Mavzu: Dunyo musiqa madaniyatining shakllanganligi haqida Kirish


Download 30.07 Kb.
bet7/8
Sana21.04.2023
Hajmi30.07 Kb.
#1374760
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2. Dunyo musiqa madaniyatining shakllanganligi haqida..dot

Mavzuiylikni tashqil etish. Bu yerda ham asr boshidan uning ikkinchi yarmiga qadar ahamiyatli o`zgarishlar kuzatiladi. Asrning birinchi yarmi musiqiy shakllanishning o`ziga xos tomonlari quyidagicha edi: shakllarning asosiy turlari (kompozitsion sxemalar) an’anaviy ko`rinishda saqlanib qoldi, ammo kengaytirilgan holda: mumtoz, romantik va barokko. Yangilik esa ifoda vositalari tizimida namoyon bo`ldi va bu shakl tashqil topish mexanizmini ichidan o`zgartirdi. Garmoniyaning o`z shakl tashqil topish pozitsiyalarini yo`qotishi shakl mantiqi tushuntirish funksiyalarining pasayishiga olib keldi. Melodik intonatsiya rolining pasayishi ham ahamiyatlidir.
Timsol harakterini aks ettiruvchi, tugallangan yoki nisbatan tugallangan musiqiy fikr sifatidagi mavzuiylikning mumtoz ta’rifi ancha qisqa ko`rinishga o`rin bo`shatib berdi: u asarni reprezentatsiya qilib rivojlanish asosini tashqil qiladi. Yangi sharoitda materialning konsentratsiyasi, uning relef va jarangning umumiy shakllariga satxlanishi va umuman musiqiy matnni sintaktik tashqil etish muammo bo`lib qoldi.

Mavzularning yangi turlari paydo bo`ldi: matndan sintaktik ajratilmagan va qaytarish hisobiga sekin - asta eshitish yordamida aniqlanadigan mavzular. Mavzuning boshqa turi - motivli bo`lib, u mustaqil fragmentlardan tuzilgandir va ularni keyinchalik alohida o`zgartiriladi, integratsiya qilinadi va hokazo. Ko`p holda mavzuiylik bir butun kompleks sifatida tushunilib, unda bosh rolni ixtiyoriy element o`ynashi mumkin edi: garmoniya, faktura, tembr, ritm yoki ularning kompleksi. Gorizontal va vertikalning birligi ko`pincha intervalning mavzuiylik roliga olib keladi.



Mavzuiylikning yangi sifati uning ko`p satxli funksionalligi edi. Ko`p kompozitsiyalarda matnning har bir masshtabli satxida o`ziga hos mavzuiylikning borligi haqida so`z yuritish mumkin: birlik (edinitsa) sifatida motivli mikromavzuiylik, cho`zilgan mumtoz mavzuiylik, odatda u melodik tashqil etilgan va nihoyat «makromavzuiylik» haqida gapirish mumkin. Makromavzuiylikning roli ayniqsa, asrning ikkinchi yarmi musiqasida ancha kuchaydi. Makromavzu bu ifodaviylikning turi bo`lib, u ma’noga ega bo`lgan birlikka (smislovaya yedinitsa) aylangan.
Greklar o`z miflarida xudolar bilan odamlar o`rtasidagi munosabatni bog‘lay boshlaydi. Natijada Prometey osmondan olovni odamlarga olib tushgani uchun jazolanadi. Yarim xudo-qahramon Greklar 12 marta qahramonlik ko`rsatadi. U xudolar va odamlar nikohidan paydo bo`lgani uchun alohida ezozlangan. Gerakl yovuzlikka qarshi kurashadigan, she’r terisini yopingan, qo`liga tayoq tutgan qahramon obrazidir.
Dunyo madaniyatida katta o`rin tutadigan bayramlar qadimgi greklarning ham o`z xudolariga bag‘ishlab o`tkazadigan asosiy tadbiri bo`lgan. Bu bayramlarni tantanali nishonlash uchun ular, xatto qo`shni shaharlaridan mehmonlar chaqirishgan. Natijada, bayramlar – xalq o`yinlari ko`rigiga, jismoniy tarbiya ko`rgan yigitlar o`rtasidagi musobaqalarga, yasangan qizlarning kiyimlari namoyishiga hamda xor, qo`shiq va raqs ustalarining musobaqasiga asos bo`lgan.
Teatr, aktyor, tragediya, komediya, xor, orkestr, drama, sahna, estrada, stadion, bu-qadimiy greklar yaratgan tomosha san’ati atamalari bo`lib, ular hozir ham o`z mohiyatini yo‘qotmagan. Bular tarixiga ham bir nazar tashlaylik.
Otning taqasi shaklini eslatadigan qadimgi grek teatrlari 20-25 mingcha tomoshabinni sig‘dira olgan. O`rtasi tekis bo`lgan, atrofi tepalik bilan o`ralgan joyni ular jihozlab - stadion, ya’ni musobaqa joyi deb atashgan. Uch tomoni tuproq bilan o`ralgan tepalik shaharning bir tomoni tekislikdan iborat bo`lsa, bu joyni jihozlab-teatr deb atashgan. Demak, Greklar tomoshabinlar o`tiradigan joyni teatr deb atashgan. Tekislikning tomoshabinga eng yaqin, oldi qismi-orkestr, xor joylashadigan maydoncha deb atashgan. Bugun ham shunday, musiqali teatrlarda tomoshabin bilan sahna orasidagi joyga- orkestr va xor joylashadi.
Xor bilan muloqotga kiruvchi va uni boshqaruvchi Korifeyni, tomoshabinlarga yaxshiroq ko`rinishini ta’minlash uchun, uni orkestrni orqa tomonida maxsus jihozlangan - taxta chorpoya ustiga chiqarishgan. Chunki, xorning obro`si baland bo`lib, uning oldida yurish mumkin emas edi.
Keyinchalik, korifey va xor bilan muloqot qilishi uchun chorpoya ustiga birinchi aktyor ham chiqqan. Sahnada Korifey bilan birga birinchi akt yo`lining paydo bo`lishi taxta jihozni yanada kengaytirishni talab qilgan va uni greklar –“estrada”, ya’ni sahna, tom ma’noda- “maxsus ko`tarilgan joy”, deb ataganlar. Demak, estrada-aktyorlar idrosi uchun maxsus jihozlab ko`tarilgan joy bo`lib, sahna atamasi bilan hamon o`z mohiyatini saqlab kelmoqda. Qadimgi greklar, “skene” deb, estrada-sahna ortidagi maxsus chodir, ya’ni palatani atashgan. U yerda aktyorlar qiyingan va sahna jihozlarini saqlagan.
Keyinchalik estrada-sahna orti maxsus devor bilan to`silgan va “skene”-chodir tomoshabinga ko`rinmaydigan bo`lgan. Bu devorda uchta eshik qoldirilgan va undan aktyorlar sahnaga kirib-chiqib to`rgan. Ilk bor bu devorga Dionis uchun atalgan qurbonliklar osib qo`yilgan. Shunday qilib devor asta-sekin mavzuga mos o`zgarib, ilk dekloratsiya- sahna bezagi vazifasini o`tay boshlagan.
Bugungi kundagi teatr tushunchasi bizda yaxlit tomosha ko`rsatish maskanini anglatadigan bo`lsa, greklarda esa tomoshabinlar o`tiradigan joy- teatr; xor joylashadigan joy-orkestr; aktyorlar harakat qiladigan joy, sahna-estrada; jihozlar saqlanadigan joy-skena tushunchalaridan iborat bo`lgan


Download 30.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling