Mavzu: Ekinlarning yanchish va sidirish jarayonlariga ta`sir etuvchi texnologik xossalari
Baraban ishining asosiy tenglamalari
Download 45.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqBotir 2- mustaqil ish
Baraban ishining asosiy tenglamalari
Radiusi r, ma`lum bir o`zgarmas burchak tezlik ω va don massasi m1 (kg/s) bilan bir tekis yuklanayotgan yanchish barabani ishini ko`rib chiqamiz. V.P.Goryachkinning nazariyasiga ko`ra yanchish apparatiga keltirilgan energiya ikkita asosiy kategoriyadagi qarshiliklarni yengib o`tishga sarflanadi: podshipniklar va uzatish mexanizmlaridagi ishqalanish kuchlari hamda havoning qarshiliklari; ishlov berilayotgan materialning holatini o`zgarishiga sababchi bo`lgan to`liq yanchish jarayoni bilan bog`liq qarshiliklar. Barabanni aylantirish uchun sarflanayotgan quvvat N ikkita tashkil etuvchidan iborat: N N N bu yerda N1 – birinchi kategoriyadagi qarshiliklarga sarflanadigan quvvat; N2 –ikkinchi kategoriyadagi qarshiliklarga sarflanadigan quvvat. Birinchi kategoriyadagi qarshiliklarga sarflanadigan quvvat N1 ishqalanishni va havo qarshiliklarini yengib o`tishga sarflanadigan quvvatlarni o`z ichiga oladi: N A B bu yerda A – ishqalanish kuchlari momentini ifodalovchi koeffitsiyent (M.A.Pustiginning ma`lumotlariga ko`ra uning qiymati savag`ichli barabanlar uchun 0,2 Nm, shtiftli barabanlar uchun esa 2,6 Nm ga teng); B – havoning zichligi, barabanning aylanuvchi qismi shakli va o`lchamlariga bog`liq koeffitsiyent (standart barabanlarning har bir metr uzunligi uchun savag`ichli barabanlarda 9,7∙10–4 N ∙ m∙s2, shtiftli barabanlar uchun esa 7,3 ∙ 10–4 N ∙ m ∙ s2 qabul qilish mumkin). Ikkinchi kategoriyadagi quvvat sarfi N2 ni aniqlashda barabanning don massasiga ta`siri, zarbalar berish va uni ish tirqishiga tortish orqali bajarilishini hisobga olish zarur. Don massasiga zarbalar berishni qisqa vaqt oralig`ida bajarish (0,0045-0,0075 s) kerak bo`ladi. Barabanning savag`ichlari yoki shtiftlaridagi umumiy kuch P zarba berishdagi P1 va massani ishchi tirqishga tortishga (sudrashga) bo`lgan qarshiliklarni yengib o`tishga sarflanadigan P2 kuchlardan tashkil topadi: P P P Harakat miqdori (impuls) o`zgarish qonunidan foydalanib, zarba kuchi va momentini topamiz. Zarba berish vaqtini Δt orqali belgilaymiz. U holda bir tekis (ravon) uzatilishda bitta savag`ich bilan bir marta zarba berish davomida ushlab (qamrab) olingan massa quyidagiga teng: m m t Comonning mustahkamligi past bo`lganligidan zarbadan so`ng u o`zini ushlab olgan savag`ich tezligi υ ga teng tezlikka ega bo`ladi. Bunda tezlik barabanning aylanma tezligi ωr ga teng bo`ladi. Bundan, Δm massali somon ega bo`ladigan harakat miqdori Δmυ ga teng bo`ladi. Harakat miqdorining o`sib borishidan kuch impulsi qiymati aniqlanadi: υo = 0 ekanligidan zarba kuchi Zarba kuchi momenti V.P.Goryachkinning nazariyasiga ko`ra P2 kuch umumiy kuch P ga proporsional, ya`ni, P fP bu yerda f – don massasini sudrashdagi barcha qarshiliklarni hisobga oluvchi proporsionallik koeffitsiyenti va u «uqalanish» koeffitsiyenti deb ataladi. Uqalanish koeffitsiyenti baraban va baraban tagligining konstruktiv xususiyatlariga, yanchilayotgan mahsulotning fizik-mexanik xususiyatlari va uzatilishiga bog`liq. Uning qiymatini savag`ichli apparatlar uchun 0,6-0,75, shtiftlilar uchun esa 0,7-0,8 qabul qilinadi. P1 va P2 larning qiymatini hisobga olgan holda (245) ifoda quyidagicha bo`ladi: Bu tenglamaning ikkala tomonini υ ga ko`paytirib, yanchish texnologik jarayonini bajarish uchun zarur bo`lgan quvvat N2 ni topish ifodasini olamiz: Yanchish apparati ishi uchta element bilan xarakterlanadi: energiya manbai bo`lgan dvigatelning ishga layoqatliligi, barabanning ishga layoqatliligi va ishlov berilayotgan materialning qarshiliklari. Dvigatel tomonidan barabanga uzatilayotgan energiya barabanning tezlanishi uchun sarflanadi. O`z navbatida bu energiya don massasi qarshiligiga sarf bo`ladi. Shu sababli bir maromda uzatish va o`rnatilgan rejimda barabanning tezlancvib harakatlanishi o`rniga uning bir tekis harakatlanishi amalga oshadi. Agar sarflanayotgan quvvat dvigatelning to`liq quvvatiga teng bo`lsa, u holda salt holatda, ya`ni, don massasi uzatilmagan paytda N–N1 farqi barabanning burchak tezligini oshishiga sarf bo`ladi: bu yerda dω/dt – barabanga berilayotgan burchak tezlanish, s–2; J – baraban inertsiya momenti, kg ∙ m2. Hisoblashlar yanada aniqroq bo`lishi uchun J ning o`rniga baraban va u bilan bog`liq aylanuvchi massalarning keltirilgan inertsiya momenti Jpr ni qo`llash tavsiya qilinadi. Yanchish barabanining asosiy tenglamasini, ya`ni dvigatelning N, barabanning J va don massasi m ning xarakteristikalarini bog`lovchi tenglamani N1 quvvat N ning taqriban 5% ni tashkil qiladi deb yozish mumkin. Download 45.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling