Mavzu: elektron xotira tushunchasi


Download 296 Kb.
bet4/10
Sana11.11.2023
Hajmi296 Kb.
#1765832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NNNNNNN

Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatta ishlatilgan bo’lishlari shart. Xotirada texlik muammosi


  • Protsessorlar xotira qurilmalariga nisbatan ancha tez ishlaydi. Lekin protsessorlar va xotira qurilmalari parallel ravishda takomillashayotganiga qaramasdan bu tafovvut saqlanib qolmoqda.

  • Protsessorlarni ishlab chiqaruvchilar protsessor tezligini yanada oshirish uchun konveyer va superskalyar arxitekturalarni ham qo`llamoqdalar.

  • Biroq xotira ishlab chiqaruvchilari odatda xotira hajmini oshirish imkoniyatlarini ko`proq qidirishmoqda, shuning uchun xotira qurilmalarining ishlash tezligini oshirish hali ham dolzarbligicha qolmoqda.

  • Bu tafovvut protsessor ish jarayonida xotiradan ixtiyoriy so`z (word)ni olishi uchun bir qancha siklni amalga oshirishi kerak bo`ladi.

  • Xotira qancha sekin ishlasa axborot olish uchun protsessor shuncha ko`p vaqt kutishi va nisbatan ko`p sikllarni amalga oshirishi kerak bo`ladi.

To`xtalishlarni oldini olish usullari

Ushbu masalani hal qilishning 2 xil usuli mavjud:



  • 1-usul. Ma`lumotlarni xotiradan o`qish davomida u bilan bog`liq buyruqlarni bajarib borish. Agar qaysidir buyruq ixtiyoriy so`z (word)ni xotiradan o`qilguniga qadar ushbu so`zdan foydalanishni talab qilsa, u xolda protsessor ushbu buyruqni to`xtatadi. Xotira qanchalik sekin ishlasa, buyruqlarni to`xtatish shunchalik ko`p uchraydi.

  • 2-usul. Bu usulda shunday kompyuterni ishlab chiqish talab etiladi-ki, unda kompilyator-dasturlar so`z (word) xotiradan o`qilmasidan avval uni ishlatmaydi va to`xtalishlarni oldi olinadi. Lekin bu oson ish emas. Odatda bu usulda to`xtalishlar apparat sathida emas balki dastur sathida amalga oshadi.

To`xtalishlarni oldini olish yechimlari


  • Bu muammoning yechimi texnik jihatdan emas balki iqtisodiy jihatdan qaraladi.

  • Texnik nuqtai-nazardan protsessor kabi tez ishlovchi xotira qurilmasini tashkil etish mumkin.

  • Lekin bunday xotira qurilmasini protsessorning mikrosxemalariga joylashtirish talab etiladi, sababi ma`lumotlarni shinalar orqali uzatish sekin amalga oshadigan jarayondir.

  • Mikrosxemalarga katta o`lchamdagi xotira qurilmasini joylashtirish protsessor o`lchamini oshiradi va tabiiyki uning narxi ham ortadi. Bu o`rinda protsessor o`lchamlarini haddan tashqari oshirib yubormaslik muhim hisoblanadi.

  • Ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilardan kichik jahmdagi tezkor va katta hajmdagi nisbatan sekin ishlovchi xotiradan birini tanlash talab etiladi.

Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling