Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar bosqichlari reja: Metodologiya haqida tushuncha
REJA: Metodologiya - uslubiyot deb ilmiy tadqiqot tamoyillari tizimiga aytiladi. Aynan, metodologiya to’plangan faktlar bilimning real va ishonchli asosiga qay darajada xizmat qilishi mumkinligini aniqlaydi. Rasmiy nuqtai nazardan, metodologiya real hayot haqidagi bilimlar mazmuni bilan bog’liq bo’lmay, balki bilimlarni tashkil etish borasidagi jarayonlar bilan ish ko’radi. Shuning uchun «metologiya» termini, odatda, tadqiq etilgan protsedura, texnika, usullar majmuini va ma’lumotlar to’plash, ularni qayta ishlashni anglatadi. Metodologiyani mohiyatan tushunish tadqiqot predmeti doirasidagi evristik (ya’ni, izlanayotgan) funktsiyani amalga oshirish asoslanadi. Har qanday nazariy bilimlar tizimi nafaqat predmet doirasidagi tasvirlash va tushuntirish mazmuniga ega bo’ladi, balki, bir vaqtning o’zida yangi bilimlar izlanishida qurol hisoblanadi. Predmet doirasidagi ob’ektiv hayotni aks ettiruvchi nazariya qanchalik tamoyil va qonunlarni shakllantirsa u shunchalik voqe’likning o’rganilmagan qirralariga kirish usullarini ko’rsatadi. Gegelning ta’kidlashicha: - “Har qanday fan amaliy mantiqdir”.
A.N.Kupriyan nazariyasi
Bashoratlangan,
klassifikatsiyalangan - tasnifiy.
Mo’ljallangan
Dastur - ilmiy amaliy tadqiqot faoliyatining qonuniyatli bajarilish tartibi va bosqichli dasturlashtirilgan ketma-ketligi bo’lib, bu umumiy kanseptsiya loyihada aks etadi. Dasturga qo’yiladigan asosiy talablar: zarurat; aniqlik; asoslangshanlik; mantiqiy ketma-ketlik. Dastur psixolog tomonidan amalga oshiriladigan bo’lajak tadqiqot tartibini aniq asoslab tuzib chiqishdan iboratdir. Bu tartib bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |