Elektrotermik qurilmalar va ularda issiqlik uzatish
Jadvalda qizdirish elementlarni asosiy xossalari koʻrsatilgan
Download 0.85 Mb.
|
Amaliy mashgʻulot-1.2.3 ыр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallar qotishmalari
- Xromnikel alyumin
Jadvalda qizdirish elementlarni asosiy xossalari koʻrsatilgan.
Jadval №3.1
Qizdirish elementlari asosan tarkibiga bir nechta metall kirgan qorishmalardan yasaladi. Misol uchun nixrom deb ataluvchi qorishma tarkibiga 75-85 % nikel, 22-27% xrom va boshqa komponentlar kiradi, yoki fexral deb ataluvchi oʻtkazgich tarkibi 13 % gacha xrom, 4% gacha alyuminiy va 83 % gacha temirdan iboratdir. Titan bor va boshqa legirlovchilar qoʻshish orqali qizdiruvchi elementlarning ishchi haroratini ancha koʻtarish mumkin. Xromnikel eritmalar qizdirish elementlarga qoʻyiladigan talablarga javob bera oladi. Uchtalik nixromlar ularning tarkibida xrom, temir, nikellardan (X15H60 qorishmasi) va ikkitalik nikel, xrom (X20H80) tashkil topgan. Qotishmalarda qanchalik nikel koʻp boʻlsa shuncha uni sifati oshadi va yuqori haroratni koʻtara oladi. 800 0C gacha boʻlgan pechlarni qizdirgichlari sifatida xromnikelli issiqlikka bardosh bera oladigan xromnikelli issiqbardosh poʻlatlarni ishlatishadi xrom 24-27% va nikel 17-20% (X25N20) va (X23N80). Xromalyumin qotishmalarda legirlovchi qoʻshilmalar mavjud xrom va alyuminiy. Bu qotishmalar nixromlarga nisbatan narxi arzon, ammo katta haroratlarda oʻzini xususiyatini yoʻqotadi. 800 0C gacha boʻlgan pechlarni qizdirgichlari uchun fexrallar ishlatiladi (X13Yu4), 800-1250 0C haroratli qizdirgichlar uchun xromalyuminiy qotishmalarga bor, titan va boshqalar qoʻshiladi. (EI595), (OX23Yu5). Xromnikel alyumin qotishmalar (XN70Yu va X15N60YuZA) boshqa qotishmalarga nisbatan ancha arzon. Ishchi harorati 1200 0C gacha boʻlgan qarshilik pechlarida qizitish elementi materiallari sifatida xrom-nikel (nixrom), xrom-alyuminiy va xrom-nikel-alyuminiy (alyuminiyli nixrom) qotishmalari ishlatiladi.. Ishchi harorati 1200 – 1250 0C dan yuqori boʻlgan pechlarda karborundli, disilistid – molibdenli, grafitli yoki qiyin eriydigan metallar (molibden, tantal, volfram) dan tayyorlangan nometall qizitish elementlari qoʻllaniladi. Ishchi harorati 1400 0C dan yuqori boʻlgan pechlar uchun toza qiyin eriydigan metallardan karborund sterjenli qizitish elementlari qoʻllaniladi. Karborund (kremniy karbidi SiC) 1600-1700 0C haroratida kremnezyom va yanchilgan koksni pishitib tayyorlanadi. Karborund qizdirgichlari silindrik sterjenlardan tayyorlanadi va silit yoki globar deb nomlangan. Silit va globardan tayyorlangan qizdirgich elementlarini solishtirma qarshiligi juda katta va metall qotishmalaridan tayyorlangan qizdirish elemetlariga nisbatan 100 barobarigacha katta. 1600 0C gacha boʻlgan qarshilik pechlariga disistilid molibdendan MoSiO2 tayyorlangan qizdirish elementlari ishlatiladi. Ular sterjenlar koʻrinishida tayyorlanadi.
Grafit qizdirgichlari yuqori haroratli vakuum pechlari va neytral atmosferali pechlari uchun ishlatiladi. Grafit qizdirgichlarni maksimal harorati 3000 0C. Grafit qizdirgichlari sterjenli, trubkasimon va boshqa formalarda tayyorlanadi. Metalldan tayyorlangan qizdirish elementlarini toza qiyin eriydigan materiallardan tayyorlanadi (molibden, tantal, volfram, niobiy) ularni 1400 0C haroratida ishlaydigan pechlar uchun tayyorlanadi. Qizdirish elementlari simlardan, sterjenlardan tayyorlanadi. Bir-hil konstruksiyali qizdirish elementlar toifasiga past haroratlarda ishlovchi trubkasimon qizdiruvchi elementlar (TEN) lar kiradi. Bir-hil konstruksiyadagi qizdiruvchi elementlar toifasiga past haroratlarda ishlovchi trubkasimon qizdiruvchi elementlar (TEN) lar kiradi. 3.2- rasmda TEN ning tuzilishi koʻrsatilgan boʻlib, ochiq konstruksiyadagi qizdiruvchi elementlarga nisbatan elektr muhitida ishlatilishiga koʻra xavfsizdir. Shuningdek TEN lar suvda, suyuq uglevodorodlar, tuz qorishmalari suyuq metall muhitlarida ishlatilishlari mumkin. TEN lar quyidagi xaraktrestikalarga ega ya’ni, quvvati 100 W dan 15 kW gacha, kuchlanishi 36 V dan 380 V gacha, ishchi harorati 400 dan 1000 K gacha, ishlash muddati 10 ming soatdan 40 ming soatgacha. Elektr qarshilik pechlarni qizdirish elementlarini hisobi uchun, elektrotexnika va issiqlik texnika parametrlarini birlashtiradigan ifodalar quyida berilgan : (3.1) (3.2) (3.3) Bunda - hisoblanadigan qizdirgichni elektr qarshiligi, ; hisoblanadigan qizdirgichda elektr kuchlanish - , ; -solishtirma elektr qarshiligi, ∙ ; Qizdirgichni - uzunligi (m) ва -kesim yuzasi ; - quvvat Vt ; -qizdirgichni ustki qismi . Aylana qizdirgichni diametri quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. (3.4) Тoʻgʻri burchakli qizdirgichni qalinligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. (3.5) Aylana qizdirgichni uzunligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. (3.6) Таsmali toʻgʻri burchakli materialdan tayyorlangan qizdirgichni uzunligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. (3.7) Кеltirilgan ifodalaridan foydalanib qizdirgichlarni hisobini bajariladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling