Mavzu: egalik shakllarining o‘z va k o‘chma ma’nolarda voqealanishi mundarija
Download 56.6 Kb.
|
egaaaaaaaaaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- EGALIK SHAKLLARINING O‘Z VA KOCHMA MA’NOLARDA VOQEALANISHI………………………………………………………..23-27 III.UMUMIY XULOSALAR……………………………………………….28-29
MAVZU: EGALIK SHAKLLARINING O‘Z VA K O‘CHMA MA’NOLARDA VOQEALANISHI MUNDARIJA I.KIRISH………………………………………………………………………2-4 II ASOSIY QISM…………………………………………………………. EGALIK SHAKLLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT………….5-17 SO'ZNING O‘Z VA K O‘CHMA MA’NOSI…………………………18-22 EGALIK SHAKLLARINING O‘Z VA KO'CHMA MA’NOLARDA VOQEALANISHI………………………………………………………..23-27 III.UMUMIY XULOSALAR……………………………………………….28-29 IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…………………..30-31 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi. Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Qarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. Avvalo biron bir xalqni bilmoqchi bo‘lsak uning tili va ma'daniyatini yaxshi bilmog'imiz lozim.Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov o'z asarida til haqida «Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir»1,-deb aytgan edilar. Til haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyev ham o'z fikrlarini aytganlar:»Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.»2 O'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan va o‘zaro tobе bog'langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas. Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqyi bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi: 1) bosh bo‘laklar; 2) ikkinchi darajali bo‘laklar. Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi. Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir. Ega — gapning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. Ega, odatda, kesim orqali, kesim esa ega orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. Grammatik jihatdan ega boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi ilmiy adabiyotlarda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). Ega vazifasida kelgan soʻz egalik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha ot, olmosh, otlashgan soʻz va soʻz birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan, kesimdan avval keladi; bunday soʻz tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni sintaktik birlikdan iborat boʻladi. Masalan: Tinchlik urushni yengadi.Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar (Maqol).Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi (Hamid Gʻulom). Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bogʻliq. Download 56.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling