Mavzu: Elektrokontakli manometr haqida tushunchalar
Download 61.89 Kb.
|
Elektrokontakli manometr
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTR MANOMETRLAR
Pirmamatov Abduahad Mavzu: Elektrokontakli manometr haqida tushunchalar. Manometr (yun. manos — nozik, siyrak va ... metr) — suyuklik, gaz yoki bugʻning bosimini ulchash uchun moʻljallangan asbob. Mexanik, suyuqlikli, elektr, issiqlik, porshenli, deformatsion, radiometrik, ionizatsion va boshqa xillari bor. M. oʻlchash tizimining asosini birlamchi bosim uzgartirgichidan iborat sezgir element tashkil qiladi. Mexanik M.da bunday element vazifasini naycha, porshen, membrana yoki ulchanayotgan bosimni qabul qiladigan boshqa element oʻtaydi. Suyuqlikli M.da bosimni muvozanatlab turadigan suyuklik (simob, moy va boshqalar) ustuni sezgir elementdir. Elektr M.ning ishi ulchanayotgan bosim taʼsirida sezgir elementning elektr xossalari (mas, elektr qarshiligi) uzgarishiga asoslangan. M.ning boshqa turlarida ham asosiy qism sezgir elementdir (mas, deformatsion M.da elastik qobiq, porshenli M.da porshen va h.k.). M. shkalali va shkalasiz bulishi mumkin. M.bilan atmosfera bosimi (qarang Aneroid, Barometr) siyraklashgan gazlar bosimi (vakuummetr) hamda atm. bosimidan katta ikki bosimlar farqi oʻlchanadi. Suyuklik ustuni balandligi boʻyicha bosimni oʻlchash gʻoyasini 1640-yilda E. Torrichelli ilgari surgan. 1891-yilda fransuz olimi L. Kalyete birinchi suyuklikli M.ni qurib, Parijdagi Eyfel mi-norasiga oʻrnatgan.[1] Manometrning ishlash prinsipi Burdon naychasining ichki qismiga bosim berib, deformatsiyalanishini o‘lchashga asoslangan. Bosim ortishi bilan oval shakldagi naycha aylana shakliga kirishga harakat qiladi. Natijada naychaning mahkamlanmagan tarafi tashqi tarafga surilib, yoy radiusini orttiradi va bu milning surilishiga olib keladi. Bunday manometrlar guruhiga МА rusumli manometrlar kiradi. ELEKTR MANOMETRLAR Elektr manometrlar asosan yuqori chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali bosimlarni o'lchashda qo'llaniladi. Elektr manometrlarning ishlash usuli sezgir elementning bosim ta'sirida elektrik xarakteristikalarining o'zgarishiga asoslangan bo'lib quyidagi turlarga bo'linadi: 1. P’ezoelektrik manometrlar. 2. Induksion manometrlar. 3. Tenzometrik manometrlar. 4. Qarshilikli manometrlar. 5. Sig'imli manometrlar. 6. Induktiv manometrlar. P’ezoelektrik manometrlarda turli xil kristall dielektrik materiallarning deformatsiyalanishi natijasida ularning yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'lishi (pezoelektrik effekt hodisasi) dan foydalaniladi. Bunday dielektriklar sifatida kvars, turmalin, bariy-titanatlar qo'llaniladi. Bu manometrlarning berilgan ta'sirni juda tezlik bilan sezishi ularning afzalligi hisoblanadi. Induksion manometrlarda sezgir elementning egilishi natijasida hosil bo'ladigan bosim induksion o'zgartgich yordamida ikkilamchi asbobga uzatiladigan elektr signalga aylantiriladi. Elektr signalni masofaga uzatuvchi manometr - MED induksion manometrlar orasida eng keng tarqalgandir. Diametri 160 mm bo'lgan korpusga bir o'ramli trubkasimon prujinali ushlagich, uzatish mexanizmi va induksion chulg'am (g'altak) joylashtirilgan Tekshirilayotgan sistemaning bosimi P shtutser orqali trubkali prujinaga uzatiladi, prujina deformatsiyalanib, induksion chulg'am magnit o'tkazgich 3 ni harakatga keltiradi. O'lchanayotgan bosimning har bir qiymatiga chulg'amdagi magnit o'tkazgichning ma'lum (aniq) holati to'g'ri keladi. Manometrning chulg'ami 2 va ikkilamchi asbobning chulg'ami 4 differensial-transformator sxemasi bo'yicha ulangan. Asbobning chiqish kattaligi transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlari orasidagi o'zinduksiyadir. Magnit o'tkazgichning chulg'amlar orasiga kirish kattaligi qancha katta bo’lsa, ikkilamchi o'ramga shuncha ko'p kuchlanish uzatilib ikkilamchi asbobga beriladi. Induksion manometrlar o'zaro almashinadigan ikkilamchi asboblar va markazlashtirilgan tekshirish va rostlash sistemalari bilan birgalikda ishlaydi. Sanoatda yuqori o'lchash chegarasi 160 MPa gacha bo'lgan, aniqlik toifalari 1; 1,5 bo'lgan MED turdagi asboblar ishlab chiqariladl Elektr manometrlarning yana bir turi - qarshilikning o'zgarishi hisobiga bosimni o'lchashda qo'llaniladigan tenzodatchiklardir. Tenzometrning ishlash usuli kuch yoki unga proporsional bo'lgan deformatsiyani deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim qarshiligining o'zgarishiga aylantirishdan iborat. Tenzodatchik - diametri 0,02...0,05 mm bo'lgan manganin simdan tayyorlanib, sim bir-biriga yopishgan yupqa qog'oz orasiga sirtmoq shaklida joylashtiriladi. Simning uchlariga chiqish klemmalari ulanadi. Tenzometrning sezgir elementi elastik element yuzasiga yopishtirilib, bosim ta'sirida elastik element deformatsiyalanganda, manganin sim cho'ziladi va qarshiligi o'zgaradi. Tenzodatchik elektr ko'prik sxemasiga qarshilikni o'lchash uchun ulanadi. Ko'prikning shkalasi esa bosim birliklarida darajalanadi. Tenzometrlarda elektr qarshilikning bosimga bo'lgan bog'lanishi chiziqli, inersionligi kichik va o'lchash qiyin bo'lgan yerlarga joylashtirilishi uning afzalligi hisoblanib, o'lchash xatoligi 2 % dan oshmaydi. Sezgirlik miqdorining juda kichikligi, temperatura o'zgarishiga bog'liqligi, ularning sanoat texnologik qurilmalarida kam qo'llanilishi esa uning kamchiligi hisoblanadi. Download 61.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling