Mavzu: egalik shakllarining o‘z va k o‘chma ma’nolarda voqealanishi mundarija


Download 56.61 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi56.61 Kb.
#1411529
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EGANING OZ VA KOCHMA MANOSI

Kurs ishining maqsadi. Ega haqida umumiy ma’lumot to‘plagan holda quyidagilar kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi:

  • Egalik shakllari va uslubiyati haqida atroflicha ma’lumot berish

  • Egalik shakllari haqida umumiy ma'lumot va so'zning o‘z va ko‘chma ma‘nosi

  • Egalik shakllarining o‘z va ko‘chma ma’nolarda voqealanishi



Kurs ishining vazifasi. Kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan holda “egalik shakllarining o‘z va ko‘chma ma’nolarda voqealanishi” mavzusini rejalar asosida batafsil o‘rganish.
Kurs ishining tuzulishi. Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Asosiy qismda to‘rtta reja orqali mavzu yoritilgan.


ASOSIY QISM

  1. EGALIK SHAKLLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Egalik shaklllari. Bu shakllarning ko‘rsatkichlari quyidagilar: -(i)m, -(i)miz, -(i)ng, -(ing)iz, -(i)si. Egalik affiksi tarkibida bеriluvchi –lar shaхs haqida emas, balki egalik qilinayotgan narsa/prеdmеt haqida ma’lumоt tashigani uchun, shu narsaning ko‘pligiga ishоra qilganligi tufayli uni bu katеgоriya bilan bоg‘lab bo‘lmaydi. Masalan, ...Antеy kuchni еrdan оladi, Said Ahmad ...ularning maqtоvlaridan. Maqtоvlari so‘zshaklidagi –lar maqtоvning ko‘pligini ko‘rsatmоqda. Bu katеgоriya shaхs va sоn ma’nоsi bilan uzviy bоg‘langan. Shu bоisdan egalik katеgоriyasi (qisq. EK) ning barcha ko‘rsatkichlarida bir vaqtning o‘zida shaхs ma’nоsi ham, sоn ma’nоsi ham ifоdalanadi. Hоlbuki bu ma’nоlar ushbu katеgоriyadan tashqarida ham mavjud (masalan, kishilik оlmоsh-larida, kеsimlik katеgоriyasida, shuningdеk, оtning sоn katеgоri-yasida va h.). Aslida shaхs-sоn ma’nоsini ifоdalash uchun kishilik оlmоshlari хоslangan. Ulardan bоshqa lisоniy birliklardagi shaхs-sоn ma’nоsi оlmоshlar zоtiy mоhiyatining tajallilaridir. Dеmak, EKning zоtiy mоhiyatini shaхs-sоn ma’nоsining qo‘llanilishi bilan bоg‘liq o‘ziga хоs hоlatlardan tashqaridan qidirmоq lоzim bo‘ladi.
EK asоsidagi sintaktik qurilmalar rang-barang ma’nоlarni anglatadi. Bu rang-baranglik shaхs-sоn, aniqlik/nоaniqlik kabi tajalli ma’nоlar, tоbе so‘zning kеlishik shakli, birikuvchi so‘zlar-ning sеmantikasi kabi оmillar 3bilan bоg‘liq bo‘ladi. Masalan, g‘amim so‘zshakli kоntеkst bilan bоg‘liq ravishda ikki хil ma’nо anglatadi: g‘amimni еdimg‘amimni еding.
Shu bоisdan EK ning faqat sintaktik хususiyatlari uning mоhiyatiga daхldоr. Zеrо, EK UGMsidagi katеgоrial ma’nо sintaktik tabiatli bo‘lib, undan anglashiladigan turli ma’nоlar yondоsh va hamrоh ma’nоlardir. Хususan, «shaхs-sоn» ma’nоsi EK uchun yondоsh, shaхs-sоn katеgоriyasi uchun katеgоrial ma’nоdir.
EK ning sintaktik (katеgоrial) mоhiyati «kеyingi mustaqil so‘zning оldingi ifоdalangan (a) yoki ifоdalanmagan (b) mustaqil so‘zga sintaktik munоsabatini ko‘rsatishdir. Masalan, a) mеning kitоbim, mеning bоrganim, kеlishning azоbi; b) sеvinchim, ishing;
EK qaratqich kеlishigi va bоsh kеlishik shakli bilan zich munоsabatda bo‘ladi. Aniqrоg‘i, egalik affiksi bilan shakllangan so‘zdan оldingi, unga tоbе so‘z qaratqich (a) yoki bоsh kеlishikda (b) bo‘lishi mumkin: a) mеning kitоbim, kitоbning varag‘i; b) mart оyi, dam оlish kuni, qish payti. Kеyingi birikuvlardagi bоsh kеlishik shaklini bеlgisiz qaratqich kеlishigi sifatida tan оlish ham uchrab turadi. Ko‘rinadiki, egalik ma’nоsi uch хil usul bilan ifоdalanadi:
Mоrfоlоgik usulda egalik ma’nоsi egalik shakli bilan ifоdalanadi, ammо qaratuvchi so‘z kеltirilmaydi: kitоbim, o‘qiganing, taq-tuqi.
Mоrfоlоgik-sintaktik usul. Bunda egalik subyеkti qaratqich kеlishigida, egalik оbyеkti egalik shaklida bo‘ladi: mеning kitоbim, sеning o‘qiganing, bоlg‘aning taq-tuqi, gulning qizili. Sintaktik usul. Bunda egalik subyеkti qaratqich kеlishigida, egalik оbyеkti egalik shaklisiz bo‘ladi: bizning uy, sizning ko‘cha.
Mоdal ma’nо EK uchun nоkatеgоrial, ya’ni hamrоh ma’nо bo‘lib, u o‘zining grammatik katеgоriyasiga ega emas. I shaхs birlik, III shaхs qo‘shimchalaridan bоshqalari mоdal ma’nо ifоdalaydi. «Sizlash», «sеnsirash», «kamsitish», «kеsatish», «hurmat» kabi qatоr ma’nоlar mоdal ma’nоlardir. Bu, ayniqsa, ko‘plikda yaqqоlrоq ko‘zga tashlanadi. Akamning kitоblari, dadamning mashinalari kabi. Egalik qo‘shimchalarining хususiy qo‘llanishlarida «butun-qism» ma’nоsining yuzaga chiqishini ham kuzatish mumkin: o‘quvchilarning biri, talabalarning a’lоchisi, оdamlar-ning o‘qigani kabi.
EK ning UGMsi katеgоrial va yondоsh ma’nоlar asоsida bir nеcha ОGMlarga ajraladi: «Qarashlilik/mansublik»: Ilhоmning kitоbi, bоlaning оtasi, qo‘yning bоshi. «Fоil-harakat»: Adibaning kulishi, sеning qarishing.
«Aniqlanmishni aniqlоvchiga bоg‘lash»: qоvun bоzоri, go‘sht do‘kоni.
Bu ОGMlarning har biri bоg‘lanayotgan so‘zlarning хususiyatlariga bоg‘liq ravishda qatоr ХGMlarda yuzaga chiqishi mumkin: bоlaning оtasi, gulning bargi, Mоhigulning kitоbi, qizlarning bittasi. Masalan, bоla va оta оrasida qarindоshlik munоsabati bo‘lganligi sababli ularning ifоdalоvchilari bo‘lgan bоla va оta so‘zlari egalik shakli bilan bоg‘langanda ХGM «qarindоshlik» bo‘ladi. Ilhоmning kitоbi birikuvida uch хil ХGM yuzaga chiqadi: «Ilhоm yozgan kitоb», «Ilhоmga qarashli4 kitоb», «Ilhоm haqidagi kitоb». EK ning ikkinchi ОGMsi bоg‘liq qurshоvda – aniqlanmish vazifasida harakat nоmi, sifatdоsh, ba’zan fе’llardan yasalgan оtlar kеlgan so‘z birikmalarida vоqеlanadi. Bunday birikmalarda aniqlanmish harakat-hоlat ma’nоsida, qaratqichli aniqlоvchi esa fоil/subyеkt ma’nоsiga ega bo‘ladi: Sitоraning kеlishi, Muniraning aytgani kabi. EK ning uchinchi ОGMsi so‘z birikmalari tuzish, so‘zlararо sintaktik alоqani o‘rnatish uchun хizmat qiladi. Misоllar: Astrоbоdning bir kuni bir yilga tеng. (Оyb.) Оygulning yo‘qligidan bo‘ldi. EK shakllarining sintaktik vazifa bajarishi – оtli birikmalar hоsil qilish vazifasi asоsida tadqiqоtchilar turkiy tillar so‘z birikmalari tizimida ham, gap qurilishida ham alоhida qurilish – pоssеsiv (qarashlilik) qurilishi mavjudligini qayd etadilar va pоssеsiv qurilish nоminativ qurilishga qarama-qarshi qo‘yiladi. Haqiqatan ham, istagan turdagi gap qaratuvchi birikma variantiga ega bo‘lishi mumkin: qizlardan bitta – qizlarning bittasi, mоlga qul - mоlning quli, vatan uchun kurash - vatan kurashi, qizil gul – gulning qizili. EK ning sintaktik funksiyasi ayrim so‘zlar tarkibida butunlay so‘nib kеtadi: kеchasi, o‘rni, qaysi kabi. Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik affikslari deymiz. Egalik affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz, kitob+ingiz, kitob+i so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki bir necha shaxsga qarashliligini ham bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi.
Egalik affikslari unli va undosh bilan tugagan so‘z va so‘z shakllariga qo‘shilib kelishiga ko‘ra ikki xil variantga ega bo‘ladi:



Shaxslar




Bir shaxsga tegishli

Ko‘p shaxsga egishli

Unlidan
so‘ng

Undoshdan
so‘ng

Unlidan
so‘ng

Undoshdan
so‘ng

1- shaxs (so‘zlovchi)

olma+m

kitob+im

olma+miz

kitob+im

2- shaxs (tinglovchi)

olma+ng

kitob+ing

olma+ngiz

kitob+ing

3- shaxs (o‘zga)

olma+si

kitob+i

olma+si

kitob+i

Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:


1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi yoki o‘zgarishi mumkin: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si
2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga ham nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar ovozi kabi.
3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi: o‘qishing, hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi, beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi: mening kitobim, sening kitobing kabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi.
5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi.
6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut kombinat+ii.
7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga. Egalik affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi.
8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin: ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).
Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi. Egalik kategoriyasiga xos 1, 2-shaxs affikslari so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi ba’zi qo‘shimchalar bilan shakldoshlik hosil qiladi: a) egalik va ot 5yasovchi qo‘shimchalar: bola+m, olma+m || chida+m, to‘pla+m; b) egalik va tuslovchilarning 1-shaxsi va ot yasochi qo‘shimchalar: ota+m, aka+m || keldi+m, yozdi+m || to‘pla+m, bog‘la+m; v) egalik va tuslovchilarning 2-shaxsi hamda ot yasovchi qo‘shimchalar: ona+ng, kitob+ing || o‘qi+ng, yoz+ing || yiri+ng; g) egalik affiksining 2-shaxs birligi va qaratqich kelishigining men, sen olmoshlariga qo‘shiladigan –ing shakli o‘zaro omonim bo‘ladi: kitob+ing || men+ing, sen+ing.
Egalik yoki –niki affiksi qo‘shilib kelgan so‘z ot kesim vazifasida ishlatilganda sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin: Bu- mening kitobim || bu kitob- meniki. Biroq bunday holda egalik affikslari o‘zi qo‘shilib kelgan otning shaxs va sonini ko‘rsata olish xususiyati bilan qarashlilik shaklidan farqlanadi

Ega va uning ifodalanishi: gap kesimining qo‘shimchalardan anglashib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega, asosan, kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi. Ega doim bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin. Masalan: Karim litseyga bordi. Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bogʻliq. Eganing olmosh bilan ifodalanishi: Ular kulimsirab askiyaga quloq solishdi. Kimdir unga darrov bir kosa ovqat keltirdi. Egadan anglashilgan predmet - hodisa kommunikatsiya predmeti bo‘lib, uning ma’nosi har xil:


1. Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi: bajaruvchi shaxs yoki jonli jonsiz mavjudot bo‘ladi. Masalan: Muqaddas hech kimga yozdirmay davradan chiqib ketdi. Nigora darsga bormadi. Shuvillagancha «Neksiya» ketyapti.
2. Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs, jonli mavjudot, jonsiz narsalarni bildiradi. Masalan: Sherzod xursand. Kuchukchaning qulog‘i qirqilgan. O‘rtada kitoblar sochilib yotibdi.
3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi. Masalan: Delfin – baliq. Kaptar - parranda.
4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Abdullatif - padarkush. Bozorboy - saxiy. Suv tiniq. Havo sovuq.
5. Mavjudlik subyektini bildiradi: Mehmonlar bor.
6. Miqdor subyektini bildiradi: Bolalar to‘rtta.
7. Qiyoslanuvchi subyektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.
8. Obyekt ma’nosini bildiradi: Uy quruvchilar tomonidan ko‘rildi.
Ega vaziyatidagi sintaktik shakl umumlashgan namuna sifatida bir muncha morfologik shakllarda namoyon bo‘la oladi:
1. Bosh kelishikdagi ot bilan: Sayfi Soqievich do'mboq qo‘lini siladi.
2. Bosh kelishikdagi ot o‘rnida almashib kelgan olmosh bilan: U hayoliga kelgan bema’ni fikrdan o‘zi kuldi.
3. Harakat nomi bilan: Erta turish foydali.
4. So‘z birikmasi shakli bilan: Xotinsiz o‘tish-xato, bolasiz o‘tish-jafo.
5. Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin.
6. Otlashgan son bilan: 234-mening orqamdan yursin. Uchinchisi qochdi.
7. Otlashgan sifatdosh bilan: Qimirlagan qir oshar.
8. Otlashgan taqlid so‘z bilan: Tomdan oshib tushayotgan tiniq suvlarning shildir-shildiri dillarga orom beradi.
9. Otlashgan undov bilan: Atrofni qo‘shinlarning urasi tutib ketdi.
Egasiz gaplar tilimizda chegaralangan bo‘lib, ular egali gaplarga nisbatan juda kam miqdorni tashkil etadi. Egali gaplar esa tilimizning me’yoriy xossasidan biridir. Chunki gap markazini tashkil etuvchi kesimning tarkibidagi Pm (kesimlik kategoriyasi)ning qismlaridan biri shaxs-son ma‘nosi bo‘lib, u hamisha o‘zining to‘dirilishini, muayyanlashtirilishini talab qiladi. Bu esa gaplarning egali bo‘lishini taqoza qiladi.Yuqorida aytilganidek, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy strukturasi uch uzv (ega, hol, kesim) dan iborat bo‘lib, egali gaplarda ega pozitsiyasi bo‘sh bo‘lmaydi, to‘ldirilgan bo‘ladi. U nutqda esa yuzaga chiqqan hol, yuzaga chiqqan kesim bo‘lishi mumkin. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:
1.Men kitobni o‘qidim.
2.Kitobni o‘qidim.
Har ikkala gap ham [Ye-N-Pm] qolipi hosilasi bo‘lib, ularning kesimidagi Pmga xos shaxs-son qo‘shimchalari ega, uning tabiati (qaysi shaxs, son) haqida to‘liq axborot berib turibdi. Har ikkala gap uchun ham ega I shaxs birlikdagi kishilik olmoshidir. Biroq, ulardan birinchisida bu lisoniy to‘liqlik (ega pozitsiyasining bo‘sh emasligi) nutqda namoyon bo‘lgan, ikkinchisida esa nutqiy ehtiyoj bo‘lganligi tufayli namoyon bo‘lmagan. Ko‘rinadiki, har ikkala gap ham lisoniy egali, ega pozitsiyasi to‘ldirilgan gap qismining hosilasidir.
1.Egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo‘lgan) gaplar.
2.Egasi ifodalanmagan (nutqda namoyon bo‘lmagan) gaplar.
3.Egasi ifodalanishi ixtiyoriy bo‘lgan gaplar.
Egasi ifodalangan gaplar. Kesimdagi W, Pm xususiyatlari va ularning o‘zaro munosabati tufayli nutqda eganing tushirib qoldirilishi mumkin bo‘lmaydi. Bunda ham eganing nutqiy voqelanishini zarur qilib qo‘yadigan:
Wga bog‘liq omillar. Pm ga bog‘liq omillar mavjud.
I. Kesimdagi [W] ga bog‘liq holda ega ifodalanishining zarurligi.
1.Kesimning [W] qismi vazifasida frazema (ibora) kelganda, egani tushirib qoldirishning iloji yo‘q. 1.Bu voqeadan Jamshidning kapalagi uchib ketdi.(Gazetadan.) 2.Markazga kelib, bo‘lib o‘tgan voqealarning butun tafsilotini eshitgan Qalandarovning fig‘oni falakka chiqdi. Bunda ega ifodalanishining zarurligi, ko‘rinib turibdiki, gapning qolipiga emas, balki iboralarda ega bilan kesim aloqasining o‘ta zichligi, iboralarning barqaror hodisa ekanligi bilan bog‘liqdir.
2.Ma‘lumki, ayrim hollarda o‘timli fe‘llarning semantikasi ularning vositasiz to‘ldiruvchi bilan kompletiv (o‘ta zich) aloqa bo‘lishini taqozo qiladi(masalan, kuzatmoq, ko‘rmoq, aytmoq). Bu so‘zlarning obyekt valentligi (tushum kelishigidagi kengaytiruvchisi) zaruriydir. Shu boisdan fe‘l majhul nisbatga o‘tgach, ularning vositasiz to‘ldiruvchisi egaga aylanadi, shuningdek, mazkur kompletiv aloqa ham saqlanib qoladi, avval to‘ldiruvchi, endi esa eganing ifodalanishi zarur bo‘lib qoladi. 1.Oqibat, hozirgacha ham ayrim fuqoralar, ayniqsa, yoshlar orasida ikkilanishlar, hatto muxolifat tomoniga og‘ib ketish kabi achinarli hollar kuzatilmoqda. (Gazetadan) 2. Natijada ko‘plab fuqoralar uchun buzg‘unchi muxolifatning asl basharasi, uning maqsad va vazifalari mohiyati, kirdikorlari to‘laqonli bayon etib berilmadi. (Gazetadan.) 3. Yig‘inda fermer xo‘jaliklari taraqqiyoti uchun mahalliy fermerlar tomonidan qo‘yilayotgan sun‘iy g‘ovlarning sabablari ham aytildi. (Gazetadan.)
Kesimning [W] qismi taqlid so‘zlardan yasalgan fe‘llar ham eganing ifodalanishini taqozo etadi.
1.Eshik taq-taq qildi. 2.Yuragim shuvillab ketdi. 3.Qarg‘a qag‘illaydi. Tabiat hodisalarini ifodalovchi ayrim fe‘llar ham eganing mazmuni bilan o‘ta zichlashib ketganligi bois nutqda eganing tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi: Tong otdi. Kun botdi. Chaqmoq chaqdi. Qorong‘i tushdi. Ega material jihatdan (qanday so'z turkumi bilan ifodalanishi jihatidan) quyidagicha bo'ladi:
1. Ot ega. Ot o'z leksik-grammatik ma'nolariga ko'ra ega vazifasida qo'llanishga juda mos so'z turkumidir. Gapda turli semantik gruppaga mansub otlar ega bo'lib kela oladi.
1) Atoqli ot ega vazifasida: Yo'lchi o'rnidan turdi, ariqda yuz-qo'lini yuvib, tashqari sahnida bir oz kezdi (Oybek). Nabi polvon ko'zlarini ochib, quloqlarini dikkaytirib, boyga quloq solmoqda edi (Said Ahmad).
2) Turdosh ot ega vazifasida: Ammo qiz, yalt etib so'ngan yulduz kabi, bir onda ko'zdan g'oyib bo'lgan edi (Oybek). Qozon bor, samovar bor. Quruq choy yo'q ( Said Ahmad).
3) Konkret ot ega vazifasida: Bali ham, quyon ham, to'ng'iz ham bor (Said Ahmad). Samovar senga yoqdimi, axir? (A. Qahhor).
4) Abstrakt ot ega vazifasida: Tinchlik urushni yengadi. Bizda kamchiliklar bormi? (A. Qahhor).
5) Yakka ot ega vazifasida: Samolyot ketib qoldi (A. Qahhor). Bu yerda na tikkaygan daraxtcha, na bir parcha maysa bor (Oybek).
6) Jamlovchi ot ega vazifasida: Xalq uni gribanidan ushlab, qonun qo'liga topshirajak(A. Qahhor). Polk may oyining oxirlarida yana oldingi liniyaga chiqdi (A. Qahhor).
2. Sifat ega. Sifat ko'pincha otlashganda ega vazifasida keladi. Mard maydonda bilinadi (Maqol). Bunda sifat otning grammatik ko'rsatkichlarini oladi va predmetni uning belgisi orqali anglatadi. Ba'zan sifat qaralmish funksiyasida kelib, ot singari qo'llanadi va o'zidan oldin kelgan qaratqich kelishigidagi predmetning turini, bir qismini belgisi orqali bildiradi. Bilkim, jangda bilinadi Mard yigitning sarasi (H. Olimjon). Belgining nomi ma'nosida qo'llangan sifatlar ega vazifasida ot singari ishlatiladi: Yaxshi — yaxshi, a'lo — a'lo.
3. Son ega. Son ham ko'pincha otlashganda ega vazifasida keladi. Olti so'mni yubor. Uchi yoningda qolsin (Oybek). Xususiy nutqda, matematik ifodalarda son miqdorning umumiy nomi sifatida qo'llanadi va ot kabi ega vazifasini bajaradi: To'qqiz uchga qoldiqsiz bo'linadi.
4. Olmosh ega. Olmosh ot, sifat va sonning o'rniga almashib qo'llanadigan so'z turkumidir. Shuning uchun olmoshning ega vazifasida kelishida ikki xususiyat ko'zga tashlanadi: 1) ot o'rnida qo'llanadigan olmoshlar odatdagi ega vazifasini bajaradi: Sizlar nima bo'sangiz, men ham shu ( Said Ahmad). Biz yarim kechasi yo'lga chiqib, saharda o'sha yerdan o'tdik (A. Qahhor). U qayoqqa borishini bilmasdi... (Said Ahmad). Kim aytdi shu yolg'on gapni? — talmovsirab sòradi Davlatbekov (P. Qodirov). 2) sifat va sonning o'rnida qo'llanadigan olmoshlar otlashgandagina ega vazifasida keladi: Bunisi undan ham og'ir (Uyg'un). U oq gullarni yuziga tegizib turib: "Menga qaysisi yarashadi, qizilimi, oqimi?" - deb so'radi (Said Ahmad). Ba'zilari meni ahmoqqa chiqarib qo'ygan, ba'zilari tang ahvolimdan achinganday bo'ladi (G'. G'ulom).
5. Infinitiv ega. Tortishuv qizib ketdi (A. Qahhor). O'qish boshqa, uqish boshqa (Maqol).
6. Sifatdosh ega. Sifatdosh ko'pincha otlashgan ega vazifasida keladi: Tristan tog'dan oshar (Maqol). Yursang — daryo, o'tirsang — bo'yra (Maqol).
Sifatdosh harakat nomi ma'nosida kelib, ega vazifasini bajarishi mumkin. Bu vaqtda u otlashmaydi va otdagi infinitiv ega kabi qo'llanadi: So'zlagandan so'zlamagan yaxshiroq. So'zladim boshimga tegdi tayoq (Maqol). — So'zlashdan so'zlamaslik yaxshiroq.
7.Taqlid so'z ega. Taqlid so'zlar otlashganda ega vazifasida keladi: Guldur-shaldir, taraq-turuq o'zgarishsiz davom etadi (A. Qodiriy).
8. Undov ega. Undovlar ham otlashganda ega vazifasida keladi: Yana dod chiqdi (Yashin).
9. Frazeologik birliklar bilan ifodalangan ega. Buni qisqacha ibora ega deb atash mumkin: ...qishloqdagi bir-ikkita og'zi kattalar aslo bo'lmaydi deyishadi (R. Fayziy). Burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirish yaxshimas (H. Nazir).
10. Sintaktik birliklar bilan ifodalangan ega: Xotinsiz o'tish — xato, bolasiz o'tish — jafo (Maqol).
Ba'zan teng aloqadagi bir xil shaxsni ko'rsatuvchi bir necha so'z butunicha yoki ayrim-ayrim ega vazifasida keladi. 1.Agar kesim birlikda bo'lsa, bu so'zlarning har biri alohida alohida ega sanaladi. Bunda odatdagi uyushiq bo'lak hosil bo'ladi: Salim va Hakim keldi. — Salim keldi, Hakim keldi. 2. Agar kesim ko‘plikda yoki birgalik daraja formasida bo'lsa, bu so'zlar yaxlitligicha ega sanaladi: Yormat bilan Gulsunbibi Gulnorning qabriga borishdi ( Oybek). Bu keyingi hol hozirgi zamon o'zbek tilida tobora aktivlashmoqda.
Teng aloqadagi turli shaxsni ko'rsatuvchi bir necha so'z yaxlitligicha ega vazifasida kelganda kesim ko'plik formasida bo'lib, yo I shaxsni, yo II shaxsni ko'rsatadi (bir so'z bir vaqtning o'zida turli xil shaxsni ko'rsata olmaydi). 1. Agar bunday egalar qatorida I shaxsni ko'rsatadigan so'z qatnashgan bo'lsa, kesim ham shu shaxsda bo'ladi: Men, sen va u bordik. Sen bilan men ko'rdik, kabi. 2. Agar bundaybegalar qatorida I shaxsni ko'rsatadigan so'z qatnashmay, II shaxsni ko'rsatadigan so'z ishtirok etgan bo'lsa, kesim ham shu shaxsda bo'ladi: Axir, baribir bir kun emas, bir kun yo u senga, yo sen unga yo'l berishga majbur bo'lasizlar-ku! (Uyg'un).
Turli shaxsdagi egalar bilan yordamchisi bilan bog'langanda ularning biri tushib qolishi mumkin (odatda shaxs jihatdan kesimga muvofiq bo'lgan ega tushib qoladi): Orif bilan (men) o'rin ko'rpalarini yig'ib, ichkari olib-kirib qo'ydik-da, yuvinishga ketdik (G'ayratiy). Bunday gaplarda asli ega biz(lar) yoki siz(lar) so'zlari bo'lishi kerak. Chunki kesim odatda shu so'zlarga mos keladigan formada qo'llanadi. Men, sen va u qo'shilmasi ham, men bilan sen qo'shilmasi ham, u bilan men qo'shilmasi ham biz(lar) olmoshiga, u bilan sen qo'shilmasi esa siz(lar) olmoshiga to'g'ri keladi: Biz - men, sen va u keldik. Biz - u bilan men keldik. Biz - sen bilan men keldik. Siz - u bilan sen bordingiz. Bunda biz va siz olmoshlari ega, uyushiq bo'laklar esa izohlovchi hisoblanadi. Ba'zan uyushiq izohlovchidan keyin umumlashtiruvchi so'z ham qo'llaniladi. Bular o'zaro bir-biriga teng hodisalarni bildiradi: Biz - Zohid bilan men ikkalamiz cho'milishga bordik. Bunda biz olmoshi ega, Zohid bilan men qo'shilmasi eganing uyushiq izohlovchisi, ikkovimiz so'zi esa uyushiq izohlovchining izohlovchisidir.
Ba'zan uyushiq izohlovchining biri "yashirinadi" va u keyingi izohlovchi bilan qo'shilib ketadi: Biz, Zohod bilan ikkovimiz, cho'milishga ketdik. Bunda bilan ko'makchi-bog'lovchisi ham aytilmay qolishi mumkin: Biz Botirali ikkimiz, u to'qayga ketayotgan tongda shunday ahd-paymon qilgan edik (H. G'ulom). U shu narsalarni so'radi: biz, ya'ni Sovrasov ikkalamiz, o'z odamlarimizni Sibir, O'rta Osiyo va Uralga yubora olamizmi? (G.Bryantsev). Bunday konstruksiyalarda uyushiq izohlovchilar qo'llanmasligi ham mumkin: Biz ikkovimiz bordik. Bunda biz - ega, ikkovimiz - izohlovchi. Biroq Bizning ikkovimiz bordik kabi gaplarda bizning ikkovimiz birikmasi - ega.
Yuqoridagi konstruksiyalarda biz yoki siz olmoshlaridan bo'lgan egalar aytilmay qolishi ham mumkin: Orif bilan ikkimiz Serejadan bir qarich ayrilgimiz kelmasdi (G'ayratiy). Berezkin ikkovimiz urushdan xiyla avval tanishganmiz (G.Bryantsev). Razzoqikkimizkelamiz(H.G'ulom). Bu misollarda biz olmoshi qo'llanmagani uchun, uning i.zohlovchilari bo'lmish Orif bilan ikkimiz, Berezkin ikkovimiz, Razzoq ikkimiz so'zlarini ega deb hisoblashimiz mumkin. Biroq Ochilib turgan gullarning oldiga qo'yilgan so'rida bir necha kishi choy ichishib o'tirgan edik (Qori niyozov). gapida ega ayrim ifodalanmagan biz so'zidir (bir necha kishi birikmasi - ega emas). Ba'zan egadan keyin unga shaxs va son jihatidan mos keladigan o'z so'zi qo'llanadi. Bu so'z egani ta'kidlash uchun xizmat qiladi: Men o'zim tez-tez xabar olib turaman (Oybek). Ikromjon ikkilanib o'tirmay, javob berdi: Men o'zim kuzatib boraman (Said Ahmad). U shu alpozda biz o'zi uch yarim gektar yerni ag'darib qo'ygan edi (Said Ahmad). Bo'rondek toyni o'zi egarga o'rgatgan (H.G'ulom). Jo'raboy ota Xumson masallig'idan o'zi osh damladi (H.G'ulom). Bu yerda har kim o'ziga o'zi xizmat qiladi (M.A'zamov). Sen o'z yozuvchilaringga madad berish yo'llarini o'zing topasan (M.Sholoxov). Biroq Mening o'zim boraman tipidagi gaplarda mening o'zim birikmasi - ega. Biz hammamiz keldik kabi konstruksiyalar ham yuqoridagilarga birmuncha o'xshab ketadi. Bunda biz - ega, hammamiz izohlovchidir. Biroq Bizning hammamiz keldik gapida bizning hammamiz birikmasi - ega. Xalqlarimiz do'stligi - bu kundalik hayotimizda mavjud bo'lib turgan chinakam do'stlikdir (S.Azimov, Yu.Sultonov). mening xalqimni ro'yobga chiqargan, shod va baxtiyor qilgan, non va osh, kiyim va ust-bosh, e'tibor va obro' bergan narsa - bu do'stlikdir (H.Olimjon) kabi misollarda ajratilib ko'rsatilgan so'zlar yaxlitligicha egadir; bu so'zi ta'kidlovchi element bo'lib, ega bilan kesim tarkibini qat'iy chegaralab ko'rsatadi. Bu hodisa odatda otli gaplarda uchraydi.



  1. Download 56.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling