Elektrotermik qurilmalar va ularda issiqlik uzatish
Download 0.85 Mb.
|
Amaliy mashgʻulot-1.2.3 ыр
Amaliy mashgʻulot №1 ELEKTROTERMIK QURILMALAR VA ULARDA ISSIQLIK UZATISH Reja: 1 Nazariy qism. 2 Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr. 3 Mustаqil yechish uchun misоllаr. 1. Nazariy qism Elektr energiyadan bevosita texnologik jarayonda foydalanishni elektr texnologiya deb ataladi. Elektr energiyasi issiqlik, mexanik, kimyoviy va boshqa turlarga aylanib oʻtadigan qurilmalar, shu bilan birga texnologik jarayon hosil qiladigan qurilmalarni elektr texnologik deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega boʻlib, ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron tup, yoy va ion agregatlarining, elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikrojarayonli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektr texnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jihoz sifatida kiradi. Elektr texnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas. Insonning ishlab chiqarish va uy roʻzgʻor ehtiyojlari elektr texnologik qurilmalar bilan tobora toʻyinib bormoqda. Bunday toʻyinish faqatgina mazkur qurilmalarga boʻlgan ehtiyojning oʻsishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilgʻi tannarxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish boʻyicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bogʻliqdir. Elektr texnologik jarayonlarni takomillashib mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stanstiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi. Elektr texnologiyaning tobora takomillashib borishi katta miqdordagi issiqlikka bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv ta’siriga turgʻun boʻlgan va kichik issiqlik oʻtkazuvchanlikga hamda yuqori darajadagi izolyatsion xususiyatga ega boʻlish kabi yangi xossalarga ega boʻlgan yangi materiallar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Elektr texnologik jarayonlar yordamida sifatli oʻtkazgich va yarim oʻtkazgichlar uchun materiallar, shuningdek eski texnologiyalar yordamida ilgari olib boʻlmagan va ishlab chiqish chiqindilari hamda ishlatib boʻlmaydigan xom ashyolardan turli materiallar ishlab chiqish yoʻlga qoʻyilgan. Koʻplab sanoat tarmoqlari va ilm-fanda erishilgan yutuqlar elektr texnologik jarayonlar rivojiga koʻra erishilmoqda. Elektr texnologik jarayonlarni takomillashtirib borilishi natijalariga koʻra eng diqqatga sazovor boʻlgan yutuqlar, ayniqsa mikroelektronika sohasida koʻzga tashlanadi. Radiotexnik jihozlar, elektron hisoblash mashinalari hamda sanoatdagi boshqariluvchan komplekslar tarkibida yuz minglab, ayrim hollarda esa oʻnlab million elementlarni minglab tutashma bilan birlashtiruvchi tizimlar mavjud. Elektr texnologik qurilmalarda issiqlik uzatish jarayoni juda murakkab, shuning uchun muhandislik hisoblarida u oddiyroq komponentlarga - issiqlik oʻtkazuvchanligi, konveksiya va nurlanish kabi turlarga boʻlinadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling