Mavzu: Ekologiya faning predmeti, maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar


Download 181 Kb.
bet1/6
Sana05.11.2023
Hajmi181 Kb.
#1749277
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza 1


Maruza 1
Mavzu: Ekologiya faning predmeti, maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar
Reja:
Kirish

  1. Ekologiyaning xozirgi zamon tushunchasi va uning vazifalari. Ekologik muammolarni kelib chiqishining asosiy sabablari.

  2. Ekologiyaning bwlimlari. Odum bwyicha biospektr.

  3. Ekologiya fanining asoslari.

  4. Ekologiyaning tarixi.

Ekologiyaning xozirgi zamon tushunchasi va uning vazifalari. Organizmlarning yashash sharoiti va ularning tashqi muh’it bilan wzaro munosabati, turlar, populyatsiyalar, biotsenozlar, ekotizmlar, biosfera va boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil etadi. Shu bois, umumiy ekologiya, asosan, twrt bwlimga bwlib wrganiladi. Bular: autoekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera h’aqidagi talimot
Bugungi kunda ekologiya nafaqat mustaqil fan sifatida shakllandi, balki u mazmunan juda kengaydi. Ekologiya wrganadigan yangi soh’alar kwpaydi, boshqacha aytganda, ekologiyaning yangi-yangi ywnalishlari paydo bwldi.
«Ekologiya» tushunchasi fanga birinchi bwlib nemis olimi E.Gekkel tamonidan 1866 yil kiritilgan. («Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida.)
Hozirda ommalashib ketgan bu atama yunoncha swz bwlib, «Oykos» - uy-joy; «logos» - fan degan manoni beradi.
Ekologiya biologik fan bwlib, u organizmlarning bir-biri va tashqi muh’it sharoiti bilan wzaro munosabat qonuniyatlarini wrganadigan fan h’isoblanadi.
Organizmlarning moslashuvi (adaptatsiya) ni wrganish sifatida bundan 100 yil avval shakllangan h’ozirgi zamon ekologiyasi - tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muh’ofaza qilishning nazariy asosi h’isoblanadi. U wziga xos predmetga, vazifalarga h’amda izlanish usullariga egadir.
Ekologiya antropogen va h’ar xil omillar tasirida tabiatdagi bog’lanishlarning buzilishi twg’risida malumot beradi. Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muh’ofaza qilishda ilmiy asos bwlib xizmat qiladi. Masalan; h’ar yili wrmon xwjaliklari tabiatda wsuvchi dorivor wsimliklarni yig’ib olib dori tayyorlash uchun topshiradi. Bunda agar yigib olinayotgan wsimliklar miqdori qayta wsib chiqayotgan wsimliklar miqdoridan oshsa unda wsimliklar sekin-asta ywqola boshlaydi. Shuning uchun dorivor wsimliklarni yig’ish faqatgina ilmiy asoslangan meyorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu meyorlar va yig’ish mudadtlari wsimliklar jamoasida qayta tiklanish uchun asos bwlishi kerak.
Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruh’i va tashqi muh’it orasidagi bog’lanishlarning tuzilishini, unga bog’liq bwlgan jonlanish, taraqqiy etish, tarqalish va konkurentlik xususiyatlarini; tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson tasiriga qanday javob beradi, - bularning h’ammasi Ekologiyaning predmeti h’isoblanadi.
Hozirgi paytda Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha tariflash mumkin:
- Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson tasirini h’isobga olgan h’olda wrganish;
- İnsonning xwjalik faoliyati tasirida tabiatda rwy beradigan wzgarishlarni oldindan bilish;
- Biosferadagi kechayotgan jarayonlarni wrganish, boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muh’itni saqlab qolish;
- Buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash; shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq xwjaligi ekin maydonlarini yana ishga solish (rekultivatsiya), yaylovlarning tuproq h’osildorligini, suv h’avzalari va boshqa ekotizimlarning mah’suldorligini tiklash;
- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalar.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling