Mavzu: duradgorlikning xalq turmushidagi roli


-MAVZU: MIX BURMA MIXLARNI TANLASH


Download 0.96 Mb.
bet14/33
Sana31.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1142383
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Mavzular 34talik

14-MAVZU: MIX BURMA MIXLARNI TANLASH
Mix bilan biriktirish yog’och konstruktsiyalardan balkalar, shchitlar (panellar), to’siqlar, fermalar va h. k. da keng qo’llaniladi.
yog’och konstruktsiyalar uchun taxtalarni mix bilan biriktirishda diametri 6mm va undan yo’g’on mixlar ishlatiladi, zirk daraxtidan bo’lgan taxtalarni mix bilan biriktirishda diametri 5mm dan yo’g’on mixlarni oldindan parmalangan teshikka qoqish lozim, bunda teshik diametri qoqiladigan mix diametrining 0,9, teshik chuqurligi esa mix uzunligining 0,6 qismiga teng bo’lishi kerak.
YOg’och elementlarni (taxtalarni) biriktirish uchun mix o’qlari orasidagi masofa (tola bo’yicha) quyidagicha bo’lishi lozim mixlanadigan element qalinligi bo’lganda S1=15d va mixlanadigan element qalinligi s=4d bo’lganda (d-mix diametri) S1<25d. Mix teshib o’tmaydigan elementlarga qoqilganida, uning qalinligidan qat’i nazar S1 masofa mixning o’n besh diametriga teng yoki S1 15d qabul qilinadi.
Tolalar bo’yicha mixdan taxta toretsigacha bo’lgan masofa S1 kamida 15d bo’lishi ko’rak. Mixni tolalarga ko’ndalang qoqishda mixlar o’qlari orasidagi masofa S2 = 4d bo’lishi, mixlarni shax-mat tartibida yoki qiya, burchak ostida qoqishda esa bo’ylama qatorlar orasidagi masofa 3d gacha kamaytirilishi kerak.
Elementning bo’ylama qirrasidan eng chetki mixgacha bo’lgan masofa kamida 4d bo’lishi kerak. Mix diametri mixlanadigan eng yupqa taxta qalinligining 0,25 qismidan yo’g’on bo’lmasligi kerak.
YUk ko’taruvchi konstruktsiyalarda mixlar andaza bo’yicha qoqilib, andazada
mix qoqiladigan joylar chizmaga qat’iy rioya qilingan holda belgilanadi. Andaza faner yoki tunukadan yasaladi.
Mix tortilishga ishlaydigan konstruktsiyalarda mixning qayirib qo’yiladigan uchi teshilgan yog’och elementining ikki qalinligidan, mixning 10 diametridan kam bo’lmasligi kerak.
Mixli birikmalarda ikki tomondan mix qoqilganda mixlar hamma taxtalarni (paketni) teshib chiqmasligi kerak. Mixlaganda chiqib qolgan mix uchi tolalarga ko’ndalang ravishda qayi-rib qo’yilishi lozim.
Mix markazlari orasidagi masofada yo’l qo’yiladigan chetga chiqish (mix qoqiladigan tomondan) ±2 mm.
Agar qoqilayotgan mix qayilsa, uni albatta sug’urib olish va o’rniga yangi mix qoqish zarur. Muzlagan ho’l taxtalarga mix qoqish tavsiya etilmaydi, chunki mix zanglashi natijasida birik-maning mustahkamligi kamayadi.
Mixni yog’ochning mustahkam qismiga qoqish lozim. Mixni yog’och ko’ziga va yorilgan joyiga qoqish yaramaydi.
SHuruplar duradgorlik buyumlari va yig’ma mebellarda keng qo’llaniladi. SHurup pastki qismida vint o’yig’i bo’lgan tsilindrik shakldagi metall sterjendan iboratdir. SHuruplarning kallaklari yarim yumaloq, yashirin va yarim yashirin bo’lishi mumkin. Duradgorlik buyumlarida shuruplar shtapiklar, tirqish berkitgichlar, asboblap (ilgaklar, tortqilar, qulflar va h. k.)ni mahkamlashda qo’llaniladi. Bunda ko’proq yashirin kallakli shuruplar ishlatiladi.
SHurup yog’ochga qoqilmaydi, balki otvyortka yoki elektrik shurup buragich bilan burab kiritiladi. SHurupni oxirigacha burab kiritish kerak. SHurup bolg’a bilan qoqilganda vintli birikma mustahkam chiqmaydi, shurup o’tgan joydagi yog’och tolalari sidiriladi va shurupni birikmada tutib turuvchi kuch 40% ga kamayadi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling