Mavzu: dtni tarqatishda litsenziyalash va sertfikatlash Reja


Litsenziyalash tartibi «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi


Download 39.38 Kb.
bet7/7
Sana19.03.2023
Hajmi39.38 Kb.
#1283890
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DTni tarqatishda litsenziyalash

3. Litsenziyalash tartibi «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
O'zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish, soddalashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 17 iyuldagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonuni ham bu borada muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Unga ko'ra, endilikda faqatgina faoliyatni amalga oshirish hayot va sog'liqqa, atrof-muhitga zarar, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga ziyon yetkazilishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi.
Litsenziyalash bilan bog'liq boshqa tartiblar esa barcha uchun ochiq bo'lgan “Litsenziya” axborot tizimi (maxsus elektron tizim) orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, yuridik shaxslar filiallari va vakolatxonalari uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi, bunda avval olingan litsenziya va ruxsatnomalarda filiallar manzillari ko'rsatiladi xolos.
Filiallar tashkil etgan yuridik shaxslar vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali xabardor qilishi mumkin.
Litsenziyalar, ruxsat berish hujjatlar va xabarnomalar reestri faoliyat turi bo'yicha alohida-alohida maxsus elektron tizimda ochiq elektron shaklda yuritiladi.
Xulosa.
Litsenziya (lot. licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchun shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, L. patent olingan yoki patent olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga, texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin. L. beruvchi litsenziar, L. oluvchi litsenziat deb yuritiladi. Yangi texnika va texnologiyaga oid L.lar 3 xil boʻladi: oddiy L. — litsenziar ixtirodan shartnomada belgilangan doirada foydalanish huquqiga ega boʻladi, ayni bir L.ni maʼlum hudud doirasida faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi; maxsus L. — litsenziat ixtiro, texnika yoki texnologiyani ishlatishga tanho huqukli boʻladi, litsenziar esa uni shu hududda koʻllay olmaydi va oʻz nomidan boshqalarga sota olmaydi; toʻliq L. — bunda L. obʼyektini ishlatish toʻla-toʻkis litsenziatlar qoʻliga beriladi, litsenziar esa undan mustaqil foydalana olmaydi. Bunday qoida L. berilgan muddat ichida amal qiladi. L. muayyan narxda sotiladi.
L. haqi shartnoma muddati davomida L. boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan mukofot shaklida toʻlanadi (royalti). Bir necha bor toʻlangan royalti yigʻindisi L. narxini tashkil etadi. L. xaqi uni qoʻllab, iqtisodiy samara olishdan ilgari, bir yoʻla toʻlansa paushal toʻlovi deb yuritiladi. L. narxi L.ni qoʻllashdan olinadigan qoʻshimcha foyda bilan birga L. bozoridagi talab va taklifga ham bogʻliq. L. narxining past boʻlishi texnik-texnologik yangiliklarni ommalashtirish sharti hisoblanadi.
Shuningdek, L.ning vakolatli davlat organlari beradigan savdo, hayvonlarni ovlash, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish, bank harakatlarini olib borish va boshqa koʻrinishlari uchraydi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

1.O. R. Yusupov, I. Q. Ximmatov, E. Sh. Eshonqulov “ALGORITMLAR VA MA‟LUMOTLAR STRUKTURALARI”.


2.A.R.Azamatov,“Algoritimlash va dasturlash asoslari”.Cho'lpon nomidagi nashriyoti ijodiy uyi Toshkent—2013.
3.Boboxo’jayeva N.M “Algoritimlar nazariyasi”.
4.B.B.Akbaraliyev.“Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritimlar”. Toshkent–2011.
5.B. V. SHabat. Vvedenie v kompleksniy analiz. 1-chast. M.N. 1989.
6.Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich, “Algoritimlar va ma’lumotlar strukturasi”. Samarqand – 2019.


Download 39.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling