e, i, hm, ha, shu va boshqalar ko’rinishida ham zohir bo’ladi.
Duduqlanish uchta darajaga ajraladi: Engil duduqlanish – kishi asabiylashgan holatida yoki tez gapirayotganida duduqlanadi. Bunday paytda tutilib qolishlar tezda bartaraf etiladi, duduqlanuvchilar o’z nuqsonidan uyalmagan holda gapiradilar; o’rtacha duduqlanish – kishi tinch, odatdagi vaziyatda oson gapiradi va kam duduqlanadi; his-hayajonli holatda kuchli duduqlanish yuzaga keladi: og’ir duduqlanish – kishi butun nutqi davomida, doimiy chalg’ituvchi harakatlar qilish bilan duduqlanadi.
Duduqlanish davom etishiga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi: doimiy – duduqlanish paydo bo’lgach, turli nutq shakllari va vaziyatlarida bevosita namoyon bo’ladi: to’lqinsimon – duduqlanish goh kuchayadi, goh kamayadi, lekin butunlay yo’qolmaydi; qaytalanuvchi – duduqlanish yo’qolib yana paydo bo’ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi, uzoq muddatli erkin tutilishsiz nutqdan so’ng duduqlanish qayta paydo bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
M.Ayupova. Logopediya T.2007.
Xrestomatiya po logopedii. L.S.Volkova
V.I.Selivyorstov. M.1997
Do'stlaringiz bilan baham: |