Xitoy don qo’ng’izi (Callosobrachus chinensis L.).
Zarari. Xitoy don qo’ng’izi ham, loviya qo’ng’izi singari, loviya, burchoq, no’xat va sigir no’xat, yasmiq donlariga zarar yetkazadi.
Tarqalishi. Afg’oniston, Hindiston, Indoneziyada, Uzoq Sharq mamlakatlari, Janubiy, O’rta va Sharqiy Yevropada, O’rta va Janubiy Afrikada, Mavrikiya orolida, Bermud orollarida, Vest-Indiyada va Gavay orollarida uchraydi.
Ta’rifi. Qo’ng’izning tanasi kalta oval shaklda; rangi qizg’ish qo’ng’ir, qanotustliklari bo’ylab g’uj joylashgan kalta tuklardan iborat qora va och rangli dog’chalar o’tadi. Orqasining old qismining asosi uchiga nisbatan kengroq. Keyingi boldirlarining ichki tomonida tishchalar bor. Qo’ng’izning tana uzunligi 2,5—3,5 mm keladi. Erkak qo’ng’izlarning mo’ylovlari taroqsimon, uzun o’siqchalari bo’lgan 8— 10 bo’g’imli, urg’ochilarining mo’ylovlari esa tasbehsimon shaklda. Ana shu belgilarga qarab, erkak va urg’ochilarni bilib olish oson. Lichinka va g’umbagi loviya qo’ng’izining lichinka va g’umbagiga juda o’xshaydi.
Hayot kechirishi. Bu qo’ng’iz ham, loviya qo’ng’izi singari o’zi tushgan o’simlik donlarini dalalarda, hosil yig’ilgandan keyin omborlarda zararlaydi. Boshqa joylarga, asosan, donlar bilan tarqaladi.Tuxumlarini dalalarda dukkaklar sirtiga, omborlarda esa donlar yoki don solingan qoplar ustiga qo’yadi, urg’ochi qo’ng’iz o’rta hisobda 60 ta tuxum qo’yadi.Tuxumlari o’rta hisobda 8, lichinkalari 17 va g’umbaklari 7 kunda rivojlanib bo’ladi.Turli sharoitda bu zararkunandaning to’la rivojlanib bo’lishi 18—60 kungacha davom etadi. Loviyaning bitta doni ichida bir necha lichinka yetilishi mumkin.Bu zararkunanda yiliga bir necha bo’g’in beradi. Harorat yetarli darajada yuqori bo’lganida qishki uyquga kirmasdan rivojlana beradi.
Kurash choralari. Loviya qo’ng’iziga qarshi kurashish uchun belgilangan choralar ko’riladi.To’pt panjali qo’ng’iz (Callosobruchus guadrimacutatus F.).
Zarari. Bu qo’ng’iz no’xat, soya, loviya, gorox donlarini shikastlaydi. Donga xuddi loviya va xitoy qo’ng’izlari singari zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |