Mavzu: Dori-darmonlarini organizmga kiritish usullari


Download 1.01 Mb.
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1454423
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Dori-darmonlarini organizmga kiritish usullari

Nazariy tushuncha. Teri orasiga in’yeksiyalar diagnostika maqsadlarida va maxalliy og’riqsizlantirish uchun qilinadi. Buning uchun uzunligi 2-3 sm dan oshmaydigan va bo’shlig’i kichkina igna ishlatiladi.
Diagnostika allergik sinamalar shu usul bilan o’tkaziladi. Sinama natijasi 24-48 soatdan keyin aniqlanadi.
Ishdan maqsad. Teri orasiga in’yeksiya qilish usulini o’rganish va o’zlashtirish.
Kerakli jixozlar: Dorilar, shprits, igna, steril doka yoki paxta sharcha, fantom qo’girchoq, spirt.
Ishni bajarish tartibi. Teri orasiga dori yuborish uchun bilakni o’rta 3 qismi ichki yuzasi tanlanadi. In’yeksiyadan oldin qo’lni sovo’nlab iliq suvda yuviladi. Qo’lni artmay turib spirt surtiladi. Shpritsga kerakli miqdordagi dori sodda tortib olinadi. In’yeksiya qilinadigan soxa terisi spirtga xo’llangan steril paxta sharcha bilan artiladi. Chap qo’l bilan teri pastga tortiladi. O’ng qo’l bilan ignani kesik uchini yuqoriga karatib, teri soxasiga parallel xolda yo’naltiradi. Uning uchini 0,5 sm ichkariga terining muguz qavati ostigagina kiradigan qilib kiritiladi. Extiyotlik bilan o’ng qo’l bushatib olinadi va 1-2 tomchi suyuqlik yuboriladi. Natijada terida dori yuborilgan joyda limon po’stiga uxshash oqimtir dumboqcha hosil bo’ladi. In’yeksiyadan keyin, in’yeksiya qilingan soxaga ustini spirtga xo’llangan steril paxta bosilmaydi.
Mustaqil ishlar. O’quvchilar fantom qo’g’irchoqda teri orasiga in’yeksiya qilish usulini bajarib ko’radilar. Ishni bajarish tartibini daftarlariga yozib oladilar.


DORI MODDALARNI TERI OSTIGA YUBORISH.



Nazariy tushuncha. Teri osti yog’ qavati tomirlar bilan yaxshi ta’minlanganligi uchun dori moddasini tez ta’sir qilishi uchun dori moddasini tez ta’sir qilishi uchun dorilarni teri ostiga yuborish usulidan keng foydalanadi. Teri ostiga in’yeksiya qilish uchun yelkaning tashqi yuzasi, kurak osti, sonning oldingi tashqi yuzasi, qorin devorining yonbosh yuzasi va qo’ltiq osti soxasining pastki qismi eng qulay soxalar xisoblanadi. Bu soxalarda teri osongina burmalar hosil qilib yig’iladi va qon tomirlari nervlar va suyak usti pardasining shikastlanishi xavfli bo’lmaydi. Ko’pincha teri orasini in’yeksiya qilish uchun yelkaning o’rta 1\3 qismi tashqi tomoni tanlanadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling