Mavzu: Ekologiya haqidagi ta'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi Reja
Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Download 47.74 Kb.
|
Ekologiya haqidagi ta\'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi
Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
XX asrning 20-yillariga kelib genetika va darvinizmning uyg’unlashuvi bilan bir qatorda boshqa yo’nalishlar ham rivojlana boshladi. Shulardan biri ekologiya bo’lib, u alohida organizmlar va tirik tabiatning majmuasi va uyg’unligidan iboratdir. Uning lug’aviy ma’nosi grekcha “oikos”- manzil, yashash joyi ma’nosini anglatadi. Ekologiya – tirik organizmlarning yashash joyi va ularni o’rab turgan makon bilan o’zaro aloqasini o’rganadigan fandir. Ekologiya – organizmning tashqari muhit sharoitiga munosabati va uning yashash sharoitiga moslashishi shakllarini o’rganadi. Ekologiya darvinizm tufayli paydo bo’ldi, so’ngra u darvinizmni rivojlanishiga hissa qo’shdi hamda yashash uchun kurash jarayonini o’zida aks ettirdi. Yangi fanga 1879 yil E.Gekkel’ ekologiya deb nom berdi. Ekologiya biosferaning evolyutsion tizimini va rivojlanish qonunlarini butunligicha ochib beradi hamda o’zaro aloqalar zanjirini o’rganadi: organizm – ko’payish – tur – biotsenoz – biogetsenoz – biosfera. Ushbu tizimda organizm yangi paydo bo’lish laboratoriyasi rolini bajaradi. Ko’payish tabiiy tanlanish harakatining boshlang’ich ko’rinishini namoyon etgan 40 holda elementar evolyutsion birlikni biotik aylanishning asosiy kombinatsiyalarini biotsenozada jamlaydi. Autekologiya va sinekologiya Ekologiya autekologiya va sinekologiyaga bo’linadi. Autekologiya turlar va muhit orasidagi o’zaro munosabatlarini o’rganadi. Sinekologiya esa turlarning o’zaro munosabatini biotsenoz birikmasida o’rganadi. Autekologiya tabiatga moslashish ko’rinishlarini tabiiy tanlanish natijasi sifatida ochib bersa, sinekologiya yashash uchun kurashning alohida ko’rinishlarini ajratib beradi. Albatta, ekologiyaning ikkala tarmog’i ham o’zaro bog’liq va ularning bo’linishi nisbiydir. Ekologiyada ko’payish, alohida mazmunga ega hamda o’ziga xos o’rin egallaydi, ba’zan, ekologiyani biologik fan – “u yoki bu turni aniq yashash muhitida ko’payish va yashash qonuniyatini o’rganuvchi fan deb qaraydilar”. Bir hududda yashab va o’zaro aloqada bo’ladigan har xil turlarning yig’indisi biotsenoz deb ataladi. Ular orasida yirtqich va o’lja, betaraflik, o’zaro hamkorlik, o’zaro yordam, parazitlik munosabatlari bo’lishi mumkin. V.N.Sukachyov va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan biotsenozlar haqidagi ta’limotda turli organizmlarning o’zaro munosabatlarini ko’p qirrali ekanligi va bu munosabatlar biotsenozni tashkil etuvchi (o’simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) tuproq va muhitning barcha aviotik olimlarining o’zaro aloqadorligi natijasi ekanligi ko’rsatildi. Biogeografik izlanishlar bir qator ekologik geografik o’zgarishlar qonuniyatlarini aniqlab berdi (masalan tanadagi turtib chiquvchi qismlar-quloq, dum va boshqalar. Sovuqroq joylarda qisqaroq va issiqroq joylarda uzunroq bo’ladi). Download 47.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling