.O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti
Muhandislik texnologiyalari fakulteti
Menejment yo’nalishi
3 - bosqich 139-20 guruh talabasi
Niyozbek Saydullayevning tayyorlagan
Mavzu: Ekonometrika modellarning sifatini umumiy baholash
Toshkent – 2022
Ekonometrika modellarning sifatini umumiy baholash
Reja:
1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati.
2. Ekonometrik modellar sifati va ahamiyatini mezonlar bo’yicha baholash.
3. Gomoskedatlik va geteroskedatlikni aniqlash uchun testlar.
4. Ekonometrik modellardagi parametrlarni iqtisodiy jihatdan baholash mezonlari
1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati
Ekonometrik modellashning uchinchi bosqichi – verifikatsiyalash bosqichidir. Tahlil qilinayotgan qatorlar dinamikasi har doim anchagina uzunroq qatorlarning tanlamasi hisoblanadi. Shuning ushun korrelyatsion-regerssion tahlil asosida olingan ekonometrik modellarning ishonshliligini har tomonlama tekshirish va baholash lozim.
Korrelyatsion va regression tahlil asosida tuzilgan ekonometrik modelning statistik ahamiyatligi verifikatsiya bosqishida tekshiriladi.
Verifikatsiya qilishning zarurligi. Ekonometrika – bu ma'lumotlar asosida iqtisodiy-matematik modellarni tuzish, ularning parametrlarini aniqlash va tekshirish, iqtisodiy ko'rsatkichlarning xususiyatlari haqidagi gipotezalarni va ular o'rtasidagi bog'lanishlar ko'rinishini tekshirish imkoniyatini beradi.
Bu esa pirovard natijada izlanayotgan iqtisodiy ob'ektni yoki jarayonni chuqurroq o'rganish va tahlil qilish, kelgusiga bashoratlashga asos bo'lib xizmat qiladi, har tomonlama samarali bo'lgan iqtisodiy qarorlarni qabul qilishga imkon beradi.
Har qanday iqtisodiy izlanishlar doimo iqtisodiy nazariyaning (iqtisodiy modellarni) va amaliyotni (statistik ma'lumotlarni) birlashtirishni, bog'lashni ko'zda tutadi. Nazariy modellar kuzatilayotgan iqtisodiy jarayonlarni negizini tushunib etish, ularni ifodalashga va statistik ma'lumotlar asosida bu modellarni empirik tuzish va tekshirish maqsadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |