Mavzu: Elektr yurutmalarning quvvatini tanlash
Elektr yuritmalarni avtomat ravishda boshqarish sxemalari
Download 222.12 Kb.
|
Elektr yuritma quvvatini tanlash
Elektr yuritmalarni avtomat ravishda boshqarish sxemalari.
Elektr yuritmalarni boshqarish texnologik jarayon talabiga ko’ra ularni ishga tushirish, tezligini rostlash, to’xtatish, teskariga harakatlantirish, shuningdek ish rejimini saqlab turish jarayonlarini bajarish hisoblanadi. Boshqarish qo’lda, yarim avtomat ravishda va avtomat ravishda bo’lishi mumkin. Boshqarish jarayoni, odam tomonidan qo’lda boshqarish apparatlari vositasida bajarilsa, qo’lda boshqarish bo’ladi. Qo’lda boshqarish mahalliy va masofadan bajarilishi mumkin. Bir necha boshqarish amallari qo’lda va qolganlari avtomat ravishda bajarilsa, yarim avtomat boshqarish bo’ladi. Boshqarish jarayoni to’liq avtomat boshqarish apparatlari vositasida bajarilsa, avtomat boshqarish bo’ladi. Bulardan avtomat boshqarish eng istiqbolli va keng qo’llaniladigan usul hisoblanadi. Avtomat boshqarishni qo’llash bilan mehnat unumdorligi va mahsulotning sifati ko’tariladi, ishlash sharoitlari yaxshilanadi, alohida jarayonlarni avtomatlashtirishdan umumiy ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishga o’tish imkonini beradi. Avtomat boshqarishni bajarish vositalari majmuiga avtomat boshqarish tizimi deyiladi. Avtomat boshqarish tizimlariga, vazifasiga va yechiladigan masalalarning murakkabliligiga qarab, turli talablar qo’yiladi. Bulardan asosiylari, sodda tuzilganligi, xizmat ko’rsatish qulayligi va xavfsizligi, normal va avariya holatlarida ishonchli va aniq ishlashi, ixchamligi va arzonligi, yig’ish ishlarining qulayligi va tez bajarilishidir. Qo’lda boshqarishda odam jarayonni kuzatib hamma amallarni o’zi bajarsa, avtomat boshqarishda amallar avtomat boshqarish vositalari orqali bajariladi. Bunda elektr yuritma va uning elektr zanjiridagi ko’rsatgichlarning o’zgarishi asos bo’ladi. Elektr yuritmalarni reostatli ishga tushirish jarayonida iste’mol toki belgilangan qiymatlar oralig’ida o’zgaradi. Tok qiymatlarining o’zgarishiga yuritgichni avtomat ravishda boshqarishni moslash mumkin. Buning uchun boshqarish tizimida tok relelari qo’llaniladi, ular yordamida pog’onalar qarshiliklari belgilangan tartibda ulanadi yoki uziladi. Tok relelari elektr yuritmaning kuch zanjiriga bevosita, transformator yoki shuntlar orqali ulanishi mumkin. Avtomat boshqarishning bu usulini quyidagi sxemalar misolida o’rganiladi. Download 222.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling