Elektrotermik qurilmalar va ularda issiqlik uzatish


Download 0.85 Mb.
bet8/11
Sana05.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1274710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amaliy mashgʻulot-1.2.3 ыр

4. Nazorat savollari:

  1. Elektr texnologik qurilmalarda issiqlik uzatish turlari?

  2. Elektr kimyoviy qurilmalar deb nimaga aytiladi?

  3. Elektr mexanikli qurilmalar deb nimaga aytiladi?

  4. Elektr qarshilik pechlarining qizitish usuli boʻyicha qanday turlari mavjud?

AMALIY MASHGʻULOT №3
QIZITGICH ELEMENTLARINI UZUNLIGI VA DIAMETRINI HISOBLASH


Reja:
1 Nazariy qism.
2 Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
3 Mustаqil yechish uchun misоllаr.



  1. Nazariy qism

Qizdirish elementlari qarshilik pechlari konstruksiyasining asosiy qismi boʻlib, pechlar ishlashining ishonchliligi va zarur boʻlgan texnologik rejimga rioya qilinishi koʻp jihatdan ularga bogʻliq.
Qizitish elementi materialini tanlash pechning ishlash harorati va atmosferasiga bogʻliq boʻlib, bu elementlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • yuqori haroratlarda oksidlanmaslik xususiyati. (issiqbardoshlik),

  • yuqori haroratlarda mustahkamlikni yoʻqotmaslik xususiyati (issiq barqarorlik)

  • yuqori darajadagi haroratlarda ishlov beruvchanlik, payvandlanish va boshqa xususiyatlarini saqlab qolish.

Bundan tashqari qizitish elementlariga oʻziga xos spestifik talablar qoʻyiladi:

  • Yuqori solishtirma elektr qarshiligiga ega boʻlish.

  • Qarshilik oʻzgarishining kichik harorat koeffitsientiga ega boʻlish. Bu holda qizitish elementlarining issiq va sovuq holatlaridagi qarshiliklari bir biridan juda kam farq qiladi.

  • Elektr qarshiligining oʻzgarmasligi. Material qarshiligi vaqt oʻtishi bilan oshmasligi, ya’ni material «eskirmasligi» kerak.








3.1-rasm: Ochiq konstruksiyali nixromdan tayyorlangan qizdirish elementlari

Haroratiga qarab qizdirish elementlari quyidagi turlarga boʻlinadi:


- past haroratli qizdirish elementlari -500-700 K;

  • oʻrta haroratli qizdiruvchi elementlar – 900-1200 K;

  • yuqori haroratli qizdiruvchi elementlar – 2500 – 3300 K.

Konstruksiyasiga koʻra qizdiruvchi elementlar, ochiq konstruksiyali qizdiruvchi elementlar va yopiq konstruksiyali qizdiruvchi elementlarga boʻlinadi. Oʻz navbatida ochiq konstruksiyali qizdiruvchi elementlar – kesim yuzasi doira shaklidagi spiralsimon va zig-zag koʻrinishdagi hamda kesim yuzasi toʻgʻri toʻrtburchak (kvadrat) lenta koʻrinishdagi zig-zagsimon qizdiruvchi elementlarga boʻlinadi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling