Mavzu: Elektr ta`minlash qurilmalari. Reja
Download 30.5 Kb.
|
65- Elektr ta`minlash qurilmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr ta’minot blokining ishlash tamoyillari.
- Tayanch iboralar
Mavzu: Elektr ta`minlash qurilmalari. Reja: 1. Elektr ta’minot bloki. 2. Elektr ta’minot blokining tavsiflari. Elektr ta’minot bloki kompyuterning turli komponentlarini elektr ta’minot bilan ta’minlashi uchun 115 yoki 220 V o‘zgaruvchan tokni 3,3,5 va 12 V kuchlanishli doimiy tokka aylantiruvchi qurilmadir. Elektr ta’minot blokini sotib olishda uchta narsaga ahamiyat berish kerak: kuchiga, sifatiga, va shakliga (shuningdek, hajmiga ham). Yangisini olishdan oldin eski elektr ta’minot blokini yaxshilab o‘rganib chiqing. Zamonaviy kompyuterlardan asosan 4 turdagi elektr ta’minot bloklari mavjud bolib, mikro ATX, AX, ATX va SFX (asosan ATXga) standartlariga mos tushishi kerak. Eski kompyuterlarda esa boshqa turdagilar ishlatiladi. Elektr ta’minot bloki kompyuterning ichida joylashgan bo‘lib, uni topish oson. Bu katta och yoki qora quti bo‘lib uning elektr ta’minoti ulangan kabeli va ventilyatori bor. Uni echish uchun birinchidan elektr tarmoqdan ochirish kerak, so‘ng hamma elektr ta’minotni ulash joylaridan tizim plata va ichki qurilmalarni chiqaring, har bir ulanish joyni belgilab qoyishingiz mumkin, keyin yangisini ulash oson bo‘lishi uchun ko‘pchilik kompyuterlarda elektr ta’minot bloki, tizim blokining orqa paneliga chiqadigan 4ta vint bilan korpusga qotirilgan bo‘ladi. Shaxsiy kompyuterning ayrimlarida asosan kompakt ixchamlarida, yoki gorizontal versiyalarda elektr ta’minot bloki yetib borish uchun adapterlarning bir nechta platalarini yoki diskli to‘plovchilarning yechish kerak bo‘ladi. Zamonaviy shaxsiy kompyuterda ATX elektr ta’minot bloki ishlatiladi, unda tizim plataga ulanadigan ulanish joyi bo‘lib, u ikki qator kontaktlaridan tashkil topgan. Bunday bloklarning yoqilishi va o‘chirilishi, korpusdagi maxsus tugmani bosgandan so‘ng, tizim platasi tomonidan beriluvchi POST kuchlanish signali yordamida amalga oshadi. Eski kompyuterlarida AT elektr ta’minot bloki bo‘lib ikki qismga bo‘lingan bir qator kontaktlardan iborat bo‘lib, tizim platalardagi ulanish joydan tashkil topadi. Bundan tashqari bunday elektr ta’minot bloki korpusda yoki blok o‘zida joylashgan kuchlanish kabeli bo‘ladi. Umuman barcha shaxsiy kompyuter, o‘ziga qotirilgan elektr ta’minot bloki bilan bog‘liq, ularni almashtirish onson. Ammo, yana shunday kompyuterlar borki, ular uchun ishlab chiqaruvchiga maxsus buyurtma berish yoki kompyuter do‘konlaridan sotib olish kerak. Zamonaviy tezkor Intel Pentium IV va FMD Athlon HP sinfidagi protsessorlar juda ko‘p energiyani ishlatadi. Agar siz zamonaviy komputer uchun elektr ta’minoti bloki sotib olmoqchi bo‘lsangiz, eng tez ishlovchi protsessor ishu uchun sertifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Elektr ta’minot blokining ishlash tamoyillari. Elektr ta’minot blokining vazifasi +12V, 12V, +5V, -5V doimiy tok “sof” kuchlanishini o‘tkazishi kerak. Elektr ta’mirlash blok yoqilgandan so‘ng o‘zi beruvchi signalni nazorat qilib, kerakli sathda kuchlanish stabillashgandan so‘ng tizim platadagi power-good signalini yuboradi. Mikroprotsessor o‘zining registrlarini boshlang‘ich holatga qaytaradi, shundan so‘ng yuklanish boshlanadi. Tayanch iboralar: FMD Athlon, ATX, Elektr ta’minot blokining ishlash tamoyillari. Savollar. 1. Zamonaviy kompyuterlarida asosan nechta elektr ta’minot bloklari mavjud? 2. Elektr ta’minot blokining ishlash tamoyillari qanaqa? Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling