Mavzu: Elektr yuritma motorlarini tanlash va tekshirish Reja
Download 463.23 Kb.
|
Reimbayev B
Mavzu: Elektr yuritma motorlarini tanlash va tekshirish Reja: Elektr yuritmalarda qo’laniladigan motor turlari Elektr yuritmaning mexanik qismini «qattiq» mashinaning dinamik modeli sifatida qarash mumkin. Bunda modelning hamma zvenolari harakat jarayonida sezilmaydigan darajada ezilganligi bois, bu ezilishni hisobga olmasa ham bo‘ladi; kinematik juftliklar lyuft va oraliqlarga ega emas, ya’ni ulaming harakatini aniqlaydigan golanom bog‘lanish tenglamalari ideal holatga mos keladi. Mexanikada golanom bog‘lanishlar deb elementlar tezliklari nisbatlari berilganda ulaming tenglamalari elementlar harakati orasidagi nisbatlami ko‘rsatadigan bog‘lanishlarga aytiladi. Bu holda bog‘lanish tenglamalari integrallanadi. Bu yerda individual yuritma ko‘rib chiqilayotgan bo‘lganligi uchun bunday bikr mashinaning dinamik modeli bitta erkinlik darajasiga ega bo‘ladi. Yuritmaning mexanik qismida real kinematik bog‘lanishlar va juftliklaming deformatsiyasi hamda turli titrashlarga va umumiy tebranishlarga sabab bo‘ladigan potensial energiyaning taqsimlanishi yuz beradi. Bu tebranishlar ayrim zvenolarda qo‘shimcha dinamik yuklamalarga olib keladi va ijrochi mexanizmning aniq ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi. Elektr yuritm a mexanik qismining funksional sxemasini o‘rganish, bikr mashinaning dinamik modeli kinematikasini aniqlashga va ayrim elementlari hamda bog‘lanishlari parametrlarini aniqlashga yordam beradi. – rasm. Elektr yuritma mexanik qismining funkcional sxemasi: M – dvigatel, U – va U – ulanish muftalari ; UQ – uzatish qurilmasi (reduktor) ; IO – ijrochi mexanizmning ish organi. Masalan, 1.1-sxemada dvigatel M energiyani elektromexanik o‘zgartgichi bo‘la turib, o‘zining bikr qo‘zg‘aluvchi mexanik qismlari, ya’ni, aylanuvchi yakorga (o‘zgarmas tok mashinalari uchun) yoki rotorga (o‘zgaruvchan tok mashinalari uchun) ega. Bu elem ent inersiya m om enti , burchak tezlik (od va elektrmagnit m om ent Ma bilan tavsiflanadi. Aylanmas harakatdagi ijrochi mexanizmning qo‘zg‘aluvchan bikrlikka ega bo‘lgan ish organi IO inersiya momenti , burchak tezlik va moment bilan tavsiflanadi. Ilgarilam a harakatda ish organ M, massa, V chiziqli tezlik va F kuch bilan tavsiflanadi. – rasm. Uzatish qurilma turlari. Download 463.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling