Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari


Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri haqida


Download 32.05 Kb.
bet7/13
Sana08.06.2023
Hajmi32.05 Kb.
#1463152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ekologiya mustaqil ishlar to\'plami

Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri haqida.

( AES GES IES )
Energetika – bu yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish tarmog‘idir. Sanoat taraqqiy etib borayotgan zamonaviy dunyomizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, barcha ishlab chiqarish jarayonlari, shu jumladan butun insoniyatning hayot ta’minoti elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilmoqda. 
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasidagi elektr va issiqlik energiyasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi hisoblanadi hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizidan ortig‘i “Issiqlik elektr stansiyalari” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tabiatni muhofaza etish faoliyati iqtisodiyotni boshqarishda muhim o‘rin egallaydi hamda korxonalar ishlab-chiqarish-iqtisodiy mexanizmining ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik nazorat tizimini tashkil etish har bir sanoat korxonasi oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining tabiatni muhofaza etish faoliyati o‘z korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va oldini olish, issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirishga qaratilgan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining barcha korxonalari o‘z faoliyatida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaldagi me’yoriy hujjatlariga amal qiladi. 


Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ichki nazorat “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining Atrof-muhitga ta’sir etishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarining zararli ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish, ijrosini nazorat qilish va shu kabi vazifalarda ifodalanadi. 

Atrof-muhitni muhofaza qilishning yillik rejalari:


- tutun gazlarini atmosferaga zararli chiqarishlardan va ishlab chiqarish oqavalarini ifloslantiruvchi moddalardan tozalash bo‘yicha uskunalar ishlashining samaradorligini oshirish;
- suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
- kul-shlak chiqindilari utilizatsiyasi ustidan nazoratni yuritish;
- ishlab chiqarish chiqindilarini to‘plash joylarining xavfsiz ekologik holatini ta’minlash;
- energiya ob’ektlari atrofida yashil ekinlar maydonlarini kengaytirish kabi issiqlik energetikasining ekologik muammolarini hal qilishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-noyabrdagi 820-sonli Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish korxonalari atrof-muhitning ifloslantirilganligi uchun har choraklik kompensatsion to‘lovlarni amalga oshirishadi.
So‘nggi yillarda investitsion dasturlar doirasida issiqlik elektr stansiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tabiatni muhofaza etish xarakteriga ega bo‘lgan salmoqli loyihalar amalga oshirilmoqdaki, ushbu loyihalar orqali energetika korxonalarining atrof-muhitga zararli ta’siri kamayishiga erishilmoqda.
AESning kamchiliklari
Har bir loyiha ijobiy xususiyatlar bilan birga kamchiliklarga ham ega bo‘ladi. AESlar ham bundan mustasno emas.
Atom elektr stansiyalari quyidagi kamchiliklarga ega:
- nurlangan yonilg‘i xavfli hisoblanadi, uni qayta ishlash va saqlash murakkab jarayon hamda ko‘p mablag‘ talab qiladi;
- AES qurish uchun katta mablag‘ va juda ko‘p suv kerak bo‘ladi;
- AES katta miqdordagi radioaktiv chiqindilar chiqaradi va ularni saqlash uchun katta infratuzilma talab etiladi;
- AES bilan baxtsiz hodisa yuz berish ehtimoli judayam kam, ammo biror kor-hol sodir bo‘lsa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Gidroelektr stansiyalari – GESlar eng keng tarqalgan elektr stansiyalari boʻlib, suv oqimidagi energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi inshootlar va jihozlar majmuidir. Ular koʻpincha daryolarda, toʻgʻon va suv omborlarida quriladi. Elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligi ikki omilga bogʻliq: GES butun yil mobaynida suv bilan uzluksiz taʼminlanishi va nishablikda joylashishi zarur.
GESlarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga qaraganda ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati – suv omborlari juda katta maydonni egallaydi, GES qurilishi nisbatan koʻp mablagʻ talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik jihati bor – GESlar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi (koʻmir, yoqilgʻi) bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin GESlarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta toʻplanadi.

Download 32.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling