Mavzu: Dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan aparatlar nazorati Uchuvchisiz uchish apparati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UCHUVCHISIZ UCHADIGAN APPARATLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA


Download 22.82 Kb.
bet2/5
Sana18.01.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1099872
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dronlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UCHUVCHISIZ UCHADIGAN APPARATLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.11.2022 yildagi 658-soni 16.11.2022
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlari va tavsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan milliy qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-son Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-son Qonuniga muvofiq:
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish;
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari (8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodlari) ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlari bundan mustasno;
b) Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tegishli vazirliklar, idoralar va xo‘jalik subyektlariga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin;
v) amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga xilof ravishda respublika hududiga olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish jarayonida vaqtincha olib qo‘yilgan fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va ularning butlovchi qismlari Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida saqlanadi;
g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) topshirish, sotish yoki utilizatsiya qilish tergovdan oldingi tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori, shuningdek, sud qarori asosida tegishli dalolatnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Ichki ishlar vazirligi uchuvchisiz uchadigan apparatlar, shuningdek, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini noqonuniy olib qirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rib borsin.
6. Transport vazirligi Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
respublika hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, belgilangan tartib buzilishining huquqiy oqibatlari to‘g‘risida axborot materiallari davlat va xorijiy tillarda tayyorlanishini;
tayyorlangan axborot materiallarini va videoroliklarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, rasmiy veb-saytlarda joylashtirish orqali keng yoritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida, havo kemalarida va poyezdlarda, O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan o‘tishda nazorat-o‘tkazish punktlarida namoyish etilishini ta’minlasin.
7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-maydagi 150-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
2-§. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari
22. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tanlangan boshqarish usuliga qarab, avtonom va masofadan turib boshqariladiganlarga bo‘linadi.
23. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga qo‘yiladigan talablar, ularni ro‘yxatga olish, ulardan foydalanish va saqlash tartibi ishlab chiqaruvchilarning ekspluatatsiya qilish va texnik hujjatlariga muvofiq ravishda vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari mavjud bo‘lmagan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini sotib olish taqiqlanadi.
24. Vazirliklar va idoralarda davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ishlab chiqaruvchi zavodning texnik-foydalanish hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri saqlanishini tekshirish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati vakillarini majburiy kiritish, shuningdek, quyidagi shartlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga berilgan:
a) tekshirishni tekshirilayotgan vazirlik va idoralar rahbariyati bilan kelishish;
b) tekshiruvchilarning vazirliklar va idoralar obyektlariga kirish uchun tegishli ruxsati mavjudligi.
Tekshirishlar kalendar yil davomida kelishilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar tomonidan navbatdagi tekshiruvga oxirgi tekshiruvdan 3 yil o‘tgandan keyin ruxsat beriladi.
25. Vazirliklar va idoralar tomonidan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan O‘zbekiston Respublikasi havo hududida foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi olingandan keyin ruxsat etiladi.
26. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Zarurat bo‘lganda, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi mutaxassislari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.

Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling