MAVZU: ELEKTRON O‘QUV-METODIK KO‘RGAZMALI MATERIALLAR, ELEKTRON
DARSLIKLAR, ELEKTRON O‘QUV-METODIK MAJMUALAR
Tayanch tushunchalar:
o‘quv vositalar
,
nashrli vositalar, elektron ta’iim
ashyolari, audiovizual vositalar, tekis ko‘rgazmali vositalar, demonstratsion
vositalar, o‘quv asboblar, trenajyorlar va sport anjomlari, o‘quv texnikasi,
elektron darsliklar, elektron o‘quv-uslubiy majmua.
O„zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu
jarayonlarga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish bilan
bog„liq bo„lib, respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu masalada “... bugun
hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini keng joriy etish,
yoshlarimizni
O„zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz,
yuksak axloqiy fazilatlar
ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va
rivojlantirish, bu borada o„zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi
doimo e'tiborimiz markazida turishi lozim”ligini ta'kidlaydi.
Nima uchun bugungi kunda ta'limda axborot texnologiyalarini joriy etishning
nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo„ldi?
Birinchidan, o„qituvchini o„quv jarayonining
tashkilotchisi sifatida emas, balki
bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta‟kidlash mumkin.
Ikkinchidan,
ilmiy-texnik
taraqqiyotning
rivojlanayotgan
bosqichida
axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o„qitish jarayonida foydalanish
uchun
vaqtning chegaralanganligi, shuningdek talabalarni kasbiy faoliyatga mukammal
tayyorlash talablari ta'lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo
etmoqda.