Imzoni generatsiya qilish algoritmi. Boshlang‘ich ma’lumotlar: ma’lumot, berilgan (elliptik chiziqqa aloqador) parametrlar va imzo maxfiy kaliti. Ushbu algoritmda Elliptik egri chiziq tenglamasi p > 2255 shartni qanoatlantiruvchi tub xarakteristikali maydonda deb qaraldi. Natija, imzo .
Imzoni generatsiya qilish algoritmi qadamlari:
1 k n-1 intervaldan ixtiyoriy k soni tanlansin, bu yerda nuqta tartibi 2254 < n < 2256 shartni qanoatlantiruvchi son.
(x1,y1)= [k]G hisoblansin, ya’ni tanlangan egri chiziqqa tegishli G nuqtani k marta qo‘shilsin.
r=x1 mod n hisoblansin. Agar r=0 bo‘lsa, 1-qadamga qaytilsin va boshqa k soni tanlansin.
M ma’lumotning xesh funksiyasi hisoblansin, ya’ni e=H(M). Agar H(M) mod n=0 bo‘lsa, u holda H(M) mod n=1 deb olinsin.
0< d intervaldan olingan d maxfiy kalit asosida s=(dr+ke) mod n hisoblab topilsin.
Agar s=0 bo‘lsa, 1-qadamga qaytilsin va boshqa k soni tanlansin.
Hosil bo‘lgan (r,s) sonlar juftligi M ma’lumotga qo‘yilgan imzo hisoblanadi.
Imzoni tekshirish algoritmi. Boshlang‘ich ma’lumotlar ma’lumot, berilgan (elliptik chiziqqa aloqador) parametrlar, imzoni tekshirish kaliti va ma’lumot imzosi-(r,s). Natija: imzo haqiqiyligi yoki qalbakiligi haqidagi tasdiq .
Imzoni tekshirish algoritmi qadamlari:
Agar 1 r, s n-1 bajarilmasa, u holda imzo qalbaki va tekshirishni shu yerda to‘xtatish mumkin.
e= H(M) hisoblansin.
w= H(M) (n-2)mod n hisoblansin.
u1 = s w mod q hisoblansin.
u2 = (n-r) w mod n hisoblansin.
X=[ u1] G+[ u2] Q=(x1,y1) hisoblansin.
Агар x1 mod n = r bo‘lsa, imzo haqiqiy, aks holda imzo qalbaki va algoritm to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |