Mavzu: egalik shakllarining o‘z va k o‘chma ma’nolarda voqealanishi mundarija
Download 56.61 Kb.
|
EGANING OZ VA KOCHMA MANOSI
SO'ZNING O'Z VA KO'CHMA MA'NOSI
So‘z va ma’no. Leksiyakologiyaning o‘rganish manbai ya’ni obyekt bo‘lgan so‘zni tushuncha va manosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. So‘z tovush orqali iddrok qilinishi va ma’no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega. Chunki tushuncha narsa va predmet voqea va hodisani muhim belgisi asosida boshqa barcha narsa predmet, voqea va hodisadan ajratadigan fikr shakli. U ana shu narsa va hodisa uning xususiyatiga orasidagi ma’lum bog‘lanish ongda aks ettiradi. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so‘z-tushunchaning tildagi ifodasi. So‘z orqali predmet va hodisa bir-biriga qiyos qilinadi va shu yo‘l bilan uning umumiy va xususiy belgisi ajratiladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilda daraxt so‘zi umuman daraxt haqidagi tushunchani bildiradi. Ayni zamonda bu so‘z mevali va mevasiz daraxtni, mevaldaraxtdan olma, o‘rik shaftolini shaftolidan chillaki shaftoli yoki anjir shaftoli kabi tushunchani ham ifodalash ham mumkin. Misoldan ko‘rinadiki, tushuncha doirasi qanchalik kengay sari, predmet haqidagi tasavvur ham kengayib boradi, Shu predmetni anglatgan so‘z manosida ham kengayish yuz beradi. So‘z ma’nosi nima? Narsa va predmet, voqea hodisa yoki ular orasidagi munosabatning so‘zda aks etishi so‘zning ma’nosi deyiladi. Boshqacha aytganda u so‘zning borliqdagi narsa va hodisa (narsa – shaxs, belgi, miqdor, harakatni bildirishi, nimaningdir atamasi, nomi bo‘lishidir). Odatda, predmet yo hodisaga duch kelinganda dastlab u tanish predmet bilan qiyoslanadi va shu asosida yangi predmet yoki hodisaning biror muhim belgisi (xususiyati) ajratiladi. Ana shu muhim belgi narsa va predmetga nom berish uchun asos bo‘ladi, Bu nom so‘zning ma’nosini tashkil qiladi. Buni ayniqsa, tildagi barcha yasama so‘zda yaqqol ko‘rish mumkin! ishchi - “ishlaydigan”, tomchi-“tomadigan”, guliston-“gul o‘sadigan”, qumtepa-“qum uyumi” kabi. So‘z gapdagi vazifasini grammatik shakllanganda ro‘yobga chiqaradi. Biz litseyda o‘qiymizgapi grammatik shaklsiz (Biz, litsey, o‘qi) holida fikr ifodalay olmaydi. Demak, so‘zning mohiyatini tushinmoq uchun uning fonetik, sematik, grammatik tomoniga e’tibor berish kerak. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, so‘zga quydagicha ta’rif beriladi: tugal shaklangan ma’lum ma’no bilan bog‘langan tovush yoki tovush birikmasidagi iborat til birligi so‘z sanaladi. So‘zning ma’nosi murakkab bo‘lib, uning bir necha tipi mavjud. Eng avvalo ma’noning lug‘aviy (leksik), grammatik va qo‘shimcha ma’no turini farqlash kerak. So‘zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat holatni bildirishni uning lug‘aviy (leksik), atash ma’nosi deyiladi. Masalan: non-“oziq-ovqat”, keldi-“harakat”, so‘zning leksik ma’nosi uning o‘zak, negizida bo‘ladi.Ba’zi bir so‘zda lug‘aviy ma’no bo‘lmaydi: Lekin, bilan, va, ammo, uchun so‘zi kabi. Faqat mustaqil so‘zgina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmosh bundan mustasno. U o‘zi almashtiradigan mustaqil so‘zning atash ma’nosiga ishora qiladi. Grammatik ma’no. So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Masalan: biror so‘z ot turkumiga, uning turdosh, aniq, yakka turiga, biror kelishikda va ma’lum bir egalik qo‘shimchasini olgan shuningdek, so‘z birikmasida, ergash so‘z, gapda toldiruvchi bo‘lib kelgan. Sanalgan xususiyatning barchasi ot turkumiga mansub bu so‘zning grammatik ma’nosidir. Demak, so‘zning morfologik va sintaktik xususiyati uning Grammatik ma’nosini tashkil etadi. Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. Shuning uchun uni umumiy ma’no deyishadi. Bir xil grammatik ma’noli so‘z juda ko‘p. Lug‘aviy ma’no har bir so‘zda alohida. O‘z ma’no atamasi darslikda turli sinonimiga ega: bosh ma’no, denotative ma’no, asos ma’no, tog‘ri ma’no, genetic ma’no va hokazo. So‘zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki, real, nutqdan tashqarida anglatgan ma’nosi o‘z ma’no deyiladi. Masalan: ko‘z-“ ko‘rish a’zosi”, paxta-“oq mayin tola beruvchi o‘simlik”,to‘qimoq-“gazmol yoki buyum yasamoq, tayyorlamoq” kabi.So‘zning o‘z ma’nosidan tashqari, o‘xshatish, mubolag‘a, kinoya kabi usul bilan boshqa ma’noda qo‘llanishi natijasida ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi:ko‘z- 1)” yog‘ochning qavariq joyi”, 2) uzukning yaltiroq dumaloq qismi”, to‘qimoq-“yo‘q yerdan o‘ylab chiqarmoq” kabi. Ko‘chma ma’no ham o‘z ma’no kabi har xil manbada turlicha atalgan: yasama ma’no, hosila ma’no, erkin ma’no va hakazo. Ko‘chma ma’no gap tarkibidagi boshqa so‘z yordamida anglatiladi. Masalan: U bu gaplarni o‘zi to‘qigan jumlasidagi to‘qimoq so‘zining “yo‘qyerdan o‘ylab chiqarmoq” ma’nosi undagi gaplarni so‘zi yordamida almashiladi. Derazaning ko‘zi sindi gapidagi ko‘z so‘zining “shisha ma’nosi deraza va sindi so‘zi yordamida yuzaga chiqmoqda. Bir so‘zda o‘nlab ko‘chma ma’no bo‘lishi mumkin. So‘zning ko‘chma ma’nosi faqat matn orqali, gapdagina aniqlanadi. Aytilganidek, o‘z va ko‘chma ma’no deganda qoshimcha ma’noni tushunmaslik kerak. Bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosining alohida-alohida qoshimcha ma’nosi bo‘lishi mumkin. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan to‘qimoq so‘zining o‘z ma’nosida (gazmol to‘qimoq) qo‘shimcha ma’no yo‘q, lekin ko‘chma ma’nosida esa salbiy ma’no borligini anglash qiyin emas. So‘zning ko‘chma ma’nosi til taraqiyyoti mah’suli. Har qanday so‘z vaqt o‘tishi bilan ko‘chma ma’noli bo‘lib keta oladimi? Ko‘chma ma’no qanday hosil bo‘ladi? Borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatning nomi ma’lum bir asosga ko‘ra boshqa narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida ham qo‘llanadi. Bunday vaqtda bitta so‘z bir necha narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan: burun so‘zi “tirik organizmning yuz” qismida bo‘rtib chiqgan nafas olish a’zosi ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning dengiz yoki okean tomon bo‘rtib chiqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi. Bunda narsa orsidagi o‘xshashlik sirining nomini ikkinchisi o‘rnida qo‘llashga asos bo‘lgan. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rgatishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘zlarni (so‘z birikmalarini) ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi ot gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o‘quvchilar 1-sinfdayoq, so‘z shakllarining o‘zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so‘z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O‘quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o‘zgartuvchi) qo‘shimchalar bilan tanishadilar, bu qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishini tushunadilar. 4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatish hisoblanadi. Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o‘rganiladi: otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish; ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rgatish; har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o‘rganish va u bilan bog‘liq holda kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish. Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi – turlanish haqida tushuncha berish bilan o‘quvchilarga kelishik qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so‘roqlari, qo‘shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. O‘quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so‘z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so‘zlar bilan shakl yasovchi qo‘shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog‘lanishini kuzatadilar, bu qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so‘roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo‘shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi. O‘quvchilar o‘zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o‘zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o‘quvchilar avval gapda ot bog‘langan so‘zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so‘roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o‘qidi (nimani?) – kitobni, tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o‘zlashtirganlaridan so‘ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi. Download 56.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling