Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar bosqichlari reja: Metodologiya haqida tushuncha
Download 12.9 Kb.
|
Mavzu Eksperimental tadqiqotlar bosqichlari reja Metodologiya -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy-metodologik bo’lim;
Dastur mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berilishi annotatsiya deyiladi. Har qanday emperik psixologik tadqiqot dasturning umumiy talablari mavjud. Bularga: tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash, ishchi farzni ishlab chiqish, dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi.Dasturda tadqiqotning ma’lumotlar ba’zasini to’plash va ta’minlash o’zida harakatlar yig’indisini tashkil etadi. Muammoni qo’shishda ilmiy adabiyotlar va turli metodlar analizidan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 1.Izlanayotgan axborotlar manbasi ma’lumotlar ba’zasidan aniqlanadi: a) statistika; b) referatlar, ilmiy ishlar, lug’at ma’lumotlar; v) bibliografiya (katologlar, kitoblar); g) ma’lumotlar ba’zasi; d) konferentsiyalar. 2. Metodlarni tanlashda izlanayotgan axborotlar saralangan manbalardan olish kerak. Shular jumladan statistik analizlar, so’rovlar, turli hil konkret metodlar, an’anaviy yoki rasmiy hujjatlardan ma’lumotlarni tanlash mumkin. 3.Jarayonga tegishli, o’xshasa yoki yonma-yon muammolar bilan tanishib chiqish. 4.Hamkasblaringizni tajribasi, predmetlarga, qulayliklarga moslashishni o’rganib chiqish.Dasturda ijtimoiy muammo ob’ekti, predmati, maqsad va vazifalar, ilmiy taxmin aniq belgilangan bo’lishi lozim. Dasturda, asosan 2 ta katta bo’lim va xulosadan iborat bo’ladi:Nazariy-metodologik bo’lim;Amaliy-metodologik (protsedura-ish tartibi) bo’lim;Xulosa bo’lim qismidan iborat.Dastavval bu bo’limlarning har biri haqida qisqacha to’xtalamiz:I. Nazariy-metodollogik bo’lim: izlanishlarda muammoni qo’shish. Muammo - bu ilmiy-amaliy echimni talab etuvchi, mavhumlikni ifodalovchi so’rov so’zlar shakli. Uni qo’yilishi ijtimoiy - psixologik tadqiqotlarning asosiy bo’g’ini bo’lib, echimga muhtoj ijtimoiy vazifadir. O’z o’rnida muammoni qo’shish uni echimga bo’ysundirish demakdir. Muammoning klassifikatsiyasi: gnoseologik (anglanishi kerak bo’lgan muammolarni etishmasligi); predmetli (aniq ijtimoiy-psixologik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar); tegishlilik (stratifikatsion, demografik, oilaviy va xokazolar); masshtabli - (global, hududiy); davriy (qisqa, o’rta, uzoq muddatli); ahamiyati jihatidan (birinchi darajali, majmuali, tuzilmaviy). Muammo ijtimoiy - psixologik jihatdan rivojlanayotgan bilim asosida echiladi va ijtimoiy - psixologik tadqiqotda aniq savollar orqali echimga yo’naltiriladi. Muammoni qo’yish jarayonida ikki asosiy ketma-ketlikni ajratish mumkin: a) muammoli vaziyatni anglash; b) muammoni echimini shakillantirish. Muammoli vaziyat - bu ijtimoiy voqeylikda qarama-qarshilikning mavjudligidir. Psixolog ma’nolardagi ahamyatli va ahamyatsiz qarama-qarshiliklar nazariy asosga to’g’ri kelmasligini qayd qilib boradi. Shu asnoda muammoli vaziyatni echishda va bizga noma’lum natijani izlashda yangi bilimga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoj shakllanadi.Download 12.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling