Mavzu: Dunyo okeanlari
Download 0.7 Mb.
|
Dunyo okeanlari1
Asosiy qisim
Dunyo okeani tagining geologik tuzilishi va relefi. Okean tagi yer po‘stining tuzilishi. Dunyo okeani tagi suv sathidan turli xil chuqurlikda joylashgan. Uning yuzasi relefining va yer po‘stining tuzilishiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladigan global morfostrukturalardan – suvosti materik chekkasi, o‘tkinchi zona, okean lojesi va o‘rtalik okean tizmalaridan tarkib topgan. Ularning har biri okean tagidagi yer po‘stining alohida-alohida tiplariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, materikning suvosti chekkasi yer po‘stining materik tipiga, okean lojesi okeanik tipga, o‘rtalik okean tizmalari riftogenal tipga va o‘tkinchi zona geosinklinal tipga mansub. Okean tagi yirik relef shakllarining vujudga kelishida yer po‘stining vertikal va gorintal harakatlari asosiy rol o‘ynagan. Dunyo okeani tagi global morfostrukturalar o‘znavbatida ikkinchi darajali megamorfostrukturalarga bo‘linadi. Materikning suvosti chekkasi materik sayozligi yoki shelf, materik yon bag‘ri va materik etagidan iborat. O‘tkinchi zona cheka dengiz botiqlari, orollar yoy iva chuqur suv tagi cho‘kmalariga bo‘linadi. Okean lojesi okean botiqlaridan va okean ko‘tarilmalaridan tashkil topgan. O‘rtalik okean tizmalari riftli va tomonli zonalarga bo‘linadi. Okean tagi yer po‘stining materik tipi okean tipiga nisbatan keng tarqalgan va o‘rtacha qalinligi 35 km ni tashkil etadi. Uning yuqori qatlami cho‘kindi jinslardan, quyi qismi granitli va bazaltli qatlamlardan iborat. Okean lojesi tagidagi yer po‘sti okeanik po‘st deb atalib, uning qalinligi taxminan 7 km ga teng. Okeanik yer po‘stining yuqori 1 km qalinlikdagi qismi cho‘kindi qatlamdan, undan pastda qalinligi 1 km atrofida bo‘lgan zichroq jinsli ikkinchi qatlamdan va eng pastda qalinligi 5 km ga teng bo‘lgan bazalt qatlamidan tuzilgan. Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir. Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650-yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga boʻldi. 1845-yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq. Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti). Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq. Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi. Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean kaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari. Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami. Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi. Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling