Mavzu: elektron xotira tushunchasi


Download 298 Kb.
bet7/12
Sana11.11.2023
Hajmi298 Kb.
#1765747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jo\'rayeva G

Registrli kesh-xotira
Registrli kesh-xotira - nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo’lib, u asosiy xotira va mikroprotsessor o’rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi. Uni berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo’lgan shaxsiy kompyuterlarda yaratish maqsadga muvofiqdir. Kesh-xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat eta olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cache) deb nomlangan, bu ingliz tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
../Documents and Settings/VASI/Application Data/Microsoft/Word/Documents and Settings/ZAF/Diplom_2005/ERKIN_AKA/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/km/222_____.JPGKesh-xotirada MP olgan yoki o’z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida asosiy xotiradan birmuncha ilgari o’qilgan qiymatlar kesh-xotiraga yoziladi.
Natijalarni yozish prinsipi bo’yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
«teskari yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari u asosiy xotiraga yozilishidan oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira nazoratchisi bu qiymatlarni mustaqil ravishda asosiy xotiraga qaytadan ko’chirib yozadi;
• «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning o’zida parallel ravishda ham kesh-xotiraga, ham asosiy xotiraga yoziladi.
80486 MP laridan boshlab mikroprocessorlar o’zining sozlangan xotirasiga (yoki 1-darajali kesh-xotiraga) ega, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprocessorlari qiymatlar uchun alohida va buyruqlar uchun alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi katta emas - 8 Kbaytdan, Pentium MMX da - 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali kesh-xotiradan tashqari, mikroprocessor platasiga sozlangan va mikroprocessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt bo’lgan 2-darajali kesh-xotira ham mavjuddir.
Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda 2-darajali qo’shimcha kesh-xotira ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada joylashtiriladi va sig’imi bir necha megabaytlargacha etishi mumkin.
Izox: Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory - DRAM) yoki statik (Static Random Access Memory - SRAM) tipidagi mikrosxemalarda qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka ega, lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning (MPX va kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil etadi.
4. ASOSIY XOTIRA
A sosiy xotira (AX) o’z ichiga tezkor (RAM - Random Access Memory) va doimiy (ROM - Read Only Memory) eslab qolish qurilmalarini oladi.

Download 298 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling