Mavzu: dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari. Reja


Download 13.89 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1797780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-DORIVOR O‘SIMLIKLAR BIOEKOLOGIYASINI O‘RGANISHNING ASOSIY USULLARI.

Kuzatish metodi

Kuzatish – mavjud hodisaning biror holati, uning aniq belgilari yoki xossalarini aniqlab olishdir. Hodisalarning xossalari yoki holatlariga oid miqdor yoki sifat o‘zgarishlarni qayd qilib borish uchun o‘lchashning oddiy hamda mukammal vositalaridan foydalaniladi. Biroq, kuzatishlar hodisaning miqdor yoki sifat tomonlarini ta’riflasada, lekin uning mohiyatini ochib berolmaydi. Kuzatish ayrim hodisa, belgi yoki xossa o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga va hatto o‘sha hodisalarni oldindan aytib berishga imkon beradi. Biroq, kuzatish tadqiqotning mustaqil metodi bo‘libgina qolmay, balki uning bir qadar murakkab metodi – ayrim hollarda faol kuzatish tadqiqotning muhim qismini ham tashkil etadi.

Taqqoslash metodi

O’rganilayotgan botanik obyektdagi narsalarning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi. Taqqoslash (qiyoslash) – ilmiy bilishning keng tarqalgan metodi bo`lib, u “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi” degan tamoyilga asoslanadi. Taqqoslash natijasida bir necha obyektga talluqli bo`lgan umumiy jihatlar aniqlanadi. Bu esa qonuniyat va qonunlarni bilish yo`lidagi birinchi qadamdir. Taqqoslash jarayonida, taqqoslash prinsiplariga rioya qilish lozim, ya’ni:

• taqqoslash ma’noga ega bo’lishi kerak;

• taqqoslash jarayonida aniq belgi va xossalar belgilab olinishi kerak;

• taqqoslash to’liq bo’lishi kerak.

Tajriba metodi

Tajriba — xodisani o‘rganishning shunday yo‘liki, bunda tadqiqotchi o‘sha hodisani sun’iy yo‘l bilan yuzaga keltiradi yoki uning mohiyati, kelib chiqish sabablari va boshqa hodisalar bilan o‘zaro bog‘lanishini aniqlab olish uchun sharoitni o‘zgartiradi. Tajriba tadqiqotning yetakchi metodi bo‘lib, kuzatish korrelyasiya, o‘zgartirilgan sharoitni qayd qilish va natijalarni hisobga olishni o‘z ichiga oladi. Har qanday aniq ilmiy tajribaning asosiy hususiyati uni takror qo‘yib ko‘rish mumkinligidadir.

Bilish nazariyasi nuqtai nazaridan olganda kuzatish va tajriba eksperiment mohiyati jihatidan bir-biridan fari qiladi.


Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling