1-mavzu: «iqtisodiy geografiya va ekologiya» kursining predmeti, usullari va vazifalari reja: «Iq’tisodiy geografiya va ekologiya»
Download 19.21 Kb.
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning predmeti, uning boshqa fanlar orasida to’tgan o‘rni
- 2. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning nazariy asoslari, ilmiy konsepsiyalari va uslublari
1-MAVZU: «IQTISODIY GEOGRAFIYA VA EKOLOGIYA» KURSINING PREDMETI, USULLARI VA VAZIFALARI REJA: 1.«Iq’tisodiy geografiya va ekologiya» fanining predmeti, uning boshq’a fanlar orasida tutgan o`rni. 2. «Iq’tisodiy geografiya va ekologiya» fanining nazariy asoslari, ilmiy kontseptsiyalari va uslublari. 3.«Iq’tisodiy geografiya va ekologiya» fanining rivojlanish tarixi 1. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning predmeti, uning boshqa fanlar orasida to’tgan o‘rni. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» fanining predmeti. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» - ishlab chiqarish kuchlarining butun dunyo, mamlakatlar, mintaqalar bo‘yicha hududiy joylashishi va rivojlanishi muammolarini o‘rganuvchi fandir. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» fani ishlab chiqarishning hududiy muammolarini tabiiy va iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda o‘rganadi; dunyo hamda turli mamlakatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy tashkil etish xususiyatlarining ob’ektiv qonuniyatlarini asoslab beradi; ishlab chiqarishning joylashishi va rivojlanishi xususiyatlarini o‘rganish jarayonida mamlakatlar hududida iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, ular o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishini izohlaydi; shuningdek ayrim mamlakatlar va hududlar xo‘jaligining tasnifini aniq iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida o‘rganib, qisqacha ilmiy xulosalar chiaradi va tavsiyalar beradi. Ishlab chiqarishning geografik muamolarini hal qilish borasida «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» xalq xo‘jaligi, uning tarmoqlarini strategik rejalashtirish uchun xo‘jalik ob’ektlarini maqsadga muvofiq joylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbollarini bashorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qator muommalarni o‘rganadi. Ishlab chiqarishni joylashtirish qonuniyatlari ijtimoiy formatsiyalarning rivojlanish qonuniyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy ishlab chiqarishning geografik muamolarini tadqiqot qilish ijtimoiy mehnat taqsimotini keng ko‘lamda, ya’ni hududiy mehnat taqsimotini tahlil qilish bilan aniqlanadi. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sharoiti va xususiyatlari, ularda iqtisodiy rayonlarning, mamlakatlar va yirik iqtisodiy rayonlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning shakllanishi haqida tushuncha beradi; aniq ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish yo‘li bilan mamlakatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish xususiyatlarining ob’ektiv qonuniyatlarini izohlaydi. Iqtisodiy-geografik tadqiqotlarda mahalliy, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi. Bunday izlanishlar mamlakatimizni, qo‘shni mamlakatlarni va butun dunyoni bilishda muhimdir. Ular bo‘lajak iqtisodchi mutaxasislar dunyoqarashining shakllanishida, umumiy bilimini, ayniqsa iqtisodiy bilim saviyasini oshirishda katta rol o‘ynaydi. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning boshqa fanlar orasida to’tgan o‘rni. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» geografiya fanlari tizimiga kiradi. U «Tabiiy geografiya», «Tarix», «Iqtisod va statistika» fanlari bilan uzviy ravishda boglangan. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» ijtimoiy, geografik, tabiiy geografiya esa tabiiy fan hisoblanadi. «Iqtisodiy georgrafiya» va «Tabiiy geografiya» o‘rtasida uzviy hamkorlik mavjud «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» tabiiy sharoit va resurslarga iqtisodiy baho berishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi. Geografiya fanlari bo‘yicha tadqiqot va o‘quv ishlari olib borish uchun «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning «Tabiiy geografiya» bilan uzviy hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Ayrim mamlakat va mintaqalarga ta’rif beruvchi mamlakatshunoslik ishlarini tashkil qilishda ham bu hamkorlikning roli katta. Ijtimoiy fanlar turkumiga kiruvchi «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» uchun nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiqtisodiy fanlarning qisqacha xulosalari muhimdir. Tarmoqlar iqtisodiyoti bilan shugullanuvchi fanlar, ya’ni ishlab chiqarish sharoiti, xalq xo‘jalik tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish va rivojlantirish, texnik-iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarishni joylashtirishning xususiyatlari va omillari, ishlab chiqarishda tannarx va boshqalar bilan shugullanuvchi aniq iqtisodiyot fanlari ko‘p masalalarda «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» bilan aloqada bo‘ladi. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» fani ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tahlil qilish davomida tarixiy usullardan foydalanadi. «Tarix» fani esa jamiyatning rivojlanishi va tarixiy jarayonlarni tadqiq etayotganda tabiiy va atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» fanidan oladi. 2. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning nazariy asoslari, ilmiy konsepsiyalari va uslublari. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» geografik tadqiqotlarini tarixiy-ijtimoiy tahlillar asosida olib boradi. Bu borada, u albatta, hozirgi davrda ishlab chiqarishni joylashtirish masalalarida tarixiy ma’lumotlarga (ayniqsa, sanoat va qishloq xo‘jaligi mintaqalari, transport yo‘llari, aholini joylashtirish, shaharlar, mehnatga layoqatli aholi va boshqalarga nisbatan) tayanadi, rivojlanish darajasini, dinamikasini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishni solishtiradi, baholaydi va insonning tabiiy muhitga ta’sirini tahlil qiladi. Ayrim jihatlarni o‘rganish uchun «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» ikki qismga – «Umumiy iqtisodiy geografiya va ekologiya» va «Rayonlar iqtisodiy geografiya va ekologiyasi»ga bo‘linadi. «Umumiy iqtisodiy geografiya va ekologiya» qismida tizimning umumiy masalalari, mamlakatlarning xo‘jalik geografiyasi va asosiy tarmoqlar geografiyasi o‘rganiladi. «Rayonlar iqtisodiy geografiya va ekologiyasi» qismida esa tegishli mamlakatning ayrim hududlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari o‘rganiladi. Mamlakatlarni majmuali o‘rganishda ikkala qism ham bir-birini to‘ldiradi. Ayni vaqtda mamlakatlar xo‘jaligi va bu xo‘jalik tarmoqlarini tadqiqot qilishdagi umumiy masalalarni o‘rganish tegishli mamlakatning ayrim hududlari va iqtisodiy tumanlari xo‘jaligini o‘rganish uchun juda zarur hisoblanadi. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» ishlab chiqarishni joylashtirishni o‘rgana borib, hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanishi va rivojlanishini keng ko‘lamda tadqiq qiladi. hududiy ishlab chiqarish majmualar – bu tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, tarixiy xususiyat va iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo‘lgan aniq hududda ishlab chiqarish tarmoqlarining uygunlashganligidir. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya»ning quyidagi ilmiy konsepsiyalari mavjud: iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi – muayyan mamlakat, iqtisodiy rayonlarning murakkab tizimi bo‘lib, shakllanishi qonuniy tarzda shakllanadi; hududiy ishlab chiqarish majmualari konsepsiyasi – ishlab chiqarish korxonalari aholi yashash joylarini chegaralangan hudud yoxud iqtisodiy rayon yoki kichik rayon hududida o‘zaro uygunlashuvi; energiya ishlab chiqarish sikllari konsepsiyasi – rayon barpo etuvchi qonuniyatlar sikli. Ushbu konsepsiyalar iqtisodqiy-geografik izlanishlarda o‘z aksini topadi. «Iqtisodiy geografiya va ekologiya» ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy tizimlarni o‘rganishda dasturli-maqsadli, tizimning tahlili, balans (muvozanat), kartografik, iqtisodiy-matematik modellashtirish, qiyosiy-geografik, iqtisodiy-geografik bashoratlash usullaridan foydalaniladi. Download 19.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling