Mavzu: Elektron o’quv-metodik va dasturiy ta’minot Reja: «Informatika»
Download 32.14 Kb.
|
Mavzu-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron plakatlar
- Elektron axborot-ta’lim resursi (EATR
- Elektron xrestomatiya
- Mavzu yuzasidan savollar.
- «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti
Elektron o‘quv qo‘llanmalar va Elektron darslik12 nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim trayektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Elektron darslik yoki elektron o‘quv qo‘llanmasi o‘ziga xos ko‘rinishga «tashqi ko‘rinishga-interfeysga» ega bo‘ladi. O’z navbatida interfeysga qo‘yiladigan asosiy talab uning intuitivligi hisoblanadi. Interfeysning boshqaruv elementlari foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi, uni matn yoki zarur mazmun bilan ishlashdan chalg‘itmasligi, kitobni sahifalash uchun qo‘llaniladigan boshqaruv elementlari esa uning har bir sahifasida bo‘lishi zarur. Elektron plakatlar o’rganilinayotgan ma’lumotlarning ma’lum bir mavzu yoki bo’limi bo’yicha ma’lumotlarni sxema yoki chizmalar orqali berilishi; Elektron laboratoriya ishlari o‘rganilayotgan fanlarning ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab almashtirilib, kodoskop yoki multimedia proyektor imkoniyatlaridan foydalangan holda seminar tarzida tashkil etiladigan dars (faol seminar)larga olib chiqiladigan o‘quv materiallari Elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) - o‘rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi ta’lim oluvchilarga mo‘ljallangan, ma’lum bir fanni o‘rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir. Elektron xrestomatiya - darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir. Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshiruvchi hamda o’quvchi- talabalarning seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi vosita hisoblanadi. Mavzu yuzasidan savollar. «Informatika» kursining o‘quv-uslubiy ta’minoti nimadan tashkil topadi? «Informatika» fani bo‘yicha qanday darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini bilasiz? O‘zbekiston Respublikasida informatikaga oid qanday jurnallar chop etiladi? «Informatika» fanidan dasturiy ta’minot nimadan tashkil topgan? «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti Dasturiy ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasi yangi dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda u yoki bu ma’lum dasturiy mahsulotdan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab beradi. «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning tayanch dasturiy ta’minoti va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o‘rganishga yordam beradigan pedagogik dasturiy vositalar kompleksidan tashkil topadi. Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling