Mavzu: dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari. Reja


O‘simlikka morfologik tavsif berishdagi ma’lum qoidalar va ketma-kelikka rioya qilinilishi ekologo-morfologik tavsiflashda ham saqlanadi


Download 13.89 Kb.
bet4/6
Sana03.12.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1797780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-DORIVOR O‘SIMLIKLAR BIOEKOLOGIYASINI O‘RGANISHNING ASOSIY USULLARI.

O‘simlikka morfologik tavsif berishdagi ma’lum qoidalar va ketma-kelikka rioya qilinilishi ekologo-morfologik tavsiflashda ham saqlanadi:

O‘simlikka morfologik tavsif berishdagi ma’lum qoidalar va ketma-kelikka rioya qilinilishi ekologo-morfologik tavsiflashda ham saqlanadi:

-Tavsif aniq va tushunarli bo‘lishi kerak;

-Tavsiflashda maxsus botanik atamalardan foydalanish;

-Tavsiflashda keraksiz va qaytariladigan so‘zlar ishlatilmaydi.

Tavsiflashda quyidagi ketma-ketlik saqlanadi:

• O‘simlik nomi (o‘zbekcha va lotincha nomi), oilasi;

• Yashash sharoiti (o‘simlik jamoasi);

• Hayotiy shakli (bir, ikki, ko‘p yillik o‘t, liana, yarim butacha, yarim buta, butacha, buta, daraxt);

• O‘simlikning vegetativ va generativ organlari. To‘liq tahlil qilinadi va quyidagilarga e’tibor beriladi:

•• ildiz va ildiz tizimini tavsiflashda uning shakli, o‘q ildizning uzunligi, shoxlanganligi, ildiz tipi va boshqa belgilar keltiriladi;

•• poya va novdalar tavsiflanganda poyaning shakli, novdalarning o‘oxlanish tiplari, metomorfozga uchragan shakllarining borligi yoki yo‘qligi qayd qilinadi;

•• poya va novdalar tavsiflanganda poyaning shakli, novdalarning o‘oxlanish tiplari, metomorfozga uchragan shakllarining borligi yoki yo‘qligi qayd qilinadi;

•• o‘simlik bargini tavsiflash jarayonida uning oddiy yoki murakkab ekanligi, barg qismlarining tuzilishi, barg yaprog‘ining o‘lchamlari, shakllari va xilma-xilligi, bargning poyada joylashish tartibi ko‘rsatiladi;

•• gulga tavsif berilganda uning shakli, rangi, kattaligi, gul qismlari va ularning o‘zaro joylashish tartibi o‘rganilib, androtsey va ginetseyga alohida to‘xtaladi;

•• O‘simlik mevasini tavsiflashda shakli, o‘lchami, rangi, meva tipi va xili, mevadagi urug‘ soniga e’tibor beriladi, urug‘ning o‘lchamlari, shakli rangi, urug‘ po‘stining tuzilishi, undagi qo‘shimcha tuzilmalarning bor-yo‘qligi keltiriladi.

O‘simliklarni morfologik tavsiflashda maxsus adabiyotlar va atlaslardan foydalaniladi (masalan, Polojiy A.V. Osnovы morfologii vыsshix rasteniy. 1991 yil).


Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling