Mavzu: Elektron tijorat: mexanizmlar, infratuzilma va asboblar


Download 1.91 Mb.
bet2/3
Sana12.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1767496
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy ish O\'roqov J

2-topshiriq.Boshlangich shartlarga tasir korsatuvchi omillarni tashkil etuvchilarini ko’rsating:

IQTISODIY TIZIMDAGI OMILLAR

BOSHQARUV OMILLARI

3-topshiriq. Berilgan matnni o’qib 5 minutlik esse yozing. O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo
tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.
Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi lozim; Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo’llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;• Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim.
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.
O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari. Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida qolib ketmasligi zarur.
Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi? Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini yaratadi
.• O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.
• Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z aksini topadi.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling