Mavzu: elektron ta`lim muhitida kasbiy kompitentlikni takomillashtirish


Download 21.18 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi21.18 Kb.
#1013272
Bog'liq
Mavzu

Mavzu: elektron ta`lim muhitida kasbiy kompitentlikni takomillashtirish


Elektron ta’lim (E-Learning)- avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularnishartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin. Sinxron elektron ta’lim-masofaviy ta’lim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan ta’limdir.U oddiy kunduzgita’limga o‘xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo‘ladi. Kundan-kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur ta’limshaklining eng yorqin ko‘rinishidir. Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi. ZOOM dasturi.
Asinxron elektron ta’lim — bu talababarcha kerakli ma’lumotni onlayn-man balardan yoki elektron axborot tashishvositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan olishi va materialni o‘zlashtirish sur’ati va jadvalini o‘zi mustaqil tashkil etishdir. Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha turdagi CD-kurslar va elektron o‘qitish kurslari kiradi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari —masofaviy ta’lim bu elektron ta`limga (E-Learningga) qaraganda kengroq tushunchadir, uinterfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi. Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshiriladi. Masofaviy ta’limning afzalliklari, Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud.
Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati - chekka qishloqlarda Yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib o‘qish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi. O‘qish va ishni birga qo‘shib olib borish –o‘quvchilar ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma’lumot oluvchilarga juda qo‘l keladi. Sifatli texnologiyalar va o‘quv mazmunini egallash — talaba sifatli o‘quv materiallari yordamida o‘qitilishi, o‘qituvchi bilan muloqot qilishi va o‘z individual o‘quv rejasini tuzishi mumkin. Baholashning xolisligi masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo‘lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo‘qotishni ko‘zda tutadi. Muammolar: Respublikamiz uzluksiz ta`lim tizimida zamonaviy axborot tex-nologiyalaridan foydalanish, elektron o’quv adabiyotlarini yaratish, ulardan ta`lim tizimida, xususan masofali ta`limda foydalanish pedagogik muammo sifatida Ilmiy tahlilga muhtoj.
Ta`lim sifatini ta`minlashda axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini aniqlashtirish lozim. Asosiy maqsad va vazifalar: zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta`lim tizimiga joriy qilish mexanizmini ishlab chiqish; o’qitish Jarayonining axborotlashgan tizimini yaratish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarish sistemasini tashkil etish. zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta`lim tizimiga joriy qilish mexanizmini ishlab chiqish;  o’qitish jarayo-nining axborotlashgan tizimini yaratish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarish sistemasini tashkil etish.  o’quv jarayoni uchun yangi axbo-rotlashgan ta`lim texnologiyalarini yaratish va qo’llash;  o‘qituvchilarni zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari sohasida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish; Ta`lim tarbiya va o’qitish jarayonining samara-dorligini oshirish. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishdagi qiyinchiliklar. Ta`limni axborotlashtirishga pedagogik jamoalarning yetarli tayyor emasligi; Kompyuter o‘rgatuvchi dasturlarning imkoniyatlari haqida tasavvurlarning yo‘qligi, ularni qo’llash bo’yicha metodik ishlanmalarning kamligi; Kompyuter texnologiyalari vositalarining qimmatligi; ta`limda axborot texnologiyalari bo’yicha Mutaxassislarning etishmasligi. Muammoni hal qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim
1. O’quv maqsadlaridagi dasturiy vositalarning imkoniyatlarini o’qitish Vositasi, o’rganish ob’ekti va axborotlarni qayta ishlash vositasi sifatida joriy etish.
2. O‘quv-metodik majmualar yaratishda, o‘quv-namoyish asboblari va kompyuter Vositalari imkoniyatlarining integrasiyasi.
3. Multimedia tizimlarini yaratishda, kompyuterlar va audio-video axborotlarni uzatish vositalari imkoniyatlarining integraciyasiga erishish.
4. Sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan intellektual o’qitish tizimlarini yaratish-da foydalanish. Bunday o‘qitish tizimlari mustaqil bilim olish jarayonini tashkil etish, mustaqil ravishda bilimlarni o‘zlashtirish, o’quv faoliyatini intellektuallashtirishni rivojlantirishga zamin yaratadi. Bular barchasi o’quvchi shaxsini rivojlan- tirish jarayonini jadallashtiradi.
5. Global va lokal kompyuter tarmoqlari orqali axborot almashinuvini ta`minlovchi telekommunikasiya vositalaridan foydalanish.
6. Telekommunikaciya aloqasi (sinxron, asinxron) qisqa vaqtda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning tarqalishiga, o’quvchining umumiy rivojlanishiga yordam beradi. Axborot almashuvining yangitexnologiyasi – bu real vaqt rejimida stereoskopik tasavvur tizimi, ya`ni “Virtual haqiqiylik” hisoblanadi. Ta`limni axborotlashtirish, birinchi navbatda quyidagilarni nazarda tutadi: -kompyuter texnikasi, axborot va kommunikasiya texnologiyalarning zamonaviy vositalarini tizimli, tashkil etish va foydalanishni; -talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, o‘quv va metodik ta`minlashni; -o’qituvchilar tomonidan zaruriy o’quv-metodik ta`minotni yaratish bo’yicha ishlarni; -axborot texnologiyalarini samarali qo’llanilishidan vujudga kelayotgan yangi imkoniyatlarni hisobga olgan holda o’quv jarayonini takomillashtirishni taqozo etadi. Pedagogik mahoratni rivojlantirishda elektron ta’lim muhiti, «Uzluksiz kasbiy ta’lim» elektron platformasi (https://onlinedu.uz) Malaka oshirish uchun kurslar endi onlayn.
Qulayliklardan foydalaning va vaqtingizni tejashingiz mumkin. Elektron ta’lim resurslarini yaratishda, ta’lim traektoriya tushunchasi: Ta’lim – bu dunyoda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, dunyoni va o‘zini anglashni shakllantirishga hissa qo‘shish. Trayektoriya - bu harakatning izi, turli xil ta’lim, ijtimoiy va ta’lim tajribalarini to‘plash. Bunday o‘quv materialini topish, shaxsiy tashabbuskorlikni, namoyon etish va individuallikni shakllantirishga yordam beradigan o‘zaro ta’sir shakllarini tashkil etilishidir. Elektron ta’lim resurslarini yaratishda moodle web dasturidan foydalanish Moodle — kurslarni boshqarish tizimi (elektron ta’lim), shuningdek, ta’limni boshqarish tizimi yoki vertual ta’lim muhiti sifatida mashhur. MOODLEIngliz tilidagi modullar Object-Oriented Dynamic Learning Environment (obyektga yoʻnaltirilgan modulli dinamik oʻqitish muhiti) soʻzlarining qisqartmasi. Onlayn taʼlim uchun saytlar yaratish imkonini beruvchi ochiq (GNU GPL litsenziyasi asosida tarqatiladigan) web dastur hisoblanadi. Moodle masofaviy ta’limda o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi, jumladan, o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazoratini amalga oshirish kabi imkoniyatlarni beradi.
Bu dasturiy mahsulot dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlarida ishlatiladi. Bepul tarqatiladigan bu dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan foydalanuvchilarning ko‘plab talablarini qanoatlantira oladi. Moodle – Web muhitida o‘qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi. CMS bilan integratsiyalashgan LMSlar-LMS funksiyalarini bajaruvchi maxsus dasturlar CMSga qo‘shiladi va CMSning imkoniyatlarini kengaytirib beradi. CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar bilan ishlovchi qism xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi. Masalan: LearnDash, Joomla, Drupal. LearnDash - ommabop kontentni boshqaruv tizimi (CMS) da sinflar yaratish, ularni boshqarish, o‘zgartirish va nashr etish imkonini beruvchi ishonchli plagin. Bu plagin WordPress platformasi tarkibida ishlaydi. Shu sababli, agar ta’lim muassasasi kompyuteriga WordPress o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda LearnDash plaginini o‘rnatgan holda o‘quv kurslarini yaratish mumkin. Plagin bir necha kursni yaratish va ularning tarkibini bitta sinfdan boshqa sinfga nusxalash imkonini ham beradi.
Shuningdek, kontent tarkibidagi funksiyalar yordamida sertifikat hamda nishonlarni rasmiylashtirish mumkin. So‘nggi yillarda o‘quvchilarda mustaqil bilim olishga, maktab dasturiga qo‘shimcha sifatida turli dasturlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar tomonidan ularning qiziqishlari doirasida videodarslarning qo‘yilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Moodle - o‘quv materiallarini turli usullarda uzatish (15-turdagi interfaol vosita), bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish monitoringini yuritish uchun mo‘ljallangan platforma. Moodle platformasining DEMO versiyasi yoki ta’lim muassasasining server-kompyuteriga o‘rnatilgan Moodle platformasi ishlash mumkin. Moodlening rasmiy manzili www.moodle.org brauzerning manzil qatoriga kiritiladi. Asosiy menyu qatoridan DEMO, ochilgan sahifadan esa Mount Orange School, so‘ng Go to courses tugmachasi tanlanadi. Kurslar ro‘yxatidan esa o‘zingizga ma’qul o‘quv kursi tanlanadi. 1. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish, agar ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lsa, login va parollar yordamida tizimga kirish. 2. Til bo‘limi orqali platformaning tilini o‘zgartirish. Mazkur platforma bir nechta tillarga tarjima qilingan. 3. O‘quv kursi va uning modullari yordamida kerakli modulga o‘tish. 4. Calendar bo‘limi orqali topshiriq, tadbir va xabarlar haqida ma’lumot olish. 5. Kursning birinchi modulida, asosan, e’lonlarni o‘qish va so‘rovnomalarga javob berish. 6. Kursning keyingi modullarida matnli, audio, video, taqdimot, glossariy va boshqa turdagi o‘quv materiallarini sahifaning o‘zi yoki yuklab olish orqali o‘zlashtirish mumkin. 7. Topshiriqlar modulida esa amaliy topshiriq, savol, krossvord, viki topshiriq va testlar beriladi.
Coursera – ochiq ommaviy onlayn ta’lim platformasi. Coursera (Kursera) turli sohalarda bepul o‘quv kurslarini taklif qiluvchi onlayn platforma hisoblanadi. Bunday platformalar fan tilida MOOCs (Massive Open Online Courses-Ochiq ommaviy masofaviy kurslar) deb atalib, Kursera shu turdagi kurslarni taklif qiluvchi tashkilotlarning yetakchilaridan sanaladi. Hozirda platformada dunyoning ko’plab davlatlaridan talabalar ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari qiziqqan sohada masofaviy kurslarda bilim olishmoqda. Coursera – ochiq ommaviy onlayn ta’lim platformasi mualliflari, Andrew Ng va Daphne Coller tomonidan yaratilgan. Ushbu platformada o`z kasbiy faoliyatingizni oshirish uchun ta’lim olishingiz mumkin.
Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling