Mavzu: elektron xotira tushunchasi


Xotiraga kirishning o`rtacha vaqti


Download 296 Kb.
bet6/10
Sana11.11.2023
Hajmi296 Kb.
#1765832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NNNNNNN

Xotiraga kirishning o`rtacha vaqti


  • Odatda xotira bilan bog`liq bo`lgan qat`iy hisoblashlarni amalga oshirishimiz mumkin.

  • ckesh-xotiraga kirish vaqti;

  • m – asosiy xotiraga kirish vaqti

  • hkesh hitlari (hit ratio) koeffitsienti – kesh-xotiraga va xotiraga umumiy murojaatlarning ja`mi soni o`rtasidagi nisbatni ifodalaydi. h = (k-1)/k.

  • Ba`zi xollarda kesh miss ratio koeffitsienti qo`llaniladi, 1-h

  • Bu orqali kirishlar uchun sarflangan o`rtacha vaqtni hisoblash mumkin:


o`rtacha kirish vaqti = c + (1 — h) m

Kesh-xotirada xaritalash usullari


  • Mantiqiy jihatdan kesh-xotira protsessor va asosiy xotira o`rtasida joshlashadi.

  • Lekin amaliy jihatdan ularni 3 xil usulda xaritalash (mapping) orqali joylashtirish mumkin

  • Kesh-xotira uchun uch xil xaritalash turi qo'llaniladi: to'g'ridan-to'g'ri xaritalash, assotsiativ xaritalash va Set-Assotsiativ xaritalash.

Kesh xotira bugungi kunda juda ko'p sohalarda qo'llaniladi. U siz bilan bizga ma'lumotlarimizni odatdagidan ko'ra tezroq olishimizda yordam beradi.




Protsessorlarda , tashqi va ichki xotiralarda veb sayt, veb brauzerlarda DNS tizimlarida ishlatiladi.Foydalanuvchiga kerakli ma'lumotni olishi uchun uni vaqtinchalik xotira misolida indeksalab saqlash orqali qayta murojaat vaqtida ma'lumotlarni katta tezlik bilan olish imkoniki yaratadi.

Protsessorlarda siz menimcha allaqachon xususiyatlarini ko'rish vaqtida L1 , L2, L3 cache kabi punktlarga ko'zingiz tushgan.




L1 bularni ichida eng tezkori hisoblanib birinchi darajali kesh deb nomlanadi va protsessorning funksional bloklari tarkibiga kiradi, protsessor kristtalli bilan yonma yon joylashadi. Tabiiy ravishda L2 va L3 lar tezlik borasida biroz farq qiladi.

Tashqi va ichki xotiralarda ham keshlash texnologiyasi ishlatiladi. Bu bizga :


protsessor ishlash tezligi , operativ xotiraga kam kuchlanish va ma'lumotlarni o'qilishini tezlatish,
Disklar hayot faoliyatini uzaytirish,Xotira bloklariga tezkor murojaat kabi plyuslarni beradi.


Cache - so'zi inglizcha "berkitish" so'ziga to'g'ridan to'g'ri bog'lanadi. Vaqtinchalik kerakli ma'lumotlarni buferga olish uchun kerak.Bu atama IT ga 1968-yili IBM jurnali uchun yozilgan maqola orqali kirib kelgan. 1967 - yili IBM Systems Journal ga berilgan IBM System/360 seriyasiga mansub 85-modeli uchun operativ xotirani kuchaytirish mavzusida yozilgan maqoladagi "tezkor bufer" atamasini soddalashtirish uchun "Cache" ni ishlatishgan.

3. REGISTRLI KESH-XOTIRA


Registrli kesh-xotira - nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo’lib, u asosiy xotira va mikroprotsessor o’rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi. Uni berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo’lgan shaxsiy kompyuterlarda yaratish maqsadga muvofiqdir. Kesh-xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat eta olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cache) deb nomlangan, bu ingliz tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
Kesh-xotirada MP olgan yoki o’z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida asosiy xotiradan birmuncha ilgari o’qilgan qiymatlar kesh-xotiraga yoziladi.
Natijalarni yozish prinsipi bo’yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
«teskari yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari u asosiy xotiraga yozilishidan oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira nazoratchisi bu qiymatlarni mustaqil ravishda asosiy xotiraga qaytadan ko’chirib yozadi;
• «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning o’zida parallel ravishda ham kesh-xotiraga, ham asosiy xotiraga yoziladi.
80486 MP laridan boshlab mikroprocessorlar o’zining sozlangan xotirasiga (yoki 1-darajali kesh-xotiraga) ega, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprocessorlari qiymatlar uchun alohida va buyruqlar uchun alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi katta emas - 8 Kbaytdan, Pentium MMX da - 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali kesh-xotiradan tashqari, mikroprocessor platasiga sozlangan va mikroprocessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt bo’lgan 2-darajali kesh-xotira ham mavjuddir.
Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda 2-darajali qo’shimcha kesh-xotira ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada joylashtiriladi va sig’imi bir necha megabaytlargacha etishi mumkin.
Izox: Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory - DRAM) yoki statik (Static Random Access Memory - SRAM) tipidagi mikrosxemalarda qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka ega, lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning (MPX va kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil etadi.
4. ASOSIY XOTIRA
A sosiy xotira (AX) o’z ichiga tezkor (RAM - Random Access Memory) va doimiy (ROM - Read Only Memory) eslab qolish qurilmalarini oladi.

Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling