Mavzu: Dvigatel karterini shamollatishning zaruriyati, turlari, ishlashi reja


Download 16.79 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi16.79 Kb.
#1307965
Bog'liq
Dvigatel karterini shamollatishning zaruriyati, turlari, ishlashi


Mavzu: Dvigatel karterini shamollatishning zaruriyati, turlari, ishlashi
R E J A .
1. dvigatel karterining tuzilishi va vazifasi.
2. Poddon karterning tuzilishi.
3. Dvigatel osmalari.

Maxovik salmoqli disk bo’lib, cho’yandan quyish usuli bilan tayyorlanadi. U tirsakli valning bir teks aylanishini ta’minlaydi hamda aylantiruvchi lahzani avtomobil transmissiyasiga uzatadi. Maxovik to’g’iniga, dvigatelni yurgazishda tirsakli valni startyor bilan aylantirish uchun mo’ljallangan tishli po’lat gardish siqib o’tkazilgan.


Ba’zi dvigatellarda maxovikka belgilar qo’yiladi yoki po’lat zoldir siqib o’rnatiladi. Bu belgilarga qarab, birinchi silindr porsheni YCHNga keltiriladi va o’t oidirish holati tekshiriladi.
Poddon karterning pastki qismi bo’lib, u karterni chang va kirlar tushishidan saqlaydi va moy uchun idish vazifasini o’taydi. Uni po’latdan shtamplab yoki yengil qotishmadan qo’yib tayyorlanadi. Poddon boltlar yoki shpilkalar yordamida mahkamlanadi. Blok- karter va poddonning tutashish sirtiga po’kak pona (qistirma) qo’yib zichlanadi. Tutashish sirti tirsakli valning o’qidan pastga joylashganligi sababli karterning bikrligi ortadi.
Dvigatel osmalari yoki boshqacha qilib aytganda, dvigatelni ramaga elastic biriktirish moslamalari majmuyi, ramaning uchta yoki to’rtta nuqtasiga o’rnatiladi. Dvigatel blokiga tayanch sifatida maxsus kronshteyinlar (panjaralar) mahkamlanadi. Orqa tayanch vazifasini ba’zan ilashish muftasi karterning panjalari yoki uzatmalar qutisining uzaytiruvchi bajaradi. Tayanchlar ostiga rezina yostiqchalar yoki prujinalar qo’yiladi. Bu elastic elementlar, aylantiruvchi lahzaning notekisligi va to’la muvozanatlashmagan harakatlanuvchi qismlar yuzaga keltiradigan dvigatelning tebranishlarini kamaytiradi hamda avtomobil noteks yo’ldan harakatlanayotganda Ramadan dvigatelga ta’sir etuvchi zarblarni yumshatadi.
Elastic tayanchdagi dvigatel osmalari bo’ylama ko’chishni chegaralovchi, tortqi yoki skoba ko’rinishidagi cheklagichlarga ega. Ba’zan dvigatelni ramaga nisbatan ko’chishini chegaralash uchun reaktiv tortqilar ishlatiladi.
Ta’minlash tizimlardagi asbob va qurilmalarning vazifalari hamda tuzilishi .Ta’minlash tizimidagi asbob va qurilmalar yordamida yonilg’i vaqtidagi yonilg’ini so’rib olib, uni dag’al va mayin tozalagichlarda tozalab, uni yuqori bosim nasosiga bosim bilan yuborish, yuqori bosim nasosda ma’lum miqdordagi yonilg’ini ajiratib olib, uni yuqori bosim bilan forsunkaga yuborish, forsunkada yonilg’ini to’zitib tsilindr ichiga purkash hamda dvigatelning ish maromiga (rejimiga) qarab uzatilayotgan yonilg’ini ozaytiriladi yoki ko’paytiriladi.
Ta`minlash tizimi yonilg’ini past bosim orqali uzatish va yonilg’ini yuqori bosim orqali uzatish shaxochalaridan tuzilgan.
Yonilg’ining past bosim orqali uzatish shaxobchasiga dag’al va mayin tozalagichlar, yonilg’i so’rish, haydash nasosi hamda naychalar kiradi.
Dag’al tozalagich. Tozalagich g’ilof ip gazlamadan to’kilgan unga to’r qovirg’a o’ralgan tozalagich o’rnatilgan. Yonilg’i to’qima orasidan o’tib tozalanadi. G’ilofning pastki qismida cho’kmalarni to’kib yuborishi uchun to’lqinli teshigi mavjud.
Mayin tozalagich. Yonilg’ini yanada yaxshiroq tozalaydi. Tozalagich markazida to’r qovirg’ali po’latdan tayyorlangan to’rsimon tozalagich sterjenga o’rnatilgan. Qovirg’ali to’r ichida mato bilan o’ralgan teshikchali qovirga o’rnatilgan bo’lib, uning ustiga bir necha qavat doka o’ralgan. Tozalagich qopqog’ida tizimdagi ortiqcha yonilg’ini va havoni chiqarib yuborish uchun jiklyor o’rnatilgan. CHo’kma va quyqa tiqin orqali chiqarib yuboriladi.


Adabiyotlar:

    1. N.Jabbarov "Ximiya va atrof-muxit", Toshkent "O'qituvchi", 1992 yil 13-27 betlar.

    2. Sh.Otaboev, M.Nabiev "Inson va biosfera", Toshkent "O'qituvchi", 1995 y. 2435 bet.

    3. Yu.SHodimetov "Ijtimoiy ekologiyaga kirish", Toshkent "O'qituvchi", 1994 yil, 169- 171 betlar.

    4. X.T.Tursunov "Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish", Toshkent 1997 yil, 19-26 betlar.

Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling