Mavzu: Elektr yuritma motorlarini tanlash va tekshirish Reja
Download 463.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqReimbayev B
a – reduktor; b – tishli-reykali uzatma; d – krivoship – shatunli mexanizm; e – yuk ko’tarish barabani; f – vint-tebranma gayka uzatmasi.
Uzatish qurilmalari (UQ) o‘zining konstruktiv va funksional tuzilishi bo‘yicha turlicha bo‘ladi (1.2- rasm). Reduktor (1.2- rasm, a) harakatni dan ga uzatayotganda burchak tezligini o‘zgartiradi. Reduktom ing har bir elementi o‘zining burchak tezligi ularga mos bo‘lgan inersiya momenti hamda ayrim uzatish pog‘onalardagi uzatish nisbati bilan tavsiflanadi, masalan, bu yerda: va – mos ravishda, yetakchi va yetaklanadigan o;qlarnng burchak tezliklari. Tishli-reyka uzatkich (1.2-rasm , b) burchak tezlik bilan aylanayotgan tishli g‘ildirakning aylanma harakatini reykaning chiziqli tezlik v ga teng bo‘lgan chiziqli harakatiga aylantirib beradi. Bu holda uzatish nisbati J = . Xuddi shu formula yordamida yuk ko‘tarish qurilmasining (1.2- rasm, e) uzatish nisbati aniqlanadi. Krivoship-shatun mexanizmi (1.2 -rasm , d) o ‘zgarmas burchak tezlik bilan aylanayotgan krivoshipning aylanma harakatini polzunning V(t) o'zgam vchan chiziqli ilgarilama-qaytma harakatiga aylantirib beradi. Zamonaviy dastgoh yuritm alarida ko‘pincha «vint-tebranish gaykasi» uzatish qurilmalaridan (1.2- rasm , ƒ) foydalaniladi. Odatda, zoldirli gayka 1 siljiyotgan uzel 2 ga qattiq mahkamlangan va 3 vint aylanishi natijasida uzel 2 uning bo‘ylamasi bo‘yicha siljiydi. Bunday UQ yuqori aniqlikka ega bo‘lib, ijrochi mexanizmni 2,0—2,5 m ga siljitadi. Katta chiziqli siljitish u ch u n tish li-rey k a uzatk ich i qo'llaniladi. Yuqorida ko‘rsatilgan uzatkichlardan tashqari UQ ning to ‘lqinli uzatkichlar, planetar reduktorlar, tasm ali uzatkichlar va boshqa turlari qo‘llaniladi. Sanoat, transport, qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va maishiy xizmat texnikalari elektr yuritmasining motorlari o‘zgaruvchan, o'zgarmas tok va katta quwatlarda, turli tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Xususan, ishlashda ishonchli, sodda tuzilishli, o'lchamlari va massasi kichik, arzon bo‘lgan asinxron motorlar keng qo'llanilmoqda. Jumladan, uzluksiz ishlaydigan transport, nasos, kompressor, ventilyator mexanizmlarining yuritmasida 4A, 5А, АИ va PA seriyali kichik quwatli asinxron motorlar ishlatiladi. Ishga tushirish sharoiti og‘ir va tezligi rostlanishi kerak bo‘lgan mexanizmlar yuritmasida 4 AK va 4AHK seriyali faza rotorli asinxron motorlaridan foydalaniladi. Katta quvvatli, rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar safiga АТДИ, A4, ДА304, АДО, BAH seriyalari kirib, faza rotorlilar safiga esa AK4, BAK3, AOK, АКСБ va boshqa seriyalilar kiradi. АТДИ seriyali asinxron turbo motorlar esa 6—10 kV kuchlanishda, 500—8000 kW quwatlarda ishlab chiqariladi, faza rotorli AK4 seriyali motorlar esa, 250—1000 kW quwatlarda chiqarilib, tezligi rostlanuvchan mexanizmlar yuritmasida qo‘llaniladi. Shuningdek, parmalash qurilmalari yuritmasida quwati 600, 800 va 1000 kW bo‘lgan AJCCB seriyali, AEC nasoslari yuritmasida esa, BAK3 seriyali, quwati 1600 va 3400 kW, kuchlanishi 6 kV, aylanish chastotasi 1000 ayl/min bo‘lgan faza rotorli motor ishlatiladi. Hozirgi kunda 70 turdagi kichik quwatli asinxron motorlar ishlab chiqarilmoqda. Xususan, quwati 1—750 W bo'lgan АБЕ, 4A va АИ seriyalarda kondensatorli asinxron motorlar, kir yuvish mashinalari yuritmasida esa ҚЦ seriyali motorlardan foydalanilmoqda. Rotorning aylanish tezligi va yo'nalishi stator tokidan hosil bo'lgan aylanuvchan magnit maydoni tezligi va yo'nalishi bilan bir xil bo‘lgan o‘zgaruvchan tok motori sinxron motor deyilib, ular 1000 dan bir necha 10 ming kW gacha quvvatlarda, 3000 dan 100 ayl/min chastotalarda ishlab chiqarilmoqda. Sinxron motorlar 1500 dan 300 ayl/min chastotalarda rotori ayonmas qutbli, 100 ayl/min va undan kichiklarda esa, ayon qutbli tuzilmalarda chiqariladi. Rotorida qo‘zg‘atish chulg'ami bo'lmagan reaktiv sinxron motorlar kichik quvvatlarda uch fazali va bir fazali (kondensatorli) qilib chiqarilmoqda. Doimiy magnit bilan qo‘zg‘atiladigan motorlar kichik quv vatlarda (bir necha W dan bir necha 10 kW gacha) uch va bir fazali tuzilishlarda ishlab chiqariladi. 0 ‘zgarmas tok motorlari murakkab tuzilishli, qimmat va ishonchliligi past bo‘lgani sababli o‘zgaruvchanlilarga nisbatan kam ishlatiladi. Ular asosan 2П, П2 va maxsus seriyali motorlar bo'lib, turh quw at va aylanish chastotalariga m o‘ljallab chiqariladi va tezligi rostlanishni talab qiladigan mexanizmlar yuritmasida qo‘llaniladi. Xususan, 2П seriyali motorlar 0,37 dan 200 kW gacha quwatlarda chiqarilib, ular qutblariga mustaqil va kompensatsiyalovchi chulg‘amlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Kran mexanizmlarining yuritmasida o‘zgarmas va o'zgaruvchan tok mo- torlaridan foydalaniladi. Bunda ular takrorlanuvchi qisqa muddatli rejimda ishlagani uchun (ulanish davomiyligi 15, 25 va 60%, hamda sikl davomiyligi 10 minutdan oshmasligi sababli) bunday motorlar harorati ish davrida o‘zining turg‘un haroratigacha ko'tarila olm aydi, pauza-tanaffus paytida esa, atrof-muhit haroratigacha soviy olmaydi. Shu sababli kran motorlari mexanik jihatdan mustahkam ishlangan bo‘lib, yuqoriroq o‘ta yuklanishga hisoblab chiqariladi. Ular odatda berk tuzilishga ega bo'lib, tashqarida o‘ratilgan ventilyator bilan sovitiladi. Sanoatda kranlar yuritmasi uchun maxsus seriyah МТФ, М ТКФ, MTH, MTKH, 4MTKH, 4MTH, 4MTKH asinxron motorlar va o‘zgarmas tokda ishlaydigan Д seriyali motorlardan foydalaniladi. Hozirgi paytda turli qurilmalar yuritmasida elektr motorlar bilan ijro mexanizmlari o‘zaro uyg‘unlashib, yuritmaning mexanik qismida kinematik uzatma o‘z ro’lini yo'qotib bormoqda. Masalan, ilgarilama harakatli mexanizmlarda chiziqli motorlarning qo‘llanishi yoki elektr urchuq, elektr shpindel va elektr nasoslar yuritmasida elektr motor va ijro mexanizmning ayrim qismlari bir xil vazifani bajaradi va natijada, ulaming tuzilishida mexanik uzatma yo‘qolib, foydali ish koeffitsienti ko‘tariladi, montaj ishlari soddalashadi, konveyerli transportda ham chiziqli asinxron motorlar ishlatilmoqda. Elektr yuritmani to'g'ri tanlash va hisoblash asosida ishlab chiqarish mexanizmining unumli va tejamli ishlashiga sharoit yaratiladi. Elektr yuritma yordamida mashina yoki mexanizmlami ishga tushirish, to‘xtatish va teskari tomonga harakatlantirish (reverslash) kabi o‘tkinchi hamda turg‘un ish rejimlarini qulay sharoitda bajarish vazifalari amalga oshiriladi. Bu jarayonlaming o‘tishi, avvalo, motor aylanish tezligining uning aylantiruvchi momentiga nisbatan o'zgarish xususiyatiga qarab aniqlanadi. Bu xususiyat motor xiliga qarab turlicha bo‘ladi. Elektr motorining xillari quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanadi. Elektr tokining turiga ko'ra o'zgarmas va o‘zgaruvchan tok motoriari bo'ladi. O'zgarmas tok motoriari, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg'amining ulanish sxemasiga ko'ra parallel, ketma-ket va aralash (shuntli, series va kompaund) qo‘zg‘atishli motorlarga bo‘linadi. O'zgaruvchan tok motorlari esa rotor bilan stator magnit maydonining bir-biriga nisbatan aylanish tezliklariga ko‘ra — asinxron va sinxron deb ataluvchi motorlarga bo'linadi. Asinxron motorlar, o‘z navbatida, rotor chulg'amiga ko‘ra qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli (kontakt halqali) motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlari esa rotoming tuzilishiga ko‘ra, bir va ikki katakdan iborat qisqa tutashtirilgan chulg‘amli hamda chuqur pazli motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar fazalar soniga ko‘ra, uch fazali va bir fazali bo’ladi. Motor tezligining uning aylantiruvchi momentiga bog'lanishini ko'rsatuvchi со = ƒ (M) yoki n = ƒ (M) egri chiziqni motorning mexanik tavsifi deb ataladi. Motoming burchak tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: bunda n=[ ] – motorning bir minutdagi aylanish soni. Motorning aylantiruvchi momenti M=F , bunda F — barabandagi o'tkazgichlarga ta’sir etuvchi elektromagnit kuch; D — barabanning diametri. Radian deb aylananing ikki radiusi orasidagi burchakka aytiladi. U bilan aylanadan kesilgan yoyning uzunligi radiusga teng bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra, to‘la bitta aylanish 360° ga teng bo'lgani uchun, uni radian birligida 2% deb belgilanadi. Bunda n = 3,14 ga teng. Ishlab chiqarish talablariga qarab motor xilini tanlashda uning mexanik tavsifi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mexanik tavsif sun’iy va tabiiy bo‘lishi mumkin. Motomi ishga tushirish, to'xtatish, uning tezhgini o‘zgartirish va shu kabilarda sun’iy tavsifdan foydalaniladi. Motor faqat nominal parametrlar bilan tabiiy tavsifda ishlay oladi. Shunga ko‘ra, tabiiy tavsifni sun’iy tavsifning xususiy holi deb hisoblash mumkin. Ba’zi hollarda o‘zgarmas tok motoriari uchun n= ƒ (M ) o‘miga, elektromexanik yoki tezlik tavsifi deb ataluvchi n = ƒ (I) bog'lanishdan foydalanish qulay bo‘ladi, bunda I [a] — motor toki. Elektr motori aylanish tezhgining aylantiruvchi momentiga bog‘lanishini ko‘rsatuvchi chiziqning o'zgarishiga qarab, mexanik tavsiflar mutlaqo qattiq, qattiq va yumshoq tavsiflarga bo'linadi. Download 463.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling