Mavzu: Dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan aparatlar nazorati Uchuvchisiz uchish apparati


Download 22.82 Kb.
bet3/5
Sana18.01.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1099872
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dronlar

5-bob. Havo hududidan foydalanish
35. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan havo hududidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish qonunchilikka asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuklanadi.
36. Zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsat olingandan keyingina fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga ruxsat beriladi.
37. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanadi.
38. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari ajratilgan havo hududi va umumiy havo hududlaridan foydalanishlari mumkin.
39. Davlat aviatsiyasining avtonom uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanishlari mumkin.
40. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat istalgan vaqtda bitta boshqaruv punktidan va faqat bitta uchuvchisiz uchadigan apparatda masofada turib parvoz qilish sharti asosida yagona havo hududida parvoz qiladigan havo kemalari bilan integratsiyalashishi mumkin.
41. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini ko‘zlab eksperimental uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlarini sinovdan o‘tkazish vaqtida havo hududidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
42. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar va ruxsatnomalar berish tartibi 6-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
43. O‘yinchoq havo kemalari modellari tomonidan havo hududidan foydalanish uchun ruxsat olish talab qilinmaydi.

Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling