Mavzu: Elektron va onlayn o’quv resurslarini yaratish usul va vositalari Reja
Download 57.08 Kb.
|
wwwwwwwww
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron ma’lumotnoma
- Tarix ta’limida Internet resurslari.
Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.-Elektron xrestomatiya– darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir.Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshruvchi hamda o’quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi vosita hisoblanadi.
Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi.Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O’UM uchun zaruriy shart hisoblanadi. Tarix ta’limida Internet resurslari. Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini, Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak? – bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv kataloglaridan topish mumkin.Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, yandex, aport, google‘ lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruv tizimlarining berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Hozirgi vaqtda Internet resirslarini tasvirlashga bag’ishlangan adabiyotlar chop etilmoqda. Keralki Internet resurslarini mos mavzudagi adabiyotlardan ham toppish mumkin.Umuman olganda barcha qidiruv usullaridan(qidiruv tizimlari, maxsus tematik kataloglar, bosma nashrlar) birgalikda foydalanish maqsadga muvofiqdir.Internet tarmog’idan olingan ma’lumotlar ishonchlilik, davlat standartlariga moslik va o’quv rejasiga moslik nuqtai nazaridan tekshirilishi kerak. Internetda ishlash jarayonida tarixchi axborotning matnli, tasvirli, audio , video kabi turli shakllari bilan to’qnshishi mumkin.Matnli axborot quyidagi formatlarda ifodalanishi mumkin: htm (html) – gipermatnli xujjatlar tili – Internetda xujjatlarni saqlash va uzatishning eng asosiy usuli.Barcha standart brauzerlar tomonidan o’qiladi. (Internet Explore, Netscape Navigator, Opera).Xujjatni matn muharrilarida saqlash, tahrirlash mumkin. txt –stsndart matnli fayl formati. Barcha standart matn muharrirlari tomonidan o’qiladi. doc - MS Word matn muharriri xujjati. MS Windows muhiti standart vositalari yordamida qayta ishlanadi. pdf - Matni Adobe Acrobat Reader yordamida o’qish yoki bosmafa chiqarish mumkin. Grafik axborot Internetda gif , jpg, swf formatlarda ifodalanadi. Ko’pchilik audio va video formatlar operatsion tizimning standart multimedia vositalari tomonidan o’qiladi.Internetda axborot uzatishning turli usullari mavjud bo’lib, ulardan eng keng tarqalgani - http (HyperText Transfer Protocol) dir. Bular html, txt, gif, ipj formatdagi xujjatlarniolish mumkin. Axborot uzatishning yana bir usuli ftp (File Transfer Protocol) hisoblanadi.Tarmoqdan yozib olngan fayllar ko’pincha arxivlangan (zip yoki rar formati) bo’ladi. Ma’lumotlarni arxivlash ularning xajmini kichraytirib, tarmoqdan olinish vaqtini tejaydi. Download 57.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling