‘p miqdorda mavjud bo‘lganligi uchun donning hajmiy og‘irligi o‘rtacha bo‘lgan hollar kam uchraydi. Shuning uchun don partiyasi tarkibidagi aralashmalarni laboratoriya separatori yordamida ajratib olingandan keyin donning hajmiy og‘irligini o‘lchash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
-
- 1. Bo'riyev.X Don mahsulotlarini saqlash
- 2.R.T.Azizov H.B.Ergashova A.X.G`aforov Donshunoslik asoslari
- 3.Google arvix.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |