Mavzu ekologik ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha
Download 250.71 Kb.
|
Kurs Ishi бекzod
MAVZU: Ekologik ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha. Reja: KIRISH
2 . ekologik ekspertiza asosiy yonalishlari 3. Ekologik Ekspertiza asosiy yoʻnalishlarini taxlil qiliw XULOSA FOYADALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH
Bu sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha tabiiy-ekologik omillarni, tabiat-jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarining sabab-oqibatlari zanjirini to‘g‘ri tushunish va shu asosda inson xo‘jalik faoliyatining ekologik-iqtisodiy qonuniyatlari talablarga mos kelishini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bunda tabiat va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ma’muriy boshqarish metodlarini qo‘llash muhim o‘rinni egallaydi. Ushbu nazorat yo‘nalishi tarkibida ekologik ekspertiza keng qo‘llaniladigan faoliyat tarmog‘i hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu sohani kompleks o‘rganadigan ekologik ekspertiza fanini ham ilmiy, ham o‘quv yo‘nalishlarida bozor iqtisodiyoti talablariga mos yo‘nalishda shakllantirish va rivojlantirish xayotiy zaruratga aylandi. Ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlari insonning xo‘jalik va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning tabiatga ta’sirining miqyoslari va salbiy ta’sirining oshib borilayotganligi bilan izohlanadi. Ushbu fanning O‘zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi zarurati ko‘p jixatdan mamlakat ekologik siyosatini samarali amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir: «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘zini-o‘zi o‘limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, ko‘plar ushbu muammoga beparvolik va ma’suliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lmoqdalar. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bog‘liqdir...». Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik huquq fani bilan uzviy bog‘liq xolda, ularning asosiy tushunchalari, yangi qonuniyatlari, kategoriyalari, konsepsiyalariga asoslangan xolda shakllanayotgan va rivojlanib berayotgan fanning yangi yo‘nalishi va sohasi hisoblanadi. Ekologik ekspertiza ushbu fanlarning nazariy-amaliyot tadqiqotlari natijalari eng so‘nggi va yangi yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishga yo‘naltirilgan nazariy-amaliy fanidir. U tabiatdan foydalanish, bo‘yicha ma’muriy-nazarot tarmoq yo‘nalishining nazariyasi va amaliyoti yo‘lanishi mamlakatning barqaror, xavf-xatarsiz rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan asoslab beradi Ekspertiza» tushunchasi (termini) lotincha «expertus»-«tajriba» so‘zidan kelib chiqqan. Ekspertiza tushunchasi fan, texnika, san’at sohalarida maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassis (ekspert) tomonidan turli masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, ularni baholashni bildiradi. Ekspert baholari bevosita o‘lchovga tushmaydigan, shu sababdan mutaxassis mulohazalari va xulosasiga asoslangan jarayonlar, xodisa, voqealar, ob’ektlarni miqdoriy yoki tartibiy baholashdan iborat bo‘ladi. Ekologik ekspertiza faniga nisbatan bu tushuncha rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan inson xo‘jalik va boshqa faoliyatlarining tabiat muhofazasi va ekologik talablarga, ekologik va tabiat muhofazasi qonunchiligiga muvofiqligi va mos tushishini hamda ekologik ekspertiza ob’ektlarini ishga tushirish, ro‘yobga chiqarish, qurish mumkinligini aniqlash va ularni ekspert baholash, ular bo‘yicha ma’lum ekologik ekspertiza xulosalarini chiqarishni bildiradi. Bunda «tabiat-jamiyat» tizimi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda me’yoriy muvozanat va uyg‘unlikka erishishni ta’minlash asosiy o‘rinin egallaydi, ya’ni ekpertiza ob’ektlari ekologik talablar va jamiyatning ekologik-iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi yoki zid bo‘lishi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ekologik ekspertizaning yangi fan va o‘quv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanishi Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimidagi maxsus tarmoq faoliyati bo‘lib, u tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, ekologik-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, xalqning ekologik mafaatlarini amalga oshirish bo‘yicha ekologik ekspertiza usulini qo‘llash asosida tabiatdan foydalanishning ekologik talablarga muvofiq kelishini aniqlaydigan va ularni nazorat qiladigan maxsus davlat boshqaruv tizimidir. Har qanday tizim kabi ekologik ekspertiza ham uni shakllantiruvchi omillar orqali birlashgan (integratsiyalashgan) ko‘plab elementlardan tashkil topgan. Ekologik ekspertiza boshqaruv tizimida tarmoq sifatida asosan ekologizatsiyalash metodlaridan keng foydalangan holda o‘z funksiyasini bajaradi. Ushbu tarmoq ob’ektlari g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ular tarkibiga quyidagilar kiradi: O‘zbekistonning milliy ekologik tizimi tarkibiga kiradigan tabiiy ob’ektlar-yer, foydali qazilmalar, suv, o‘simlik va o‘rmon, xayvonat olami; ekologik tizimning ayrim komponentlari (qismlari) - atmosfera xavosi, qo‘riqxonalar, buyurtmalar; ishlab chiqarish faoliyati va antropogen ta’sirda bo‘lgan ekologik tizimlar-qishloq xo‘jaligi sohasida, qishloq xo‘jaligidan tashqaridagi sohalarda, aholi yashash manzillari, rekreatsiya (dam olish) davolash-sog‘lomlashtirish zonalari, Qurolli kuchlar ixtiyoridagi yerlar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqitlarini qayta ishlash va utilizatsiyalashni tartibga solish va boshqalar. O‘z navbatida bu xilma-xil ob’ektlar yirik va murakkab makro ekotizimlar-tekislik cho‘l (sahro), sug‘oriladigan (antropogen) tekislik, tog‘oldi-tog‘ zonalari tarkibiga kiradi. Shu sababdan tarmoq ekologik ekspertizasi tarkibida cho‘l, antropogen tekislik, tog‘ yo‘nalishlari ham ajratilishi kerak. Ko‘rsatilgan ob’ektlardan foydalanishni tarmoq yo‘nalishida ekologik ekspertiza o‘tkazishda tabiat muhofazasi bo‘yicha qonun xujjatlari bilan bir qatorda, tabiat va jamiyatga xos qonuniyatlar ham hisobga olinishi kerak. Ekologik ekspertiza fan sifatida endilikda shakllana boshladi. Xozirgi kunda uning ilmiy asoslangan konsepsiyalari ishlab chiqilmagan. Lekin ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishi uchun barcha sharoit mavjud. Shu munosabat bilan uning fan sifatida rivojlanishining quyidagi yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin: a) ekologik ekspertiza muammolari yo‘nalishini tadqiq etishga tarixiy yondashish; b) dastlab umumiy qodilar va qonuniyatlarni, so‘ngra xususiy yo‘nalishlarni tadqiq etishga asoslangan mantiqiy yondashuvga amal qilish; v) tadqiq etilayotgan yo‘nalishlarning xamma tomonlarini va aloqalarini ekologik-iqtisodiy yondashuvga asoslanib tekshirish va o‘rganish. ASOSIY QISM Download 250.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling