Mavzu: elektron xotira tushunchasi


Tez eslab qolish qurilmasi


Download 296 Kb.
bet7/10
Sana11.11.2023
Hajmi296 Kb.
#1765832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NNNNNNN

Tez eslab qolish qurilmasi (TEQQ shaxsiy kompyuter ishining joriy bosqichidagi hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) saqlash uchun mo’ljallangan.
Tez eslab qolish qurilmasi - energiyaga bog’liq xotira: kuchlanish uzilganda unda saqlanayotgan ma’lumot yo’qoladi. Tez eslab qolish qurilmasi, asosini yarim o’tkazgichli eslab qolish elementlarining (triggerlarni) matrisasini o’z ichiga olgan katta integral sxemalar tashkil etadi. Eslab qoluvchi elementlar matrisaning vertikal va gorizontal shinalarining kesishishida joylashgan; ma’lumotlarni yozish va o’qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo’lgan elementlar bilan ulangan matricaning shinalari bo’yicha elektr impulslarni berish orqali amalga oshiriladi.
Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari ko’rinishda bajariladi - katta bo’lmagan plataga bitta yoki bir nechta mikrosxemalar kavsharlangan.
Qo’llaniladigan modullar tiplari:
- DIP (Dual In Line Package) va SIPP (Single In Line Package), hozir juda kam qo’llanilmoqda;
- SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8, 16, 32 yoki 64 Mbayt sig’imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligini nazorat qilinadi va nazorat kilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz’yomlariga mos keluvchi 30 - («qisqa» - eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») raz’yomlarga ega bo’lishi mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini tashkil etishda ham qo’llaniladi.
- DIMM (Dual In Line Memory Module) - 168-kontaktli raz’yomlarga ega bo’lgan yangi tipdagi moduldir; shunday mos raz’yomlarga ega bo’lgan faqat yangi tipdagi tizimli platalarga o’rnatilishi mumkin. DIMM modullari RAM EDO va SD RAM xotiralarni tashkil etishda qo’llaniladi.
486 MP uchun bosh platalarda 30- va/yoki 72-kontaktli modullar ishlatiladi, Pentium-mashinalarda esa odatda 72-kontaktli SIMM modullar yoki 168-kontaktli DIMM modullar qo’llaniladi. 30-kontaktli SIMM modulning uzunligi 10 sm dan oshiqroq, DIMM modulning uzunligi esa 13 sm atrofida. Bosh platada xotira modullarini o’rnatish uchun bir nechta raz’yomlar guruhi (banklar) bo’lishi mumkin, bitta bankka bir xil sig’imli bloklarni qo’yish mumkin, masalan, faqat 1 Mbaytdan yoki faqat 4 Mbaytdan, turli xil sig’imli bloklarni faqat turli banklarda o’rnatish mumkin. Ko’pchilik mikrosxemalarda murojaat qilish vaqti 60 yoki 70 ns; agar bosh plata 60 nanosekundli modullarga mo’ljallangan bo’lsa, unga 70 nanosekundli modullarni o’rnatish mumkin emas, teskarisiga esa mumkin.
Hozir tez saxifali murojaat qilinadigan FPM (Fast Page Mode) xotira bilan bir qatorda Pentium va Pentium Pro MP lari uchun ishlab chiqilgan ko’paytirilgan tezkorlikli DRAM xotirasining ushbu yangi tiplari paydo bo’ldi: RAM EDO (Extented Data Output) va SD RAM (Synchronous DRAM).

Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling