3.
O‘quv materiallari va axborotlarni yangilash bo‘yicha: uzluksiz va davriy
yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda, elektron
o„quv bazalariga (portallar, Web - saytlar va boshqalar)
va elektron kutubxonalarga
joylashtiriladi.
Davriy yangilanadigan elektron darsliklar
asosan elektron axborot
eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.
Elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
1.
Kvantlash tamoyili: o„quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega
modullarga ajratish. Modullar bir necha bosqichdan iborat bo„ladi, ammo 4-5 va undan
yuqori bosqichga ega elektron darsliklarning didaktik imkoniyatlari pasayadi.
2.
To‘laqonlilik tamoyili: o„quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan
har bir modul o„zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo„lishi kerak:
-
gipermurojaatga ega kalit so„zlar;
-
nazariy yadro;
-
nazariya bo„yicha nazorat savollari;
-
namunalar;
-
mustaqil yechish uchun masalalar;
-
modul bo„yicha nazorat savollari (javoblari bilan).
Birinchi bosqich modulida quyidagilar bo„lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-
testlar;
-
nazorat ishi;
-
yordamchi ma'lumotnoma (Help);
-
tahlillar.
Do'stlaringiz bilan baham: