Mavzu: duradgorlikning xalq turmushidagi roli
-MAVZU: KESUVCHI ASBOBLARNI ISHGA SOZLASH TEXNOLOGIYASI
Download 0.96 Mb.
|
Mavzular 34talik
12-MAVZU: KESUVCHI ASBOBLARNI ISHGA SOZLASH TEXNOLOGIYASI
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish deganda uskunalarni boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha asosiy va yordamchi vazifalarni ishchining ishtirokisiz bajaradigan tadbirlar majmuasi tushuniladi. Avtomatlashtirish mavjud ilg‘or texnologik jarayonlar asosida umuman yangicha texnika yaratish masalasini hal qiladi. Metall kesuvchi uskunalarni konstruksiyalash va yig‘ish hamda metallga ishlov berishning shunday usullari yaratiladiki, ularni ishchining ishtiroki bilan bajarib bo‘lmas edi. Ishchi harakatlarini osonlashtiradigan, tezlatadigan mexanizmlar va moslamalardan, stanokka xomashyo ortib, undan tayyor mahsulotlarni yig‘ib oladigan qurilmalardan muntazam ravishda va tartibli (tizimli) foydalanishni kichik avtomatlashtirish deb atash mumkin. Qo‘l mehnatini mashinalar va mexanizmlar yordamida bajarish texnologik jarayonni mexanizatsiyalash deyiladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini oshiradi, ishchilarning zaruriy miqdorini kamaytiradi. Shular bilan bir vaqtda uskunalarni qimmatlashtiradi, ularni ta’mirlash, sozlash va texnik ko‘rikdan o‘tkazishni murakkablashtiradi. Avtomatlashtirishning samarasi bunday qimmatlashuvlarni qisqa vaqt ichida qoplashi kerak. Avtomatlashtiruvchi uskunalarning ishonchliligi ham muhim omil hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday texnologik jarayonlar avtomatlashtirishga yarayvermaydi. Shuning uchun texnologik jarayonlarni avvalo tahlil qilib chiqish kerak, so‘ngra mahsulot aniqligini, sifatini, mehnat unumdorligini-yu kam xarajatlarni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan jarayon topish kerak bo‘ladi. 2. Avtomatlashtirish bosqichlariTexnologik jarayonlarni avtomatlashtirish dastlabki bosqichlari ishlovning ayrim amallarini qamrab olgan edi: yig‘ish, nazorat va idishlarga joylash eskicha usulda (qo‘l bilan yoki mexanizatsiya yordamida) bajarilaverar edi. Bu bosqichda ish sikllarini avtomatlashtirish masalasi hal qilindi, avtomatlar va yarim avtomatlar yaratildi. Uskunaning ish sikli deganda zagotovkaga ishlov berishda ish bajaradigan yoki bajarmaydigan yurishlarga ketgan vaqt yig‘indisi tushuniladi: Òs = ti.yur + tb.yur. B u y e r d a: ti.yur — ish bajariladigan yurish vaqti; tb.yur. — bo‘sh (bekor — õîëîñòîé) yurish vaqti. Texnologik amallarda ish bajaradigan yurish bevosita kesib ishlov berishda sodir bo‘ladi (zagotovkaning holati, shakli va sifatlari o‘zgaradi). Bekorchi yurishlar ish bajaradigan yurishni tayyorlaydi, lekin ishlov bilan bevosita bog‘liq emas. Masalan, asbobni yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, zagotovkani ishlovga o‘rnatish va qotirish, ishlovi tugagan zagotovkani yechib olish va sh.k. ish bajaradigan va bekorchi yurishlar ustma-ust tushib qolishi mumkin. Har qanday stanok ish bajaradigan yurishni mustaqil holda bajaradi. Agar u bekorchi yurishni ham mustaqil bajarsa, bunday stanok avtomat deyiladi. Demak, avtomat, bu — o‘z-o‘zini boshqaradigan stanok bo‘lib, texnologik jarayondagi ishlov shakliga tegishli bo‘lgan hamma ishchi va bekorchi yurishlarni bajaradi, lekin o‘z-o‘zini sozlash va qo‘shimcha sozlash ishlarini bajara olmaydi. Ish siklini grafik ko‘rinishda tasvirlash uchun siklogramma tuziladi. U stanok mexanizmlarining hamma harakatlarini aks ettiradi. Ish siklini quyidagicha tushuntirish mumkin. Stanok ishga tushirilgach, unga zagotovka o‘rnatiladi va qotiriladi, yurgizuvchi tugma bosiladi, asbob zagotovkaga yaqin keltiriladi va h.k. yordamchi harakatlarga tb1 vaqt sarflanadi. So‘ngra kesib ishlov beriladi, uning davomiyligi tn, ketidan yana yordamchi (bekorchi) harakatlar bajariladi (asbobni uzoqlashtirish, harakatni o‘chirish, zagotovkani bo‘shatish, yechish va h.k.), uning davomiyligi tb2 bo‘lsin. Stanok maromida ishlasa, ya’ni buzilib qolmasa, unga yana zagotovka o‘rnatiladi, mahkamlanadi va yuqoridagi amallar takrorlanadi. Muayyan bir amallar bir xil vaqt oralig‘ida takrorlanadi, ana shu oraliqqa ish sikli deyiladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling