2.3. Dukakkli don ekinlarining boshqa zararkunandalari
Don-dukkakli ekinlarga yuqorida bayon etilgan zararkunandalardan boshqa quyidagilar ham anchagina zarar yetkazadi: o’rgimchakkana; (Tetranychus uriicae Kosn.), u soya bilan moshni ayniqsa qattiq zararlaydi dala qora chigirtkasi (Acheta deserta Pall.); chigirtkalar, xususan qizil chigirtkalar (Calliptamus italicus L. va S. turanicus Tarb.); no’xat ekinlarini no’xat biti (Acyrthosiphon onobrychis Fonsc.) zararlaydi; dukkakli ekinlarni, ayniqsa loviya va moshni katta yashil g’o’za biti (Aphis gossypii Mordv.) so’radi; akasiya biti (Aphis medicaginis Kosh.) ba’zan esa poliz biti (Aphis gossypii GIov.) ham, barcha dukkakli ekinlarni zararlaydi; burchoqni dukkak biti (Aphis fabae Scop) so’rib shikastlaydi. Don-dukkakli ekinlarning ildizlarida, ayniqsa loviya va mosh maysalarining ildizlarida ildiz biti (Trifdaphis phaseoli Pass.) oziqlanadi; no’xat va goroxni, qisman boshqa dukkakli ekinlarni ham, mirida va koreida qandalalari, ayniqsa dala qandalasi (Lygus Pratensis L.) zararlaydi; no’xat ekinlarini ba’zan turon olyonkasi qo’ng’izlari (Hpicometis turauica Rtt.) shikastlaydi, bu qo’ng’iz no’xatning poyalarini, gul va yosh barglarini yeydi, biroq u no’xat ekinlariga siyrak tushadi va kam zarar yetkazadi.
Simqurtlar (Elateridae va qora qo’ng’izlar (Tenebrionidae) hamma dukkakli ekinlarni zararlaydi; ba’zi joylarda lalmi no’xat ekinlariga qizil oyoqli qo’ng’iz (Meloe xanthomelas Sols.) ham tushadi. Turli dukkakli ekinlarga tuganak uzunburunlari; no’xatga Sitona ctiritus Hbst. nomli va yovvoyi no’xatga Sitona humeralis Steph. nomli qurtlar xususan katta zarar yetkazadi. Loviya, mosh, gorox va no’xatning ekilgan urug’lari hamda o’simtalarini ba’zan maysa pashshasi (Chortophila flarilega Zett.) anchagina zararlaydi. Hamma don-dukkakli ekinlarni kemiruvchi qurtlar, asosan ko’k qurt (Agrotis segetum Schiff.), gamma tunlami (Agrotis exclamationis L.) va karadrina (Laphygma exigna Hb.) zararlaydi.
No’xat, mosh, loviya va ayniqsa gorox ekinlarining dukkaklaridagi donlarni kemirib yeyish yo’li bilan ko’sak qurti (Chloridea obsoleta F.) juda katta zarar yetkazadi. Bu ekinlarning, barg va gullarini ba’zan beda tunlami (Ch. dipsacea L.) ham anchagina zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |