Mavzu: Dunyo musiqa madaniyatining shakllanganligi haqida Kirish
Download 30.07 Kb.
|
2. Dunyo musiqa madaniyatining shakllanganligi haqida..dot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Kirish
Mavzu: Dunyo musiqa madaniyatining shakllanganligi haqida Kirish Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati XVI asr o`rtalarida va XVIII asr boshlarida musiqiy teatrlar tashqil etish Musiqiy janr va usulning hosil bo`lish tamoyillari. XX asr san’atida xudud konsepsiyasi Xulosa. Kirish Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u davrda filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarining turmush tarzi, fikrlashi, ma'naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga solib kelmoqda. Antik yevropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya va teologiya sohalarida erishilgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi. Qadimgi Yunon madaniyati er.avv. XXVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o‘zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. Qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi. Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli – respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443- 429 yy) hisoblanadi. Yunonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli edi. Yunonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlar. Aristokratiya odobi – musobaqa tamoyillari asosida birinchilardan bo‘lishga intilish qadriyati keng quloch yoydi. Bunday o‘yinlar sahnasi: Olimpiya o‘yinlari,1 munozara, jang maydoni, teatr sahnalari edi. Yunonlar mifologiyasida birgina xudolarni emas, yerdagi insonlarni ham ulug‘laganlar. Bunga Sofoklning "Dunyoda buyuklar ko‘p. Lekin, insondan boshqa tabiatda kuchlisi yo‘q", yoki Arximedning "Menga tayanch nuqtasini topib beringlar, men dunyoni ostin-ustun qilib tashlayman" degan iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin. Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo‘linadi: Egey madaniyati ( er.avv. 2800-1100 yillar); Gomer davri (er.avv. XI-IX asrlar); Arxaik madaniyat davri (er.avv. VIII-VI asrlar); Klassik (yuqori darajadagi)davri (er.avv. V-IV asrlar); Ellinizm davri (er.avv. 323-146 yillar). Egey madaniyatini ko‘pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Buning sababi Krit oroli va Miken Yunon madaniyatining asosiy markazlari sanalgan. Shuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi. Falsafa va boshqa fanlar vujudga keladi. Falsafa faniga Fales, Pifagor esa matematikaga asos soladi. Avval yog‘ochdan, keyinchalik toshdan foydalanib yasaladigan monumental haykaltaroshlikka asos solinadi. Shulardan ko‘proq tarqalgani: 1) yalang‘och holdagi erkaklarning haykallari – "kuros"; 2) tikka turgan ayollar haykallari – "kora". Poeziya sohasida Gomerning "Illiada" va "Odisseya" dostonlari yaratiladi. Keyinroq shoir Gesiod tomonidan "Teogoniya" va "Ayollar katalogi" poemalarida antik mifologiya o‘zining klassik darajasiga ko‘tariladi. Antik shoirlar orasida Arxilox (lirik poeziya asoschisi), hamda shoira S.O.Lesbos ijodlari alohida o‘rin tutadi. Go‘zallik, sevgi, huzur-halovatni kuylagan Anakreonta ijodi A.S.Pushkin ijodiga ham katta ta'sir ko‘rsatgan. Download 30.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling