Elektrotermik qurilmalar va ularda issiqlik uzatish


Download 0.85 Mb.
bet5/11
Sana05.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1274710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amaliy mashgʻulot-1.2.3 ыр

Nazorat savollari:

  1. Elektr texnologik qurilmalar deb nimaga aytiladi?

  2. Elektr texnologik qurilmalar fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

  3. Elektr texnologik qurilmalarda issiqlik uzatish turlari?

  4. Issiqlik almashuv turlari?

  5. Issiqlik oʻtkazuvchanlik nima?

  6. Tabiiy va majburiy konveksiya nima?

Amaliy mashgʻulot №2
BILVOSITA QIZDIRUVCHI ELEKTR QARSHILIK PECHLARINING PARAMETRLARINI HISOBLASH


Reja:
1 Nazariy qism.
2 Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
3 Mustаqil yechish uchun misоllаr.



  1. Nazariy qism

Ma’lumki, elektr tok bu elektr maydonining ta’sirida musbat yoki manfiy zaryadlarni yoʻnaltirilgan harakati. U oʻtkazuvchanlik xususiyatini namoyon qilayotgan metallar va materiyallarda elektronlar harakatlanishi bilan ta’minlanadi. Birinchi tur oʻtkazgichlar elektron, ikkinchi tur oʻtkazgichlar esa (elektrolitlar, eritmalar, rastvorlar va rasplavlar-metall eritmalari)-ion oʻtkazuvchanlikka ega. Plazma aralash, shu bilan birga elektron va ion toklar ulushi plazmaning bosimi, harorati va tarkibiga bogʻlik.
Qizitish jarayonlarida oʻtkazgichlarning ikkala turi ishlatiladi va shu bilan birga ularning issiqlik samaradorligi oqayotgan tokning elektron tashkil etuvchisiga togʻ’ri proporsionaldir.
Qarshilik orqali elektron qizitish oʻtkazgichlarda elektr tok oʻtayotganda issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan. Shu bilan birga issiqlik miqdori oʻtkazgichning, zanjirdagi elektr tokiga, uni oʻtish vaqtiga bogʻliq va Joul-Lens qonuni bilan aniqlanadi.



(2.1)

bunda I-tok, A: R –qarshilik, Om : - vaqt, s.
Agar R ni oʻtkazgichning solishtirma qarshiligi orqali ifodalasak, uning geometrik oʻlchamlarini hisobga olib, uzunligi, kesim yuzasi S, unda oʻtkazgichdan ajralayotgan quvvat quyidagicha aniqlanadi:



(2.2)

Agar soatda ifodalansa,



(2.3)

(kilovatt), u vaqtda issiqlik miqdori (kilokall).



(2.4)

Issiqlik miqdorini va oʻtkazgich uchun kerakli elektr quvvatini quyidagi formula orqali topiladi:



(2.5)

Agar elektr va issiqlik FIK ni hisobga olsak unda qurilmaning toʻla quvvati quyidagicha ifodalanadi:



(2.6)

Elektr qarshilik pechlari (EQP lar) mashinasozlik, metallurgiya, yengil va kimyo sanoati, qurilish va kommunal xoʻjalikda keng qoʻllanilishi munosabati bilan ular turli xil konstruksiyaga ega. Ular turli koʻrsatkichlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi.


Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga asosan EQP lar ikki toifaga boʻlinadi, ya’ni bilvosita ishlovchi EQP lar va bevosita ishlovchi EQP lar. Bilvosita ishlolvchi EQP larda elektr energiyasi maxsus qizdirish elementlarda issiqlik energiyasiga aylantiriladi va issiqlik qizdirilayotgan mahsulotga issiqlik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va nurli issiqlik uzatish usullarida uzatiladi. Bevosita ishlovchi EQP larda esa qizdiriluvchi mahsulot bevosita elektr manbasiga ulanadi.
Bilvosita ishlovchi elektr qarshilik pechlari uch guruhga boʻlinadi:

  1. Rangli va qora metallarni, shishalar, keramika, metallokeramika, plastmassa va boshqa materiallarni termoximik va termik ishlov berish uchun termik pechlari.

  2. Oson eriydigan metallarni eritish uchun moʻljallangan pechlari.

  3. Metallokeramik mahsulotlarni, quyma formalarni, tayyor mahsulotlarni va boshqa jihozlarni quritish uchun moʻljallangan quritish pechlari.

Bu guruhdagi pechlarni ish tavsiflari boʻyicha davriy tizimda va uzluksiz tizimda ishlovchi pechlarga boʻlinadi. Temperatura rejimi boʻyicha QEP lar past (900 -1000 K gacha), oʻrtacha (1000 - 1600 K gacha) va yuqori (1600 K dan yuqori) temperaturali turlarga boʻlinadi. Past temperaturali pechlarda asosan rangli metall va qotishmalariga issiqlik va mexanik ishlov berish davomida qizdirish hamda metalldan tayyorlangan yarim tayyor detallarni quritish amallari bajariladi. Oʻrta temperaturali pechlarda qora va rangli metallarni toblash, kuydirish va issiqlik – kimyoviy ishlov berish, chiniqtirish, shtampovkalash va presslash ishlari bajariladi. Yuqori temperaturali pechlar monokristallarni oʻstirishda, qiyin eriydigan metall va qotishmalarga issiqlik bilan ishlov berishda va ularni elastik deformatsiyalashdan oldin qizdirishda, metallokeramik detallarni ulashda keng qoʻllaniladi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling